• 2-savolga javob Shovqin va undan himoyalanish. Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari .
  • Hayot faoliyati xavfsizligining ergonomik asoslari




    Download 313,26 Kb.
    bet5/6
    Sana05.01.2024
    Hajmi313,26 Kb.
    #130494
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Muhammad al-xorazmiy nomidagi-fayllar.org
    105341 15-var, mavzu2, jRR0lQqoCv0bgsV2lpT-4HJ46jSg4yG, Tt va kt ” fakulteti 3 – bosqich tt-11-20-guruh talabasining-fayllar.org, O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht, 9-sinf,4-chorak,1-mavzu. (1), masala, Mustaqil ish 3 Ergasheva Dilorom
    savolga javob:



    Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifalari — sanitariyaning bir boʻlimi bo’lib, sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga qaratilgan sanitariya sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariya gigiyena normalariga bekamu-koʻst rioya qilish, ishchi xizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va h.k.ning gigiyena talablari darajasida boʻlishini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadi. Bulardan tashqari, ichki omillari, havodagi chang , kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya kuchi, shovqin va h.k., shuningdek, harorat, namlik va bularning maromida boʻlishini nazorat qiladi. Korxona qurilishi va i.ch.ga topshirilishigacha boʻlgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiyena qoidalariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchi xizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, i. ch.da xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalarini qoʻllash korxona rahbariyati zimmasida boʻlib, ular davlat tomonidan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish koʻrishlari talab etiladi. Korxona, muassasa, tashkilotlarning gigiyena normalariga, sanitariya gigiyena qoidalari va boshqalarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazorati organlari, asosan, sogʻliqni saqlash idoralari va vazirliklari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat qiladi.

    2-savolga javob

    Shovqin va undan himoyalanish. Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari.

    1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan oʻlchanadi. Masalan, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar shovqinlarning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qoʻllash yoʻli bilan shovqin kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. Masalan, elektron lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik harakati (issiqlik Shovqini), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Sh.lar) natijasida shovqin hosil boʻladi. Shovqinning umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum diapazonidagi Sh. boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada — odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt taʼsir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yoʻllari aʼzolari, endokrin sistemasi va h.k.ning faoliyati buzilishi, quloq ogʻirligi, karlik paydo boʻlishi mumkin. Shovqin taʼsirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Sh. odamni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 detsibelli Sh. ruxsat etiladi. Qiymati 130 detsibelga teng Sh. inson quloqlarida ogʻriq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin boʻladi, 180 denibelda hatto metall chaqnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar koʻchalaridagi Sh. 60—70 detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi.

    shahrining inson salomatligiga taʼsiri haqida ibtidoiy jamoa davridan maʼlum. Uning taʼsirini kamaytirish uchun, mas, temirchilar, tunukachilar va misgarlarning kechasi ishlashi taqiqlangan. Rim diktatori Yuliy Sezar kechalari shaldirab yuradigan aravalarning shahar koʻchalarida yurishini taqiqlagan. Odam organizmiga shahrining taʼsirini oldini olish uchun hozir ham baʼzi tashkiliy, texnik va tibbiy choratadbirlar koʻriladi. Aholi yashaydigan punktlarda shahriga qarshi kurash choralari: koʻkalamzorlashtirish, koʻcha harakatini tartibga solish, transportlar signalini man etish, turar joy binolariga tovush oʻtkazmaydigan oynali (mas, plasmassa, alyuminiy) derazalar qoʻyish, lift, nasos, ventilyator kabi uskunalar Sh.ini kamaytirish va h.k. Ishlab chiqarishda shahriga qarshi kurash choralari: Sh.siz texnologik jarayonlarni qoʻllash, yangi uskunalarni Sh. oʻlchovi nazoratidan oʻtkazish, korxona binosini tovushdan izolyatsiya qilish, tovush yutuvchi qurilish materiallari ishlatish va boshqalar Shuningdek, sershovqin sex ishchilari individual himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Bunday ishchilar shifokor (terapevt, otolaringolog , nevropatolog) koʻrigidan oʻtkazib turiladi va h.k.

    Shovqinga qarshi kurash usullari. Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagi usullarda olib boriladi:


    • Shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish.


    • Shovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish.


    • Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona rejalashtirish.


    • Sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov berish.


    • Shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish.


    • Shovqin chiqayotgan manba agar biror-bir tomonga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning qarama-qarshi tomonida tovushning bosim darajasini 10-15 dB gacha kamaytirish imkoniyati bor.


    • Shovqin darajasini pasaytirish uchun xonalar devoriga ishlov berish, ya’ni shovqin yutuvchi materiallar bilan jihozlash. Sanoat korxonalarida shovqin darajasining ortib ketishiga shovqinning biror-bir to‘siqqa, xona devoriga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to‘lqinlarining kuchayishi mumkin. Ana shu qaytgan to‘lqinni kamaytirish chora tadbirlarini ko‘rish. Bular akustik ishlov berish ishlari deyiladi.



    II. Amaliy topshiriq


    Download 313,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 313,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligining ergonomik asoslari

    Download 313,26 Kb.