• Bajardi : Abdukarimova M Guruh : 071-19 Tekshirdi: Abdullayeva S Toshkent -2022 Reja
  • Hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 33.23 Kb.
    Sana19.03.2023
    Hajmi33.23 Kb.
    #46028
    Bog'liq
    Mustaqil ish HFX
    atomic-habits, PRICE-LIST А, Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kompetensiyasi, 1544074844 73097, Abdusattorov Dilshod kurs ishi 2, 045522, 5-amaliy ish

    O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnalogiyalari universiteti

    “Energiyata’minlashtizimlari” kafedrasi


    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


    fanidan

    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Insonni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish usullari va vositalari.

    Bajardi : Abdukarimova M
    Guruh : 071-19
    Tekshirdi: Abdullayeva S

    Toshkent -2022

    Reja:
    KIRISH
    Asosiy qism:

    1. Favqulodda vaziyatlar

    2. Fuqaro muhofazasi haqida umumiy tushunchalar.

    3. O’zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning umumiy tamoyillari.

    XULOSA

    Kirish
    Mustaqillikka erishganimizdan so’ng mamlakatimizda aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, texnogen avariya va falokatlardan himoya qilish bo’yicha yaxlit davlat tizimi, zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, aholini falokatlar (paytida) davrida harakat qilishga tayyorlash borasida ko’lami va mazmuni jihatidan ulkan tadbirlar amalga oshirildi. SHu bilan birga, mamlakat aholisini va hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofa qilish siyosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Yurtboshimizning “Mamlakatimizda olib borilyotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha mutloqo yangicha tamoyillar ishlab chiqishdan iboratdir” degan fikrlarida har bir sohani rivojlantirish va uning istiqbollari belgilash nazarda tutilgandir. Yurtimizni turli javhalarda rivojlantirish, belgilangan vazifalarni bajarish, aholini xafvsizligi ta’minlash bo’yicha mahalliy hokimiyat organlari, davlat va xo’jalik boshqaruv organlari faoliyatiga qo’shimcha vazifalar yuklandi. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi. Harakatlar strategiyasini beshinchi ustuvor yo’nalishning 1-bandi 6-xatboshida “favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish vazifalari” belgilanib berildi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, ustuvor yo’nalishda davlat hokimiyat organlari faoliyatini yanada mustahkamlash bilan birga hududlarda yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo’yicha vazifalar belgilab berildi. Qolaversa, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirishda qo’shimcha vazifalar belgilab berildi. SHuningdek, bugungi kunda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi izchil amalga oshirilmoqda. CHunki, ilmiy tadqiqotlar yaqin o’n yillikda tabiiy va texnogen xususiyatli lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfi tendentsiyasi oshishini tasdiqlamoqda. Xalqaro amaliyotda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish yuzasidan fuqaro muhofazasi bo’yicha tadbirlarini o’z vaqtida samarali o’tkazish va tegishli choralarini qo’llash, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdan bir necha barobar arzon va samarali ekani o’z tasdig’ini topmoqda. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar jamiyatning rivojlanishida hozirgi kunda jiddiy tahdidlardan bir qismini tashkil etadi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, XXI asrning boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko’rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim nohush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishga tahdid solib turibdi. BMTning “Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti” xujjatlarida “dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-yon, xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois “barqaror rivojlanish kafolati bu fuqarolar muhofazasi”dir deb bejiz yozib qo’yilmagan. SHuning uchun fuqarolarni fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yildan-yilga soni ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ularni bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar bunday hatti-harakatning samaradorligi pastligini ko’satmoqda va alohida yo’l tutish kerakligini taqozo etmoqda. Ya’ni sodir bo’lishi mumkin bo’gan favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilish, aholini xavf haqida mumkin qadar erta ogoh etish, uni oldini olish va undan himoyalanish tadbirlariga ko’proq e’tiborni qaratish zaruriyati vujudga kelmoqda. Butun jahon “Qizil Xoj” hamjamiyati tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar jabrlangan va ko’rilgan moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd. dollarni tashkil etgan. SHu sababdan ham O’zbekistonda o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari o’rin oldi. Bunday dolzarb muammolar xususida Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan ta’kidlanganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan»1. Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to’g’risida Prezidentimiz «O’zbekiston XXI asrga intilmoda» asarida ham batafsil to’xtab o’tganlar. Darhaqiqat, o’tgan XX asrning sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar, shu jumladan, halqimizning boshidan o’tkazilgan totalitar, mamuriy-buyruqbozlik tizimi atrof-muhitga bepisand munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish bilan tavsiflanardi. Ushbu davr orqali o’simlik va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy tasiri, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur zaharli chiqindilarning tashqariga chiqarilishi, yerlarning cho’llanishi, yer va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol dengizining halokati kabi mintaqaviy hamda global miqyosda echilishi lozim bo’lgan ekologik muammolar meros bo’lib qoldi. SHu kabi muammolar tufayli inson manfaatlari muhofazasi ayniqsa, O’zbekistonda davlat siyosatining birlamchi darajasiga ko’tarildi. SHu munosabat bilan hozir O’zbekistonda ekologik harakatning tuzilishi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan xalqimizni dushman tomonidan bo’ladigan ham ichki, ham tashqi ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning o’lkamiz tabiiy ofatlar (er silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bo’lishiga moyil o’lka bo’lganligidan hamda texnogen avariyalar, halokatlar va ekologik muvozanatni buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko’rgan hududlarda qutqarish va kechiktirib bo’lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim dolzarb muammolardan hisoblanadi.
    Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko’rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi. Bizga ma’lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko’rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg’in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot bo’ektlarining barqarorligini ta’minlash hamda halokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi. Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni aslo nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Bular turli tabiiy ofatlar, avariya, halokatlardir. Sodir bo’lib o’tgan bir nechta halokatlar (CHernobil atom elektr stantsiyasidagi avariya, 25 000 odamning yostig’ini quritgan Spitak zilzilasi va boshq.) fuqaro mudofaasining o’rni va vazifalariga boshqacha ko’z bilan qarash kerak ekanligini ko’rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo’shinlari bunday yirik ko’lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo’yilgan vazifalar ko’lamini kengaytirish lozimligi ayon bo’lib qoldi. 90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf etildiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki iqtisodiyot ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi. SHu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulodda vaziyatning o’zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutish lozim? Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o’rindadir. Asosiy Qomusimiz bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadrqimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo’lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. O’zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko’zlab, O’zbekistoan Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O’zbekitson Respublikasi Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. Oliy majlisning vakolatlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog’ligini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik texnik, maxsus asoslariga ega bo’lishimiz zarur. Har bir rahbar, har bir favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi texnogen, tabiiy va ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, tezlik bilan tegishli qarorlar qabul qilishni, qidiruvqutqaruv va shoshilinch ishlarni o’tkazishda boshqaruvni amalga oshirish yo’llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo’lmog’i kerak. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish –favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y harakatlari majmui. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish – oldindan o’tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y berganda esa odamlar sog’ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan zonalarni xalqaga olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar majmui. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri – avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa shu boshqarma negizida O’zbekistoan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo’ldi.
    Farmon bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayotini va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalaridan biri deb belgilandi. Aholi va iqtisodiyot ob’ektlarini muhofaza qilishni ta’minlashga rahbarlik qilish O’zbekitson Respublikasining Bosh vaziriga yuklatilgan. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish; -ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga o’rgatish; -boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; -iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan choratadbirlar kompleksini o’tkazish; -aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; -fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash; -aholini umumiy va yakka tartibdagi muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash; -aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash; -radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazoratini olib borish; -qutqarish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o’tkazish; -harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarur ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish; -aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo’mitalari va uyushma boshqaruv raislari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ishlab chiqarish korxonalari direktorlari, rahbarlari aholi va iqtisodiyot ob’ektlari muhofaza etishga rahbar eitib tayinlanadilar. Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilagan vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi: -qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; -mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalar hosil qilish; -atrof muhitni muhofaza qilish. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo’limlari)ning tashkil etilishi va boshqarma (bo’lim) boshliqlarining o’rinbosarlari joylardagi o’rinbosarlari hisoblanishi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining ish faoliyatini yanada mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yilgan. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 1.3 O’zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning umumiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari asosiga quyidagi tamoyillar kiritilgan: -hududiy tamoyil: O’zbekiston Respublikasi ma’muriy bo’linishiga qarab, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda fuqaro muhofazasi bo’limlarining tashkil etilishi; -ishlab chiqarish tamoyili: vazirliklar, davlat qo’mitalari, trestlar, koorparatsiyalar, kompaniyalar, assosatsiyalar, tashkilotlar va korxonalarda fuqaro muhofazasi bo’limlarining tashkil etilishi. Fuqaro muhofazasi bo’yicha umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri olib boradi. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish; -ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga tayyorlash; -boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil etish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; -iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o’tkazish; -aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; -fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarini shayligini ta’minlash; -aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash; -aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash; -radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatuv va laboratoriya nazorati olib borish; -qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;
    -harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish; -aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirilgan. Qoraqalpog’iston Repsublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishli lavozimiga ko’ra fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan Qraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradi. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko’ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazalarining boshliqlari bo’lgan rahbarlari amalga oshiradilar. Fuqaro muhofazasi boshlig’i o’z vakolatlari doirasiga quyidagi huquqlarga ega: -fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish; -aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to’g’risida qarorlar qabul qilish; -fuqaro muhofazasi bo’yicha tegishli direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish; -o’z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o’tkazishga jalb etish; -qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholi va hududlarni zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
