Aloqa operatorlari va internet provayderlar faoliyatida sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishni ustivor yo‘nalishlari




Download 0,85 Mb.
bet27/46
Sana21.03.2017
Hajmi0,85 Mb.
#793
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
3.2. Aloqa operatorlari va internet provayderlar faoliyatida sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishni ustivor yo‘nalishlari

Mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida sug‘urtalashning o‘rni kattadir. Majburiy va ixtiyoiy sug‘urta turlarining keng qamrovligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu, o‘z o‘rnida sug‘urtaning rivojlanishiga va omma orasida keng ko‘lamda tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizda sug‘urta tizimi yildan – yilga rivojlanmoqda. Fuqarolarning sug‘urtaga bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli ko‘rinishdagi risklarning mavjudligi, tadbirkorlik sub’ektlarning zarar ko‘rish ehtimolligi yuqoriligi sababli sug‘urtaga bo‘lgan talab oshmoqda. Sug‘urta kompaniyalari yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda, o‘zlarining turli ko‘rinishdagi sug‘urta turlarini taklif qilmoqdalar. Yuqoridagi talab va taklif natijasida sug‘urta munosabatlari vujudga kelmoqda.

Dunyoda axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida axborot almashish tezligi oshib bormoqda. Axborotga bo‘lgan talab oshishi sababli aloqa korxonalari o‘zlarining xizmatlari orqali ushbu talablarni qondirishga harakat qilmoqdalar. Aloqa korxonalari orasida aloqa operatorlari hamda internet provayderlar ham aloqa va axborotga bo‘lgan talabni inobatga olib o‘zlarining xizmatlarini taklif etishmoqda. Aloqa operatorlari va internet provayderlari faoliyati ham yildan – yilga rivojlanib, taraqqiy etib boryapdi. Ularning faoliyati tavakkalchilikka asoslanganligi sababli, sug‘urtaga talab bo‘lishi tabiiydir. Sababi ularga axborot ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan aloqa uskunalarini keltirish, sozlash, o‘rnatish qimmatga tushishini yuqorida ham keltirib o‘tdik. Bundan tashqari yuqorida keltirib o‘tilgan risklari ham mavjudligini inobatga olgan holda ushbu risklani sug‘urtalash maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Hozirgi kunda “O‘zbektelekom” AKning “Uzmobile” hamda “Biznesni rivojlantirish markazi” filiallari tomonidan aloqa uskunalarini sug‘urtalash, axborot risklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta munosabatlari keng yo‘lga qo‘yilmagan. Yuqoridagi risklar moliyaviy qiymatliklarga ega bo‘lib, ularning yo‘qolishi, tabiiy ofatlar, harbiy holatlar va xodimlarning e’tiborsizligi natijasida ishdan chiqishi, kerakli axborotlarning yo‘qolishi, kompyuter hujumlari va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lishi mumkin. Bu esa xizmat ko‘rsatish sifati pasayishiga, abonentlar soni kamayishiga, korxona daromadlarining bir qismi yo‘qolishi hamda korxona obro‘sining tushishiga olib keladi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib aloqa operatorlar va internet provayderlar faoliyatida sug‘urta munosabatlarini keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:


  • axborot risklari sug‘urta turlarini takomillashtirish (Sug‘urta tashkilotlari);

  • axborot risklarini baholash bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish (Baholovchi tashkilotlar);

  • aloqa vositalardan foydalanishda xodimlarning kasbiy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta turini joriy qilish ( OAJ “ALSKOM” SK);

  • aloqa operatorlari va internet provayderlarining xodimlarini ixtiyoriy shaxsiy tibbiy sug‘urta qildirish (“O’zbektelekom” AK “Uzmobile” va “BRM” filiallari).

Hozirgi kunda aksariyat sug‘urta kompaniyalarda axborot risklari sug‘urtasi turi mavjud emas. Faqatgina OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasida bu sug‘urta turini uchratishimiz mumkin. Bu sug‘urta turidan asosan banklar foydalanib kelmoqdalar.

