Hayvonot olami




Download 52.46 Kb.
bet4/11
Sana15.03.2024
Hajmi52.46 Kb.
#172867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
b67de988-ba8e-45b9-af85-dade77051fc3
2 5456443301718667270, amaliyot shartnomasi, English A1 (1-topshiriq), Annaul-report-2022, Kurs ishi mavzu O‘zbek tilida fe’l nisbatlari-fayllar.org, Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (1), Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (2), 1 short newspaper articles on familiar topics, Nouns, osiyo taraqqiyot banki, Funksiyalari, 13710 1 6189F280D8C848877BD1427B4D7D754A1C5DCF4E, Mavzu Boshqaruv maqsadi va funksiyalari-fayllar.org, 20NORMURODOV SHOHBOZ, 11-grade cw
Baliqlar sinfil. Umurtqalilar kenja tipining jag`li bosh skeletlariga mansub eng katta sinfidir. Baliqlar butun xayoti davomida suvda yashab, jabralari orqali nafas oluvchi va suvda xarakatlanishiga moslashgan suv hayvonidir. Suvda baliqlarning xayoti uchun zarur bo`lgan erigan xoldagi kislorod organik va anorganik moddalar bo`ladi. Baliqlar tana xarorati beqaror bo`lgan sovuq qonli hayvonlardir. Baliqlarning gavdasi bosh, tana va dumdan iborat. Bundan tashqari ularning bir qancha shakldagi formalari: lentasimon, yapaloq, ilonsimon, va boshqalar bor. Baliqlarning tanasi suyak tangachalari bilan qoplangan. Har bir tangacha old chekkasi bilan teriga kirib turadi. Baliq o`sib kattalashgan sari tangachalar ham kattalashadi. Tangacha tashqi tomondan shilimshiq qavat bilan qoplangan. Shilimshiqni teri bezlari ajratadi. Shilimshiqni teri bezlari ajratadi. Shilimshiq baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va muhofaza qiladi.
Baliqlarning rangi terisining ostki qavatidagi pigmentlarga bog`liq, bu yashaydigan joyiga moslanishidir. Masalan: ochiq suvlarda yashaydigan baliqlarning usti ko`k, qorni kumush rang bo`lib, ular g`animining ko`ziga pastdan xam, tepadan xam yaxshi ko`rinmaydi. Bazi baliqlar, ayniqsa olabug`a tanasining rangi atrof- muxitga juda bog`liq bo`ladi. Suvning tubi qoramtir bo`lgan o`rmon ko`llarida u to`q rangli bo`ladi, bazan u yerlarda xatto juda qora olabug`alar xam uchraydi. Olabug`a ko`pincha suvdagi o`tlar orasida yashirinib oladi. Yon tomonlaridagi tikkasiga ketgan qora yo`lli yashil rangi uni bu yerlarda seziltirmaydi.
Baliqlar suzgich qanotlari yordamida xarakatlanadi. Ko`krak hamda qorni juft suzgich qanotlari burilish va gavdani muallaq tutib turish, dum suzgich qanoti esa boshqarish va oldinga harakat qilish vazifasini bajaradi, tok suzgich qanotlari aktiv harakatda kam ishtirok etib, muvozanat saqlab turishga qatnashadi. Baliqlarning ozig` turli- tumandir. Yosh baliqlar mikroskopik o`simlik va jonivorlar bilan, qizilqanot kabi baliqlar esa o`simlik hamda hayvonlardan iborat aralash oziq bilan ovqatlanadi.
Baliqlar turli katta-kichiklikda bo`ladi. Ularning Filippin orollarida tarqalgan eng kichigi 1 sm kattalikda bo`lib, eng kattasi kit akulasi 15 m gacha boradi. Bazi mayday baliqlar 1- 2 yil yashasa, kambala 60, beluga 100 yil yashaydi.
Baliqlar bir necha donadan bazi akulalar 300 mln gacha oybaliq uvildiriq tashlaydi. Bazi baliqlar tirik baliqlar tug`adi. Lekin ularning tuxum hujayrasi ko`pincha suv havzasining qurib qolishidan nobut bo`ladi lichinkasi va mayday baliqlari xam g`animlaridan qirilib ketadi. SHu sababdan ular o`z nasllarini saqlash uchun g`amxo`rlik qiladilar. Nasli haqida g`amxo`rlik qiladigan baliq turlari, odatda kam miqdorda uvildiriq tashlaydi, lekin ularning uvildirig`i, lichinkasi va mayda baliqlari bunchalik ko`p miqdorda nobud bo`lmaydi.
Baliqlarning o`z naslini saqlash ularga g`amxo`rlik qilishi juda qiziq. Masalan, uch ignali tikanbaliqning erkagi suvo`tlardan uya yasaydi va o`sha joyga urg`ochilari tashlagan uvildiriqlarni qo`riqlaydi. U tikanlarini yozib, uyaga yaqinlashayotgan baliqqa g`azab bilan tashlanadi, uyasini ifloslikdan tozalaydi. Ko`krak suzgich qanotlari yordamida u yerga toza suv haydaydi. Erkagi bir necha kun davomida mayda baliqlarni qo`riqlaydi va uning uyadan uzoqqa tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Baliqlarning suv yuzasida yashab, suv oqimi bilan birga oqadigan – harakat qiladigan turlari ham bor. Bularga ko`pincha karpsimonlar (sazan, tovonbaliq, leshch, qizilko`z va boshqalar ) kiradi.
