Hayvonot olami




Download 52.46 Kb.
bet5/11
Sana15.03.2024
Hajmi52.46 Kb.
#172867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
b67de988-ba8e-45b9-af85-dade77051fc3
2 5456443301718667270, amaliyot shartnomasi, English A1 (1-topshiriq), Annaul-report-2022, Kurs ishi mavzu O‘zbek tilida fe’l nisbatlari-fayllar.org, Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (1), Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (2), 1 short newspaper articles on familiar topics, Nouns, osiyo taraqqiyot banki, Funksiyalari, 13710 1 6189F280D8C848877BD1427B4D7D754A1C5DCF4E, Mavzu Boshqaruv maqsadi va funksiyalari-fayllar.org, 20NORMURODOV SHOHBOZ, 11-grade cw
Sudralib yuruvchilar sinfi. Bu xaqiqiy quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi. Sudralib yuruvchilarning gavdasi boshdan oyog`igacha muguz tangachalar bilan qoplangan. Ular suvda xam quruqda yashovchlardan bir qancha belgilari bilan ustun turadi: 1) bosh miyasi yaxshi taraqqiy etgan; 2) arterial qon bilan venoz qon yurakda bir – biridan ajralgan xolda bo`ladi ; 3) ko`krak qafasining kengayishi munosabati bilan nafas olishi qovurg`alar yordamida amalgam oshadi; 4) maxsus siydik yo`li- bo`yragi yuzaga kelgan; 5) tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi; 6) skeleti to`la ravishda suyakka aylangan.
Bularning tipik vakillariga kaltakesak, toshbaqa, ilonlar kiradi.
Kaltakesak – kattaligi 15-20 sm keladigan sudralib yuruvchi kichik hayvon. Tanasi muguz tangachali quruq teri bilan qoplangan. Kaltakesak dashtlarda quyosh isitadigan quruq joylarda, o`rmonlarda, tosh ustlarida yashaydi. Ular hasharotlar bilan oziqlanadi. Kaltakesaklarning eshitish qobiliyati juda kuchli. O`rmalab kelayotgan hasharot chiqargan juda sekin ovozni xam u darhol seza oladi. Kaltakesakni ikki juft oyog`i bor, ularning oldingi va orqa oyoqlarida baqalarnikidagi
kabi bo`limlar bo`ladi. Har qaysi oyog`ida beshtadan barmog`i bo`lib, ular orasida parda bo`lmaydi. Kaltakesaklar tuxum qo`yish bilan ko`payadi. Tuxumi urg`ochisi ichida urug`lanadi. Ichki urug`lanish quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarga xosdir. May-iyun oylarida kaltakesakning urg`ochisi 5 tadan 15 tagacha ovalsimon tuxum qo`yib, ularni chuqurchaga ko`mib qo`yadi. Tuxumdan yosh kaltakesak chiqadi.
Toshbaqa – sudralib yuruvchilarning anchagina o`zgargan vakili bo`lib, o`ziga xos passiv muhofaza organi – suyak kosasini xosil qilgan. Agar biror havf tug`ilib qolsa, u boshi, oyoqlari va dumini darrov kosasi ichiga tortib oladi. U shu yo`l bilan dushmandan ximoyalanadi. Toshbaqalarning tishi bo`lmaydi. Ular turli shikast va jaroxatlarga hamda ochlikka juda chidamli bo`ladi. Toshbaqalarning ko`pchiligi yilning noqulay vaqtlarida uyquga ketadi. Ular tuxum qo`yish yo`l bilan ko`payadi, tuxumlari odatda qattiq oxak po`stli bo`ladi. Toshbaqalar o`zining xayot kechirishiga qarab ikkita ekologik guruxga bo`linadi: a) serharakat va asosan o`simliklar bilan oziqlanadigan quruqlik toshbaqalari va: b) ko`pincha yirtqichlik bilan hayot kechiradigan, serharakat suv toshbaqalari.

Download 52.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 52.46 Kb.