|
Laboratoriya mashg‘ulotlar bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar
|
bet | 9/12 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 141 Kb. | | #143135 |
Bog'liq HFX FD4.Laboratoriya mashg‘ulotlar bо‘yicha kо‘rsatma va tavsiyalar.
Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabalar laboratoriya ishlari o‘quv rejadagi auditoriya soatlariga mos ravishda standart va malaka talablariga mos ravishda mustaqil bajarishni o‘z ichiga oladi.
4.1.Laboratoriya mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1.Ishlab chiqarish korxonalarida va inshootlarda tabiiy yorug’likni aniqlash.
2.Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash.
3.Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash.
4.Zaharli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash.
5.Sanoat korxonalaridagi shovqinni aniqlash.
6.Ishlab chiqarish joylaridagi tebranishni aniqlash.
7.Elektr jihozlarini yerga ulashni hisoblablash.
8.Birlamchi o’t o’chirsh vositalari ish unmdorligini aniqlash.
9. Avtomatik yong’indab darak beruvchilarning ish unmdorligini aniqlash.
5.SEMINAR MASHG‘ULOTLAR BО‘YICHA KО‘RSATMA VA TAVSIYALAR
Ushbu о‘quv fani bо‘yicha talabalarni seminar mashg‘ulotlarni ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar, internet materiallari bilan ishlashni, standart va malaka talablariga mos ravishda taqdimot, turli xil mashqli o’yinlar bilan bajarishni о‘z ichiga oladi.
5.1.Seminar mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1.Xavflar turlari va ularning turli sohalarda yuzaga keltiradigan zararlari va salbiy oqibatlarini о‘rganish.
2. Jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy xavflar va ulardan muhofazalanish masala va muammolarini о‘rganish.
3. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda insonning psixologik kо‘rsatkichlarining ahamiyati.
4. Faoliyat xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari, ularning faoliyat kо‘rsatish sohalarini, huquq va majburiyatlarini о‘rganish.
5. Jamiyatda ilmiy-texnik va axborot (informatsiya) sohasidagi xavf turlari
6.Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash.
7.Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari.
8. Kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
9. Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari.
10. Texnosferada havo muhitining kо‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri.
11. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.
12-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.
13-mavzu. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga zararli ta’siri.
14. Davlatimizda va chet ellardagi hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini holati
15. Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini tashkil etish obyektlari, uning sinflanish kriteriyalari, obyektlari, shaxsiy, korporativ va davlat miqyosidagi uslubiy asoslarini darajasi va uslubiy yondashuvi.
16. Zilzila va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni muhofaza qilish.
17. Baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish 15 qoidalari.
|
| |