Aloqa operator va internet provayderlar xizmatlaridan foydalanayotgan abonentlarning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lib, unda abonentning hisobidagi pul mablag‘lari qoldig‘i, tarif rejasi turi va boshqa ma’lumotlar jamlangan. Bundan tashqari operator va provayderlarning veb saytlari orqali abonentlar turli tarif rejalar haqida ma’lumot olishlari, boshqa tarif rejalasiga o‘zgartirishlari, ro‘yxatdan o‘tib ushbu kompaniyalarning abonentlariga aylanishlari va shunga o‘xshash turli interaktiv xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu ma’lumotlar bazasi aloqa operatorlari uchun ham, internet provayderlari uchun ham qiymati yuqori baholanadigan mulki hisoblanadi. Axborot xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishiga qaramasdan kompyuter hujumlari uchrab turibdi. Kompyuter hakkerlari tomonidan turli hujumlar natijasida ma’lumot bazasi o‘chib ketishi, abonentlarning hisoblaridagi pullar o‘g‘irlanishi va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bundan operatorlar va provayderlar katta zarar ko‘radi. Buning uchun aloqa operator va provayderlar axborot risklar sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta munosabatlarga kirishishlari lozim bo‘ladi. Shuning uchun sug‘urta kompaniyalari ushbu sug‘urta turini reklama va marketing tadqiqotlar orqali takomillashtirishlari kerak bo‘ladi.

Axborot risklarini sug‘urta qilish sohasida baholovchilar tomonidan axborotning qiymatini baholashda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Birinchi sababi sababi sxborot risklarini baholash metodikasi va shunga doir me’yoriy hujjatlarning mavjud emasligi, ikkinchisi esa baholovchi tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning axborot sohasida yetarli malakaga ega emasliklaridir. Buning uchun axborotning qiymatini baholash bo‘yicha me’yoriy hujjat va maxsus dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Aloqa korxonalarining har bir xodimi axborot ishlab chiqarishda va xizmatlar ko‘rsatishda bevosita ishtirok etadi. Aloqa korxonalarining texnik xodimlari aloqa uskunalaridan foydalanish chog‘ida ehtiyotsizligi oqibatida aloqa uskunalariga shikast yetishi yoki ishdan chiqishi mumkin. Buning natijasida korxonaning ma’lum xarajatlari ko‘payishiga olib keladi. Texnik xodimlar esa korxona rahbariyati va abonentlari oldida javobgar bo‘ladi. Bunday holatni kamaytirishda maqsadida aloqa vositalar ekspluatatsiya qilish jarayonida qatnashayotgan xodimlarning professional javobgarligini sug‘urta qilish talab etiladi va bu esa yangi sug‘urta turini joriy qilinishiga olib keladi.

Yuqoridagi keltirilgan takliflar o‘rganib ko‘rib chiqilsa hamda joriy qilinsa, axborot kommunikatsiya sohasida, shuningdek aloqa korxonalari faoliyatida sug‘urta munosabatlari rivojlangan va sug‘urta tashkilotlarning sug‘urta zaxirasi ko‘paygan bo‘lar edi. Bozorda o‘z o‘rnini saqlab qolish, raqobatbardosh xizmatlar ko‘rsatish va katta mijozlar sektoriga ega bo‘lish bugungi kunda har bir korxonaning maqsadidir. Ushbu maqsadlarga erishishda korxona o‘z bor kuch-salohiyatini ishga solishi, sug‘urta imkoniyatlaridan keng foydalanishi va mijozlarini ham bunga moslashtira olishi darkor.

Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarning amalga oshirilishi aloqa xizmatlari samaradorligini ortishiga, innovastion jarayonlarni tezlashtirishga hamda xodimlarni malakaviy saviyasi va moddiy manfaatdorligini ortishiga, soha menejmentini takomillashtirish va raqobat muhitini ta’minlash imkonini beradi.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorida rivojlanish imkoniyatlari yaratilayotganligi va mazkur sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yaqin kelajakda sug‘urtaning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini sezilarli darajada oshishidan dalolat bermoqda. Bu esa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda, O‘zbekiston sharoitida uni yumshatishda yordam beradi.


Download 0,85 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa operatorlari va internet provayderlar faoliyatida sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishni ustivor yo‘nalishlari

Download 0,85 Mb.