Hayvonot olami




Download 52.46 Kb.
bet11/11
Sana15.03.2024
Hajmi52.46 Kb.
#172867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
b67de988-ba8e-45b9-af85-dade77051fc3
2 5456443301718667270, amaliyot shartnomasi, English A1 (1-topshiriq), Annaul-report-2022, Kurs ishi mavzu O‘zbek tilida fe’l nisbatlari-fayllar.org, Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (1), Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (2), 1 short newspaper articles on familiar topics, Nouns, osiyo taraqqiyot banki, Funksiyalari, 13710 1 6189F280D8C848877BD1427B4D7D754A1C5DCF4E, Mavzu Boshqaruv maqsadi va funksiyalari-fayllar.org, 20NORMURODOV SHOHBOZ, 11-grade cw
Sut emizuvchilarning tabiatda va inson hayotidagi roli. Sut emizuvchilarning tabiatdagi roli beqiyos katta. Ularning yavvoyi turini ham, xonaakilashtirilgan zotlari ham tabiatga, uning taraqqiyotiga ma`lum darajada ta`sir etadi. Hasharotxo`rlar, kemiruvchilar, yirtqichlar tabiatda yashab o`simliklarni kemiradi, bargi, poya va ildizmevalariniyeydi. Bo`ri kabi yirtqichlar esa kasal hayvonlarni yeb tabiat mutanosibligini saqlashda ba`zi kasalliklarni tarqalmaslikda katta rol o`ynaydi. Ular o`simliklarni yeb, go;ngi bilan yerni boyitadi. Yerqazar, sichqonlar esa tuproqni kovlab, uning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishida aktiv ishtirok etadi.
Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati ham juda katta. Uni bir necha qismga bo`lish mumkin. Masalan, mo`ynachilik, yiqichilik va chorvachilik sohalarida yetkazadigan foydasi hammaga ma`lum. Bizda ovlanadigan asosiy hayvonlar: olmaxon, suvsar, ondatra, qunduz, tulki, quyon, shimol bug`isi, yovvoyi cho`chqa, kiyik, alqor va boshqalar juda katta ahamiyatga ega. Ular turli maqsadlarda qimmatbao mo`ynasigo`shti, terisi, yog`I, juni, shoxi uchun ovlanadi.
Chorvachilik sohasidaqo`lga kiritiyotgan yutuqlarimiz yanada cheksiz. Bular yilqichilik, qoramolchilik, qo`ychilik, cho`chqachilik, echkichilik kabilardan iborat. CHorva mollaridan olinadigan bebaho mahsulotlar: sut, go`sht, yog`, teri, jun va boshqalar halqimizning boyligi hisoblanadi. Inson hayotini, turmushini bularsiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Hozirgi paytda jumhuriyatimizda chorva mollari zotini yanada yaxshilash, ko`paytirish, sermahsul zotlar yaratish uchun tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Mamlakatimizda va jumxuryatimizda maxsus qoramolchilik, yilqichilik, maynachilik xo`jaliklari, yirik chorvachilik fabrikalari tashkil qilinmoqda.
Sut emizuvchilarning roli beqiyos ekan, navbatdagi muhim vazifa ularni muhofaza qilish, qo,riqlash, ba,zi yovvoyi turlarini iqlimlashtirishdan iborat bo`lmog`I lozim. Ko`pgina qimmatli hayvonlarni noto`g`ri ovlash va shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish oqibatida ular butunlay yer yuzida yo`qolib ketdi. Masalan, Amerika bizonlari va Yevropa zubrlari deyarli butunlay yo`q bo`lib ketgan. Hozir ham ko`pgina qimmatli mushuksimonlar, karkidonlar, yirtqichlar, hatto odamsimon maymunlar ham kamayib ketgan.
Bizning vazifamiz ularning naqadar katta ahhamiyatga ega ekanligini aytib, yoshlarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashimiz kerak.
Фойдаланилган адабиётлар:



  1. Amirqulov N. Umumiy ekologiya. Toshkent, 2002 y.

  2. Mavlonov O. Zoologiya. 7 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

  3. To`raqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.

  4. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma`ruza matni. Samarqand, 2000 y.

  5. Hamdamov I.H. va boshqalar. Табиий фанлар zamonaviy konsepsiyasi. Тошкент, 2007 y.

  6. www.ziyonet.uz

Download 52.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 52.46 Kb.