• Natijaviylik.
  • Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi.
  • Himoya tavsiya etilsin Fakultet dekani D. M. Nazarova “ ‘’ ’’2023-yil Pedagogika Fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi Talabaning ism familiyasi




    Download 209 Kb.
    bet2/7
    Sana31.05.2023
    Hajmi209 Kb.
    #68185
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    irodas mundarija
    shaxsning-psixik-jarayonlari-va-ularning-o-ziga-xos-xususiyatlari, bunisa 1 4, o-smirlik-davrida-xulq-atvor-motivatsiyasining-o-ziga-xosligi-va-motivatsiya, 1 maruza, 15. ATSQ 16x44 FI(arab) kechki 16x44, 2-semestr 2023-2024, 2701, TARIX FANI, dars, TAT YaN boshlangich talim, fatayevaaa(2), 3 ish, 1541147494 68119
    Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi zarur. Chunki ko‘rsatmadagi noaniqliklar mo‘ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Odam uchun tushinarli bo‘lgan "3-4 marta silkitilsin", "5-10 daqiqa qizdirilsin", "1-2 qoshiq solinsin", "tenglamalardan biri yechilsin" kabi noaniq ko‘rsatmalar robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bundan tashqari, ko‘rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko‘rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.
    Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak. YA’ni masaladagi boshlang‘ich ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo‘lishi kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha o‘zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab beraveradi. Yoki uchburchakning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uning yuzini hisoblab beraveradi.
    Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.

    Algoritmning tasvirlash usullari.


    Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
    Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.
    Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
    Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.

    Download 209 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 209 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoya tavsiya etilsin Fakultet dekani D. M. Nazarova “ ‘’ ’’2023-yil Pedagogika Fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi Talabaning ism familiyasi

    Download 209 Kb.