Fuqaro muhofazasining tashkiliy strukturasi




Download 7.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/107
Sana10.03.2024
Hajmi7.37 Mb.
#169613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. FUQARO MUHOFAZASI (www.e-library.sammu.uz)
Radiatsion va harbiy gigiyena (B.Duschanov)
Fuqaro muhofazasining tashkiliy strukturasi.
Fuqaro muhofazasining tashkiliy tarkibi (strukturasi) quyidagilardan 
iborat: rahbariyat, boshqarma yoki shtab, ko‘chirish hay’ati, xizmat turlari va 
kuchlar. Yuqorida aytilganidek muassasa va boshqarmalarning rahbarlari 
fuqaro muhofazasi boshligM hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi boshligM o‘z vakolatlari doirasida quyidagi 
huquqlarga ega:
> Fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish.
> Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga 
ko‘chirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
> 0 ‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va 
vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni oMkazishga jalb 
etish.
> Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga 
oshirish.
Fuqaro 
muhofazasi 
xizmatlarining 
ro‘yxati, 
shuningdek, 
ular 
to‘g‘risidagi nizomlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi.
Odatda yorugMikni berkitish (maskirovka), yashirinish xizmati, 
yongMnga qarshi, tibbiyot, muxandis, radiatsion, kimyoviy zaxarlovchi 
moddalardan himoya, transport, uy-joy-texnik, jamoa tartibini himoyalash, 
savdo-ta’minot, hayvonlarni va o ‘simliklarni himoyalash va boshqa xizmatlar 
tuzilishi mumkin. Har qaysi xizmat turi maxsus vazifani bajarish uchun kuch 
va vositalarga ega. Xizmat turining bazasi boMib shu xizmat turini amalga 
oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
8


F uaaro muhofazasi kuchlari - Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari va 
tuzilmalaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi
uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek 
fuqaro muhofazasi 
tuzilmalari 
faoliyatining boshqa masalalari 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi 
boshlig‘i tomonidan belgilab qo‘yiIadi. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal 
etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlarining avtomobil va aviatsiya transporti, kimyoviy himoya, 
muxandislik va boshqa tuzilmalari, qismlari va boMinmalari ham jalb etishi 
mumkin.
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari 
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil 
etadi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining xarbiy davrdagi asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat:
> zararlanish 
o‘choqlarida 
va 
zaharlanish 
zonalarida 
muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib 
borish;
> qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlami amalga 
oshirish;
> aholini va halq xo‘jaligi obyektlarini ko‘chirish (evakuatsiya 
qilish) ishlarida ishtirok etish;
> aholi hayot faoliyatini ta'minlash obyektlarini tiklash ishlarini 
amalga oshirishda ishtirok etish, hamda fuqaro muhofazasining 
boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib 
bo‘lmaydigan ishlami amalga oshirish uchun hududiy - ishlab chiqarish 
tamoiliga ko‘ra tashkil etiladi.
F uqaro niuhofn/asi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
FM sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligidir.
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi 
hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklami muhofaza qilish,
9


shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni 
kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
>
aholini va hudularni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga 
oshirilishini tashkil etadi;
>
o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy 
boMgan qarorlar qabul qiladi;
>
boshqaruv organlarining, aholini va hududlami muhofaza qilish 
kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga 
tayyor boMishini tashkil etadi;
>
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari 
boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa 
tizimlarini tuzadi;
>
favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va 
boshqa kechiktirib boMmaydigan ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
>
aholi va hududlami favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
>
ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar bo‘yicha loyihalar va 
qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi

Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 7.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Download 7.37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fuqaro muhofazasining tashkiliy strukturasi

Download 7.37 Mb.
Pdf ko'rish