|
– rasm. Sug‘urta to‘lovlari va mukofotlarining o‘sish
|
bet | 9/46 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #793 |
2.1.1 – rasm. Sug‘urta to‘lovlari va mukofotlarining o‘sish
dinamikasi (mlrd so‘m)11
Yuqoridagi diagrammada 2007 – 2012 yil ma’lumotlarini o‘zida mujassam etgan. 2007 yilda sug‘urta to‘lovlari 8,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib 45,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Sug‘urta mukofotlari ham yildan yilga oshganini ko‘rishimiz mumkin. 2007 yil sug‘urta mukofotlari 73,6 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilda 285,9 mlrd so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan. Bunga sabab sug‘urtaga bo‘lgan talabning oshishi va 2008 yilda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, 2009 yilda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, 2008 yil 10 dekabrda “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqidagi 271-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganligidir.
Sug‘urta mukofotlari va sug‘urta to‘lovlari orasidagi nisbat sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasini ifodalaydi. Ya’ni sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasi sug‘urta mukofotlarining to‘lovlarga nisbatini bildiradi. Zararlilik darajasining yillar bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin (2.1.2 - rasm).
|
| |