    So’nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining xuquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalliganing) oldini olish to’g’risida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”, “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”, “Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”, “Terrorizmga qarish kurash tug’risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o’tilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Ushbu qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodaa vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo’yadi. Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini va hududlarni favqulodaa vaziyatlarda muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, maqsadlari, vazifalari va usullari aniqlanib, mustahkamlab qo’yilgan. I bo’lim “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, o’z ichiga 1-5-moddalarni oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo’yicha asosiy tushunchalar, qonun hujjatlari, muhofazaning asosiy tamoyillari va favqulodda vaziyatlarga oid axborotlar qanday bo’lishi lozimligi ko’rsatib berilgan. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog’ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o’z vaqtida berilishi va ishonchli bo’lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko’rilishidan iborat, II bo’limda – “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash tizimi” (6—14-moddalar) - muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so’z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday
    vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari 8-moddada keltirilgan: -favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog’ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choratadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; -aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi; -o’z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi; -boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi; -favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi; -favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar o’tkazilishini tashkil etadi; -aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; -ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo’yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi; -qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. “Fuqarolarning huquq va majburiyatlari” deb nomlanuvchi III bo’lim qonunning asosiy bo’limi hisoblanadi. CHunki ushbu qonun umuman ayni insonni, uning hayotini, salomatligini va shaxsiy mulkini muhofaza qilishga qaratilgan. Bu bo’limda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uzviy birlikda ko’rib chiqilgan. 20-25-moddalar qonunning IV bo’limiii tashkil etadi. Bu bo’lim “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish”ga bag’ishlangan bo’lib, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan kuch va vositalar, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalar chegarasi, qo’shimcha kuch va vositalar qaerdan olinadi kabi savollarga javob beradi. “Yakunlovchi qoidalar” deb nomlanuvchi V bo’lim moliyaviy va moddiy resurslarning zahiralarini barpo etish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Bu yerda shuningdek aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunni buzganlik uchun tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar javobgar bo’lishlari ta’kidlab o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi 1999 yil 20 avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
    to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini og’ishmay amalga oshirish, haqiqiy xavf-xatar manbalarini va ularning tabiatini anglab yetish har bir kishiga o’zini yuz berishi mumkin bo’lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganini sezish imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi” qonun harbiy harakatlar olib borish davri masalalariga bag’ishlangan. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun V bo’lim va 23 moddalardan iborat. I bo’lim – “Umumiy qoidalar” - beshta moddani o’z ichiga olib, bu moddalarda fuqaro muhofazasining asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi aqolisini, hududlarni, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish; -ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash; -boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; -iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o’tkazish; -aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; -fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligani ta’minlash; -aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish; -aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash; -radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish; -qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish; -harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish; -aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. “Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan II bo’limning asosiy maqsadi fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiruvchi fuqaro muhofazasi
    sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining vazifalari nimalardan iborat degan savollarga javob berishdan iborat. Fuqaro muhofazasi sohasidagi fuqarolarning huquq va majburiyatlari III bo’limda keltirilgan. Fuqarolar o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun fuqaro muhofazasi sohasida yetarli bilimga ega bo’lishlari zarur. SHu sababli ham ularni fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatish 1b-modda bilan umumiy va majburiy deb belgilab qo’yilgan. IV bo’lim – “Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari” - fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur xizmatlar va kuchlar, tuzilmalarning tarkibini aniqlab beradi. Va nihoyat, V bo’lim “Fuqaro muhofazasini moliyaviy ta’minlash. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol–mulki” deb nomlangan. Bu bo’limda fuqaro muhofazasini moliyalash, fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlari, ob’ektlari va mol-mulki masalasi ko’rib chiqilgan. Ma’lumki, respublikamizda mavjud bo’lgan gidrotexnika inshootlarida avariya, halokat yuz bergudek bo’lsa, aholi va hududlarimizga ma’lum mikdorda xavf tug’dirishi mumkin. SHu sababli O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida, ya’ni 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonunlardan biri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida” deb nomlandi. Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruktsiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunda gidrotexnika inshootlari, foydalanuvchi tashkilot, favqulodda vaziyat, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, xavfsizlik deklaratsiyasi, xavfsizlik mezonlari, gidrotexnika inshooti avariya xavfining yo’l qo’yiladigan darajasi kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. Bundan tashqari qonunda Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko’rsatib berilgan hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati haqida so’z yuritilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspektsiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratiii amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’lishlari alohida belgilab qo’yilgan (15-modda). O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”gi qonun alohida o’rin tutadi. Ushbu qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog’ligi va molmulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Favqulodda vaziyatlar ichida o’zining keltiradigan kulfatlari bilan radiatsiyaviy avariyalar alohida ajralib turadi. Boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning inson sog’ligiga keltiradigan zarari tezda ko’zga ko’rinmaydi. SHuning uchun ushbu qonun aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilishda muhim o’rin tutadi. Ushbu qonun V bo’lim va 28 modadan iborat bo’lib, ularda asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan, radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qo’yiladigan talablar, radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalar ko’rib chiqilgan. Qonunning I bo’limida ushbu qonunning maqsadi, qonunda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari, fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari, fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi masalalariga o’rin berilgan. Ikkinchi bo’lim “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini tartibga solish” deb nomlanadi va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasi davlat tomonidan qanday tartibga solinadi, nazorat qanday olib boriladi, davlat ekspertizasi qanday bo’ladi kabi savollarga javob beradi. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazoratini sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo’mitasi amalga oshiradi (8-modda). “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga doir talablar” III bo’limda (12-22moddalar) keltirilgan. Bo’limda tabiiy radionuklidlar ta’sir etish chog’ida, oziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda, tibiiy rentgenoradiologik muolajalar o’tkazilganda xavfsizlikni ta’minlash tartiblari yoritib berilgan. “Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash”ni IV bo’limdagi 23-25-moddalar bayon etadi. Bu bo’limda fuqarolar va atrof muhit radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilinishlari shartligi (23-modda) bildirilgan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining avariya sodir bo’lgan paytdagi majburiyatlari (24-modda) keltirilgan. V bo’lim – “Yakuniy qoidalar” xalqaro shartnomalar, nizolarni hal etish va qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka bag’ishlangan. Oxirgi vaqtlarda yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar respublikamiz hududida terroristik harakatlar ham sodir bo’lishi mumkinligini ko’rsatib berdi. Respublikamiz hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash uchun 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida” maxsus qonunni qabul qildi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini qimoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchilikka qarshi operatsiyaning o’tkazilishi”, “Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok
    etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy qimoyasi” deb nomlanuvchi V bo’limdan iborat bo’lib, 31 moddani o’z ichiga oladi. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko’maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab berilgan. Terrorizmga qarshi kurashishni O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo’mita, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayottan zonada joylashgan alohida muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat Hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o’tkazadi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (14-modda). O’zbekiston Respublikasi 2006 yil 28 sentyabrda “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 23 moddadan iborat bo’lib, maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kundan e’tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha rahbar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindiki, ular o’z navbatida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga O’zbekiston Resdublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirining qabul qiladigan tashkiliy ko’rsatmalari ham kiradi.
    Xulosa
    Fuqaro muhofazasi tomonidan qabul qilinadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hududdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, moddi-ma’naviy boyliklarni asrash, aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va harbiy davrlarda muhofaza qilish uchun xizmat qiladi. Fuqaro muhofazasi boshlig’ining ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarida belgilab berilgan vazifa hamda topshiriqlar hududiy davlat va xo’jalik boshqaruv organlari hamda fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi. Fuqaro muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tarkibiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari, favqulodda vaziyatlarni o’z vaqtida monitoring qilib borish, fuqaro muhofazasi ishlariga jalb etiladigan kuch va vositalarni doimiy shayligini ta’minlash hamda nazorat qilishni joy olgan bo’ladi. Bundan tashqari aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, boshqaruv organlari va xizmatlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, o’rgatish, shuningdek tashkiliy masalalarni o’zida mujassam etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda bartaraf etish uchun tadbirlar majmuini oldindan ishlab chiqish va ularni bajarish uchun mas’uldir. Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen ofatlardan muhofaza qilishda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi favqulodda vaziyatlarning oldini olishning dastlabki va samarali bosiqichi hisoblanadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
    1. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология. Сапаев М.С., Қодиров Ф.М. Ўқув қўлланма, Тошкент-“Алоқачи”-2019, 276 б.
    2. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. Экология. О.Д.Рахимов, И.Х.Сиддиқов, М.О.Муродов. Олий таълим бакалаврият йўналишлари учун дарслик. Т.: “Алоқачи”, 2017-332 б.
    3. Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009.
    4. Yormatov G‘. Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.
    5. O‘. Yo‘ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish. -T.: Mehnat, 2005.
    6. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011.
    7. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005.
    Internet saytlar:
    1. www.mintrud.uz.
    2. www.minzdrav.uz.
    3. www.mchs.gov.uz.
    4. www.uznature.uz.
    5. www.standart.uz.
    6. www.ohranatruda.ru.
    Download 33.23 Kb.




    Download 33.23 Kb.