Baliqlarning ahamiyati. Baliqlarning tabiatda va inson hayotidai roli juda katta. Baliqlar hamma suv havzalarida tarqalib, suv muhitini normal saqlashda, undagi o`simliklar uchun, tabiatda moddalar almashinuvida katta ro`l o`ynaydi.
Baliqlarni inson hayotida roli hammaga ma`lum. Jahon bo`yicha yiliga o`rta hisobda 50 mln. Tonnadan ortiq baliq ovlanadi. Oziqlik ahamiyatiga ko`ra bu miqdor 650 mln bosh qoramol podasiga to`g`ri keladi. Ovlanadigan baliqlardan sifatli oziq-ovqat, yog`, vitaminlar nolinadi. Chorva mollarini boqish uchun baliq uni olinadi, baliq sanoati chiqindilaridan o`g`it sifatida foydalaniladi.
Bizda 150 dan ortiq baliq turi ovlanadi. Eng ko`p ovlanadigan baliqlar seldsimonlar, kaprsimonlar, losossimmonlar, bakrasimonlar va boshqalar. Baliq go`shti va uvildirig`i sifati jihatidan kishilar sog`lig`ini mustahkamlashda, parhez ovqat sifatida muhim ahamiyatga ega. Baliq ovlash O`zbekistonda ham yil sayin taraqqiy etmoqda. Hozir qimmatli baliqlarni ovlash, ularning yashash zonasini saqlash va turlarini ko`paytirish choralari ko`rilmoqda.
Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi. Bu umurtqali hayvonlar tipining eng xarakterli sinfi hisoblanib, suv muhitidan quruqlikka chiqqan birinchi organizimlar qatoriga kiradi. Ularning hayoti suv bilan chambarchas bog`liqligi, shuningdek lichinkasining tuzilishi va yashash sharoiti mazkur hayvonlarning baliqlardan kelib chiqqanligini ko`rsatadi.
Suvda xam quruqda yashovchilar xam suvda, xam quruqlikda yashashi bilan harakterlanadi. Ularning tipik vakillari sifatida baqalar, har xil tritonlar, salamandralar, qurbaqalarni ko`rsatish mumkin. Bulardan baqa hamma joyda keng tarqalgan vakilidir. Ular zah yerlarda, botqoqliklarda, o`rmonlarda, o`tloqlarda, chuchuk suv havzalarida yoki suvda yashaydi.Baqalar turli hasharotlar, asosan, qo`ng`izlar va qo`shqanotlilar bilan oziqlanadi. Bazan o`rgimchaklarni, qorin oyoqli mollyuskalar esa mayday baliqlarni xam yeydi. Baqa pana joyda qimirlamay o`ljasini poylab yotadi. Baqalar yilning issiq vaqtida aktiv bo`ladi. Kuz kelishi bilan ular qishlashga ketadi. Qishni suv havzalari tubida o`tkazadi, yoki chuqurlarga kemiruvchilarning inlariga, tosh uyumlari tagiga yashirinib oladi. Baqaning muskul sistemasi baliqlarnikiga qaraganda ancha murakkab tuzilgan. Baqa faqat suvda suzmay, balki quruqlikda xam harakatlanadi. Ular uvildiriq qo`yish bilan ko`payadi. Urg`ochilari suvga baliq tuxumiga o`xshash uvildiriq qo`yadi. Erkaklari unga tarkibida spermatozoid bo`lgan suyuqligini tushiradi. Bir-
ikki hafta o`tgach har bir tuxumning qobig`I bo`rtib, tuxumdan baqa lichinkasi- itbaliq chiqadi. Itbaliqlar suv yuzasiga ko`tarilib havo yuta boshlaydi. Malum vaqtdan keyin dumi qisqarib ketadi. Ular qirg`oqqa chiqib, baqalar kabi hayvonot ozig`I bilan oziqlanadi.
Suvda ham quruqda yashovchilarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Suvda xam quruqda yashovchilarning tabiatdagi roli benihoya katta. Ular bazi mo`ynali hayvonlarga oziq bo`ladi. Masalan qora sassiqko`zan bilan norka yeydigan oziqning uchdan bir qismini baqalar tashkil etadi.O`rdaklar, turnalar, laylaklar, kabi ko`pgina foydali qushlar baqalar va itbaliqlar bilan oziqlanadi. Laqqa, cho`rtan, olabug`a kabi ovlanadigan baliqlarning xam yemishi baqalardir. Baqalar yozda quruqlikda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi, qishlash uchun suv havzalariga to`planadi. Ko`pgina suvda xaam quruqda yashovchilarning ozig`i kasalliklarni tarqatadigan va parazit chuvalchanglarning oraliq xo`jayini hisoblangan ikki qanotli hasharotlar va mollyuskalardir.

Download 52.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 52.46 Kb.