FUQARO MUHOFAZASI TIBBIYOT XIZMATINING




Download 7.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/107
Sana10.03.2024
Hajmi7.37 Mb.
#169613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. FUQARO MUHOFAZASI (www.e-library.sammu.uz)
Radiatsion va harbiy gigiyena (B.Duschanov)
FUQARO MUHOFAZASI TIBBIYOT XIZMATINING 
TASHKILIY STRUKTURASI
Fuqaro muhofazasining tibbiyot xizmati respublikamizda yoki uning 
alohida tumanlarida vujudga keladigan favquloddagi vaziyatlarda aholiga 
tibbiy yordam ko'rsatish uchun moMjallangan va oMishlik tamoili asosida 
tuziladi. Respublika sogMiqni saqlash vaziri Respublika FMTX rahbari 
hisoblanadi. Viloyat, shahar tumanlarida FMTX rahbari mos sogMiqni 
saqlash boMim boshligM hisoblanadi. Viloyat tumanlarida FMTX rahbari shu 
tuman markaziy kasalxonasining bosh shifokori hisoblanadi.
Respublika, viloyat, shahar, shahar tumanlari, xo'jalik obyektlarining 
FMTX rahbari o'zining mutaxasisi (kasbi) bo‘yicha yuqori pog'onadagi 
FMTX rahbariga bo‘ysunadi, bevosita esa respublika viloyat, shahar, tuman 
yoki xo'jalik obyekt fuqaro muhofazasi rahbariga bo‘ysunadi.
Yuqorida qayd etilgan FMTX rahbarlari o‘zlariga bo'ysunuvchi tuzilma 
va muassasalarga ega boMishlari mumkin.
14


Tinchlik davrida FMTX kuch va vositalarini tashkillashtirishning amaliy 
ishi uchun va xarbiy davrda tezkor boshqarish maqsadida viloyat, shahar, 
tuman sogMiqni saqlash bo‘limida fuqarolar muhofazasi tibbiyot xizmatining 
shtabi tuziladi.
Shahar, tuman, xalq xo‘jaligida fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati 
quyidagicha tuziladi.
Shaharda FMTX rahbari shu shahar sogMiqni saqlash boMimining 
boshligM boMib hisoblanadi. U bevosita shahar hokimiga bo‘ysunadi, 
mutaxasis bo'yicha amaliy ish uchun viloyat FMTX rahbariga (kuch va 
vositalarni tashkillashtirish va ular ustidan boshqarish maqsadida). Rahbar 
qoshida shtab tuziladi, tarkibida: shtab boshligM, davolash-profilaktika ishi 
buyicha muovin, sanitar - epidemologik ish bo‘yicha yordamchi, ko‘chirish 
bo‘yicha yordamchi, tibbiyot mollar ta’minoti yordamchisi, ommaviy 
tuzilmalar bo‘yicha yordamchi va boshqalar.
Shu bilan birgalikda shahar bosh mutaxassislari ham shtab tarkibiga 
kiradi. Bosh mutaxassislar zamonaviy qurollardan zararlanganlami davolash
- profilaktika bo‘yicha uslubiy qoMlanma tuzishadi, tibbiy yordam sifatini 
nazorat qilish, yordam berish va boshqa vazifalarni bajaradi.
Shahar FMTX boshlig‘iga shahar tumanlarining FMTX boshliqlari va 
shahar halq xo‘jaligi obyektlarining FMTX boshliqlari bo‘ysunishadi.
Shahar tumanlarida FMTX tashkiliy strukturasi xuddi shahamikiday. 
Ular faqat tuman buyicha o'sha masalalarni yechishadi. Aholining tibbiy 
ta’minoti bilan amaliy shug'ullanish uchun FMTX boshligMga bo‘ysunuvchi 
tuman tuzilmalari va muassasalari mavjud.
Qishloq 
tumanlarida 
FMTX 
tashkiliy 
strukturasi 
shahar 
va 
tumanlarnikiga o'xshaydi. FMTX boshligM qishloq tuman hokimiga 
bo'ysunadi, kasbi bo‘yicha viloyat sogMiqni saqlash boMimining boshligMga
shtab tarkibi ham bir xil. Ammo prinspial farqi bor. Har bir tumanda bosh va 
ixtisoslashgan kasalxona boMadi. Bitta davolash - ko‘chirish yo‘nalishining 
tashkillishtirilishi 
rejalashtiriladi. 
Bosh 
kasalxona 
tuman 
markaziy 
kasalxonasi qoshida ixtisoslangan kasalxonalar esa qishloq tumanlardagi 
boshqa kasalxona qoshida tuziladi.
Yirik xalq xo4jaliklarida fuqaro muxofazasining obyekt xizmatlari 
tuziladi, bular orasida tibbiy xizmat alohida oYinni egallaydi.
Obyekt FMTX boshligM shu obyektdagi - tibbiy sanitar qismi yoki tibbiy 
muassasa rahbari hisoblanadi. Obyektning FMTX boshligM shahar yoki
15


tuman FMTX boshligMning roziligi olingandan so‘ng obyekt rahbarining 
buyrugMga asosan belgilanadi.
Obyektning FMTX boshligM shu obyektda tashkillashtiriladigan jami 
tibbiy tizilmalar tayyorgarligiga javobgardir.
FMTX shtabi tuzilgan xizmatlar uchun reja ishlab chiqadi, jangovar 
maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Kasalxonalar 
bazasining 
boshqarmasi 
(KBB) 
shahardan 
chetda 
yoyiladigan (joylashadigan) davolash muassasalari ustidan rahbarlik qilish 
uchun tuziladi. Kasalxonalar bazasi boshqarmasini respublika sogMiqni 
saqlash vazirining birinchi muovini, viloyat sogMiqni saqlash boMimining 
boshliqlari boshqaradi.
Kasalxona bazasining boshqarmasi shahardan chetda zararlanganlami va 
be’morlarni qabul qilish, tibbiy saralash o'tkazish, malakali mutaxassis 
yordamini ko‘rsatuvchi kasalxonalar bazasidagi davolash muassasalarning 
o‘z vaqtida yoyilishini (joylashishini), bir tekisda va maqsadiy toMdirilishini 
nazorat qilish, hamda davolash - ko'chirish tadbirlarni boshqarish ishlari 
bilan shug‘ullanadi.

Download 7.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Download 7.37 Mb.
Pdf ko'rish