2.2.2 – rasm. OAJ “ALSKOM” sug’urta kompaniyasining sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining solishtirma tahlili (mln so‘m)23
Ushbu rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, sug‘urta mukofotlarining ko‘p qismi mulk sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi. Shaxsiy sug‘urtada sug‘urta mukofotlari hajmi 2009 yil 2008 yilga nisbatan 155,9 mln so‘mga tushib ketgan. Keyinchalik 2010 va 2011 yillarda shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofoti o‘sgan. Sabab shaxsiy sug‘urtaga bo‘lgan talabning oshishidir. Mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining hajmi oshganini ko‘ramiz. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol – mulklarini sug‘urtalab qo‘yishgan. Bunga sabab mulk qiymati yuqori bo‘lganligi uchun uni yo‘qotilish, biror hodisa natijasida shikastlanish darajasi va tavakkalchiligi yuqori bo‘lganligi uchun sug‘urtaga bo‘lgan talab oshgan. Mulk sug‘urtasida sug‘urta mukofotlari 2009 yilda oldingi yilga nisbatan 608.2 mln so‘mga, 2010 yil 1019.1 mln so‘mga, 2011 yil 1884,1 mln so‘mga ko‘paygan. Sug‘urta mukofotlarida eng kam ulush javobgarlik sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi O‘zbekiston sug‘urta bozorida javobgarlik sug‘urtalash hal qiluvchi ahamiyatga ega emasligi. Shuni hisobga olgan holda, javobgarlikni sug‘urtalash turlarini salohiyatli sug‘urtalovchilar jozibadorligini oshirish maqsdida sug‘urta nazorat davlar inspekiyasi tomonidan maxsus dasturlar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Sug‘urtalovchilarga, shu jumladan OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasiga javobgarlikni sug‘urtalash bo‘yicha marketing ishlarini jonlantirishni taklif etamiz.
Majburiy sug‘urtada sug‘urta mukofoti hajmi 2009 yilda 2008 yilga nisbatan 2270.1 mlnga o‘sishni qayd etdi. Bunga sabab 2008 yil 21 fevralda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Resoublikasi Qonuni qabul qilingani bo‘ldi.
Kompaniya har yili sug‘urta davolari asosida sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirib keladi. 2011 yilda Kompaniya tomonidan to‘langan sug‘urta to‘lovlarining miqdori 839 mln so‘mni tashkil etgan. Sug‘urta to‘lovlari ichidan transport sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari eng ko‘p qismni tashkil etadi (2.2.3 – rasm).
|