Gastrula bo‘shlig‘i keyinchalik birlamchi ichak bo‘shlig‘iga, gastrula teshigi birlamchi og‘izga aylangan




Download 14.73 Kb.
bet3/3
Sana19.11.2022
Hajmi14.73 Kb.
#30990
1   2   3
Bog'liq
hayvonlar evolyutsiyasi
Hisobot mart, 9-sinf jahon 3-chorak, 11-maktab shartnoma maktab tuzatilgan, dars jadvali 2023 1-chorak, 26-maktab Алфраганус институтига, Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ssenariy va tadbirlar-fayllar.org, 3-В Физика узб, wedwedf, Ачилова, Н.М.Д.METODOLOGIK, English, Документ Microsoft Word (3), Nasrlar, Bayotlar
Gastrula bo‘shlig‘i keyinchalik birlamchi ichak bo‘shlig‘iga, gastrula teshigi birlamchi og‘izga aylangan.
Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi to‘g‘risida juda ko‘p izlanishlar olib borilgan. Rus olimi I.I.Mechnikov esa dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi – migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi. Keyinchalik ichki hujayralar bir qator tig‘iz joylashuvi natijasida ichki qavat hujayralari entodermani hosil qilgan; tashqi qavat esa ektodermaga aylangan. Ektoderma hujayralari harakatlanish, sezish va himoya qilish funksiyasini bajarishga moslashgan. Ana shu yo‘l bilan kolonial xivchinlilardan ikki qavatli ko‘p hujayrali hayvonlar – bulutlar va bo‘shliqichlilar kelib chiqqan. Ular haqiqiy ko‘p hujayrali hayvonlar hisoblanadi, tanasi turli funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan hujayralardan tashkil topgan. Lekin bulutlar va bo‘shliqichlilarda to‘qima va organlar rivojlanmagan. Yassi chuvalchanglar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar orasida eng sodda tuzilgan. To‘qima va organlarining rivojlanganligi ularning tuban ko‘p hujayralilarga nisbatan yuksak tuzilganligini ko‘rsatadi. Ularda hazm qilish, ayirish, nerv, jinsiy sistemalarning paydo bo‘lishi yirik aromorfozlardan hisoblanadi. Yassi chuvalchanglar hazm qilish sistemasi bir uchi berk, faqat og‘iz teshigi bilan tashqariga ochilishi bilan bo‘shliqichlilarning gastrula bo‘shlig‘iga o‘xshab ketadi. Yassi chuvalchanglar erkin suzib yurishdan suv tubida o‘rmalab yurishga o‘tgan qadimgi bo‘shliqichlilardan kelib chiqqanligitaxmin qilinadi. Suv tubida o‘rmalab yurish tufayli hayvonlarning oldingi va keyingi, qorin va orqa tomonlari paydo bo‘lgan; ularda ikki tomonlama simmetriya yuzaga kelgan. Dastlab erkin yashovchi yassi chuvalchanglar – kipriklilar, ulardan parazit yashovchi so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar paydo bo‘lgan. To‘garak chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i, o‘rta va orqa ichagi, anal teshigining rivojlanganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. To‘garak chuvalchanglarning tuban tuzilgan guruhlarida kipriklarining bo‘lishi ularni kirpikli yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Halqali chuvalchanglar ham qadimgi erkin yashovchi kiprikli yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar lichinkalari tanasida kipriklarning bo‘lishi, nerv va ayirish sistemalari tuzilishining yassi chuvalchanglarnikiga o‘xshashligi yuqoridagi fikrning dalilidir. Yassi chuvalchanglar suv tubida faol o‘rmalab hayot kechirishga o‘tgan. Natijada tabiiy tanlanish ta’sirida ular tanasida faol va xilma-xil harakatlanishga yordam beradigan halqalar va harakat organlari shakllangan. Nerv sistemasining tuzilishi murakkab, bir juft halqum usti va halqum osti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi hamda qorin nerv zanjiridan tashkil topgan. Tananing bosh qismida maxsus sezgi organlari paydo bo‘lgan. Halqali chuvalchanglarning ovqat hazm qilish sistemasining yanada takomillashuvi, qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi, ularning