|
IT xizmat ko‘rsatishda professional javobgarlik sug‘urtasi
|
bet | 25/46 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #793 |
5. IT xizmat ko‘rsatishda professional javobgarlik sug‘urtasi. Sug‘urta ob’ekti – Rossiya Federatsiyasi qonunlariga zid bo‘lmagan holda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish doirasida o‘zining majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlik risklari bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urtalanuvchining mulkiy manfaatlaridir.
Sug‘urta riski – uchinchi shaslarning mulkiy manfaatlariga zarar yetishi natijasida yuzaga keladigan quyidagi sabablardir:
-
Lavozim/shartnomaviy majburiyatlarini bajarayotganda yuzaga kelayotgan professional xatoliklar, bundan tashqari, auditorlik xizmat ko‘rsatishdagi, tashkilot faoliyatini turli ko‘rinishdagi iqtisodiy – huquqiy jihatdan ta’minlayotganda.
-
Lavozim/shartnomaviy majburiyalatlarini bajarayotganda ma’lum aloqalarni o‘rnatishda maxfiy ma’lumotlarni, tijorat sirlarini, maxfiy hujjatlarni beg‘araz oshkor qilinishi natijasida vakolatlaridan mahrum bo‘lishi yoki ishdan haydalashi.
6. Aloqa vositalari, bino va hududlardan foydalanishda fuqarolik javobgarlik sug‘urtasi. Sug‘urta ob’ekti – uchinchi shaxs oldida fuqarolik javobgarligi: mulkdan (bino, hudud, uskunalar) foydalanish jarayonida zarar yetkazishi hamda uchinchi shaxsning zarar ko‘rishiga sabab bo‘lsa. (masalan, yong‘in chiqishi, avariya, buzilishi).
Sug‘urta riski –sug‘urtalovchining bino/imorat/boshqa mulkdan foydalanish jarayonidan ataylab qilinmagan xatolari va yuridk va jismoniy shaxslarning mol – mulkiga zarar yetkazishi natijasida zarar ko‘rishi.
|
| |