2.1.4 – jadval. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha
sug‘urta to‘lovlari (foiz)14
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sug‘urta mukofot va to‘lovlaridan ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi kattadir. Asosan yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p sug‘urta shartnomalar mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari bilan tuzganlar. 2008 yilgacha mukofot va to‘lovlardan majburiy sug‘urtaning ulushi 8 – 9 foiz orasida bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib 20 – 30 foizni tashkil etgan. Bunga sabab yuqorida aytib o‘tilgan majburiy sug‘urta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilinganidir.
Mamlakatimiz sug‘urta bozorida sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarini sug‘urta turlari bo‘yicha tahlil qilib chiqamiz. “SAIPRO” axborot reyting agentligining TOP-25 loyihasi bo‘yicha qatnashgan 21 dona sug‘urta kompaniyalari misolida ko‘rib chiqamiz. Ular quyidagi sug‘urta kompaniyalari: “Agro Invest Sugurta”, “ALSKOM”, “Asia Insurance”, “Asko Vostok”, “DD General Insurance”, “Euroasia insurance”, “Gross Insurance”, “Hamkor Sugurta”, “Ishonch”, “Kafil Sugurta”, “Kafolat”, “Kapital Sugurta”, “Madad”, “O‘zbekinvest Hayot”, “Silk Road Insurance”, “Sugurta uz”, “Temir Yo‘l Sugurta”, “Transinsurance Plus”, “Uzagrosugurta”, “Uzbekinvest” va “Xalq Sugurta”. 2012 yildagi TOP – 25 loyihasi ma’lumotlari asosida sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari strukturasi 2.1.5 – rasmda keltirilgan.
|