faol hayot kechirishi muhim evolutsion o‘zgarishlardan biri bo‘lib, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolishiga imkon yaratgan.Suv tubidagi balchiqda va tuproqda yashashga o‘tish bilan ko‘p tuklilarning harakat organlari reduksiyaga uchragan va ulardan kam tukli halqalilar, qadimgi kam tuklilardan esa zuluklar paydo bo‘lgan.Molluskalarning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi yuqorida keltirilgan hayvonlarning birortasiga o‘xshamaydi. Lekin dengizda yashovchi ikki pallali va qorinoyoqli molluskalar lichinkasining tuzilishi ko‘p tukli halqali chuvalchanglarnikidan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun molluskalar va halqali chuvalchanglar qadimgi bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin. Molluskalar tanasi halqalarga ajralmagan. Ularning ba’zilari jabralari yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Jabralarining yuzasi tana yuzasidan bir necha marotaba ortiq. Bu holat organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini yetarlicha qoplash imkonini beradi. Quruqlikda tarqalgan molluskalar o‘pka bilan nafas oladi. Hayvonot olamida yuz bergan muhim evolutsion o‘zgarishlardan biri nafas olish organlari – jabra va o‘pkaning paydo bo‘lishi sanaladi. Qon aylanish sistemasida yurak paydo bo‘lgan. Nerv sistemasi tananing har xil joyida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan tashkil topgan. Tanasi himoya vazifasini bajaradigan spiralsimon chig‘anoq bilan o‘ralgan. Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub sinflarning vakillari bir-biridan tanasining bo‘limlarga bo‘linishi, bosh bo‘limining ixtisoslashuv darajasi, oyoqlarining tuzilishi va lichinkalarining rivojlanishi bilan farq qiladi. Lekin tuban tuzilgan bo‘g‘imoyoqlilar tanasining deyarli bir xildagi bo‘g‘imlardan iboratligi oyoqlarining uchi ayri – ikki shoxga ajralganligi, dum ayrisining bo‘lishi bilan ko‘p tukli dengiz halqalilariga o‘xshash bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi halqali chuvalchanglar yupqa kutikulasining pishiq tayanch skeletga aylanishi, yurish oyoqlarining paydo bo‘lishi, muskullarning yurish oyoqlari asosida to‘planishi orqali borgan. Gavdaning oldingi bo‘g‘imlaridan bosh paydo bo‘lgan, orqa qon tomiri kengayib, yurakni hosil qilgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi qattiq va pishiq xitin bilan qoplangan, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g‘imli oyoqlari harakatlanishdan tashqari, sezish, oziq tutish vazifalarini bajaradi. Muskullari bajaradigan vazifasiga ko‘ra ixtisoslashgan. Bosh qismidagi muskullar oziqni chaynash, ko‘krak muskullari tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi. Nafas olish organlari jabra, o‘pka yoki traxeyalardan tashkil topgan. Nerv sistemasi nerv tugunlari, halqumni aylanib o‘tadigan nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan tuzilgan. Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar. Xordalilar orasida lansetnik eng tuban tuzilgan bo‘lib, uning ayirish organlari tananing ikki yoni bo‘ylab juft-juft joylashganligi, bosh miyasining rivojlanmaganligi, qon aylanish sistemasining tuzilishi va yuragining bo‘lmasligi bilan halqali chuvalchanglarga o‘xshab ketadi. Bu belgilar tuban tuzilgan xordalilarning halqali chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Xordali hayvonlar turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, ularda umumiy belgilar mavjud. Barcha xordalilarda o‘q skelet – xorda rivojlangan. Umurtqali hayvonlarda esa xorda embrional organ hisoblanadi, postembrional rivojlanishning dastlabki bosqichida