2.1.5 – rasm. Sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari strukturasi (foiz) (TOP – 25 loyihasi ma’lumotlari asosida)15
Yuqoridagi sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari ichidan ixtiyoriy mulk sug‘urtasi hamda majburiy sug‘urta eng ko‘p qismni tashkil etadi. 28,4 foiz turli ko‘rinishdagi ixtiyoriy sug‘urtadan yig‘ilgan. Sug‘urta mukofotlaridan eng kam miqdorda yig‘ilgani ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi hisoblanadi. Sababi mazkur sug‘urta turiga bo‘lgan talab pastligidandir. Tuqoridagi TOP – 25 loyihasi bo‘yicha respublikada ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining miqdori 2.1.6 – rasmda keltirilgan.
2.1.6 – rasm. Respublikada ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining hajm dinamikasi (mlrd so‘m)16
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlari miqdori yildan – yilga o‘smoqda. Shaxsiy sug‘urtada yig‘ilgan mukofotlar 2010 yil 8,8 mlrd so‘m va 2011 yilda 10 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilda esa 16,6 mlrd so‘mgacha chiqqan, mulkiy sug‘urtada 2010 yil 39,7 mlrd so‘m, 2011 yil 58,4 mlrd so‘m yig‘ilgan bo‘lib, 2012 yilda esa 71,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan. 2012 yil 2010 yilga nisbatan 1.8 marta oshganini ko‘rishimiz mumkin. Javobgarlik sug‘urtasida 2010 yil 4,4 mlrd so‘m, 2011 yil 6,9 mlrd so‘m va 2012 yil 8,5 mlrd so‘m jami sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan. Endi respublikada 2012 yilda TOP – 25 loyihasi ma’lumotlari asosida ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari miqdorini ko‘rib chiqamiz (2.1.7 – rasm).
|