• Shaxsiy himoya vositalari turlari
  • «Hayot faoliyati xavfsizligi»




    Download 11,2 Mb.
    bet10/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi11,2 Mb.
    #239905
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
    Bog'liq
    11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

    Darsning mazmuni



    1. Shaxsiy himoya vositalari haqida tushuncha

    Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa va shaxsiy himoya vositalari turlariga bo’linadi. Ishlab chiqarishda kishilarning xavfsizligini ta’minlashda mashina va mexanizmlarning konstruksiyasini, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash bilan ta’minlashning iloji bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.


    Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori, ishlatilishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos bo’lishi kerak. Texnik hujjatlari bo’lmagan har qanday shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan har bir shaxsiy himoya vositasi uning vazifasi, ishlatish muddati, saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
    Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab, ihotalovchi kostumlar (pnevmokostumlar, namdan ihotalovchi kostumlar, skafandrlar), korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, kostum, xalat, plash, po’stin, fartuk, nimchalar), nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo niqoblari) maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli botinka, tufli, kalish, botilar), boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka, shlyapalar), yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari), ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari), eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari, ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak va yelkani ehtiyot qilish moslamalari), himoyalovchi dermatologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, moylar).



    1. Shaxsiy himoya vositalari turlari




    Download 11,2 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




    Download 11,2 Mb.