aksariyat organizmlarda umurtqa pog‘onasiga aylanadi. Xorda ustida naysimon markaziy nerv sistemasi joylashgan. Nafas olish sistemasi murakkab tuzilishga ega jabra va o‘pkadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Ovqat hazm qilish nayining oldingi qismi jabra teshiklari yordamida tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Suvda yashaydigan tuban xordalilarda jabra umr bo‘yi saqlanadi, quruqlikdagi vakillarda esa u o‘pka bilan almashinadi. Dastlabki xordalilardan bir guruhi dengiz tubidagi qumga ko‘milib yashashga o‘tgan, ulardan hozirgi boshskeletsizlar kenja tipiga mansub lansetniklar kelib chiqqan. Qadimgi xordalilarning boshqa bir guruhi faol yirtqich hayot kechira boshlagan. Yirtqich hayvonlardan o‘ljani ta’qib qilib tutish, chaqqon va murakkab harakatlanish, idrok qilish talab etiladi. Shuning uchun yirtqichlar o‘rtasida tabiiy tanlanish nerv sistemasi, harakat organlari, o‘ljani tutish va yeyish uchun zarur bo‘lgan o‘tkir tishlarning rivojlanishiga olib kelgan. Shu tariqa hozirgi akulalarga o‘xshash tog‘ayli baliqlar paydo bo‘lgan. Faol hayot kechirish tog‘aydan iborat umurtqa pog‘onasining suyak bilan almashinishi natijasida suyakli baliqlar kelib chiqqan.Iqlimning asta-sekin quruqlashib borishi qadimgi suyakli baliqlar orasida tabiiy tanlanishni ikki yo‘nalishda borishiga olib kelgan. Birinchidan qadimgi ikki xil nafas oluvchi panjaqanotli baliqlarning juft suzgichlari quruqlikda yashovchi hayvonlarning harakatlanish organi – oyoqlarga aylana borgan; ikkinchidan jabralar o‘rniga o‘pka va teri orqali nafas olish paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlanish ta’sirida panjaqanotlilarning o‘pkasi tobora rivojlanib, ularning juft suzgichlari yurish oyoqlariga aylangan.
Sutemizuvchilarning bosh miyasida oliy nerv faoliyati markazlari paydo bo‘lgan. Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘i yaxshi rivojlangan. Shu sababli ularning xulq-atvori murakkablashgan va ular tashqi muhit ta’sirlariga mukammal tarzda javob qaytaradi. Eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivojlanganligi ularning tashqi muhit sharoitiga moslanish, o‘zini himoya qilish va oziq topishiga imkon beradi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya kuchli rivojlangan. Yuragi to‘rt kamerali, o‘pkalari alveolalardan tuzilgan bo‘lib, nafas olish yuzasi ortgan. Terida turli vazifalarni bajaradigan yog‘, sut, ter, hid ajratuvchi bezlar bo‘lib, teri jun bilan qoplangan. Sutemizuvchilarda bachadonning paydo bo‘lishi, embrionning bachadonda rivojlanishi hayvonot olamidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi. Sutemizuvchilarning suv, havo va quruqlikka moslanish belgilari idioadaptatsiya natijasida vujudga kelgan. Hayvonlar filogenezini to‘liq tasavvur qilish uchun tirik organizmlarning organlar sistemalari rivojlanishini o‘rganish lozim.
Yangi mavzuni mustahkamlash :
Organizm uchun xos bo`lgan aromorfoz va idioadaptatsiyalarni ko`rsating.

Organizmlar

Idioadaptatsiyalar

Aramorfozlar

Baliqlar







Suvda hamda quruqlikda yashovchilar







Sudralib yuruvchilar







Qushlar







Sutemizuvchilar






Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish _______________________


Foydalanilgan adabiyotlar: 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi: ______________________________________________
O`quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________________
Download 14.73 Kb.
1   2   3




Download 14.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gastrula bo‘shlig‘i keyinchalik birlamchi ichak bo‘shlig‘iga, gastrula teshigi birlamchi og‘izga aylangan

Download 14.73 Kb.