VIII.Darsning borishi (reja)




Download 14.73 Kb.
bet2/3
Sana19.11.2022
Hajmi14.73 Kb.
#30990
1   2   3
Bog'liq
hayvonlar evolyutsiyasi
Hisobot mart, 9-sinf jahon 3-chorak, 11-maktab shartnoma maktab tuzatilgan, dars jadvali 2023 1-chorak, 26-maktab Алфраганус институтига, Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar-fayllar.org, 3-В Физика узб, wedwedf, Ачилова, Н.М.Д.METODOLOGIK, English, Документ Microsoft Word (3), Nasrlar, Bayotlar
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:

Hayvonlar filogenezi deyilganda bir hujayrali organizmlardan to sutemizuvchi hayvonlarning paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi. Ma’lumki, irsiy o‘zgaruvchanlik asosida foydali belgiga ega bo‘lgan organizm o‘z avlodiga nisbatan anatomik, morfologik tuzilishi va hayotiy
jarayonlarning jadallashuviga ega bo‘lganligi sababli yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkoniyati ortadi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishining dastlabki erasi bo‘lgan arxey erasining ikkinchi yarmida yuz bergan uchta yirik aromorfozning ikkitasi: ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi va jinsiy ko‘payish hayvonlar filogenezida muhim o‘rin tutgan.
Turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlar tuzilishi va hayotiy jarayonlari o‘rtasidagi umumiy belgilar ularning yagona umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun hayvonot dunyosining turli sistematik guruhlari o‘rtasidagi filogenetik munosabatlarni shajara daraxti sifatida tasavvur qilish mumkin (59-rasm).
Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.Evolutsiya jarayonida birlamchi okeanda dastlab turli xil organik moddalar tabiiy yo‘l bilan sintezlanib to‘planib borgan. Keyinchalik bu moddalardan juda mayda shilimshiq zarrachalar shaklidagi protobiontlar hosil bo‘lgan. Protobiontlar tashqi muhitda erigan organik moddalarni shimib olib o‘sganligi va bo‘linib ko‘payganligi taxmin qilinadi. Tabiiy tanlanish tufayli protobiontlarning tuzilishi mukammallashib, dastlab prokariotlar, ularda yadro va hujayra organoidlari paydo bo‘lishi natijasida esa bir hujayrali eukariot organizmlar kelib chiqqan. Xivchinlar yordamida harakatlangan bunday organizmlar barcha bir hujayralilarning umumiy ajdodi hisoblanadi. Keyinchalik bir hujayralilardan ayrimlari koloniya bo‘lib yashashga o‘tgan. Ko‘p hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.
Dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqan. Tanasi ikki qavat – ektoderma va entodermadan tuzilgan bu organizmlar sharsimon koloniya devorining botib kirishi – invaginatsiya tufayli paydo bo‘lganligi haqida taxminlar bor.

Download 14.73 Kb.
1   2   3




Download 14.73 Kb.