|
Axborot texnologiyasi sohasida professional javobgarlik sug‘urtasi
|
bet | 24/46 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #793 |
3. Axborot texnologiyasi sohasida professional javobgarlik sug‘urtasi. Sug‘urta ob’ekti – Rossiya Federatsiyasi qonunlariga zid bo‘lmagan holda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish doirasida o‘zining majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlik risklari bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urtalanuvchining mulkiy manfaatlaridir.
Sug‘urta riski – uchinchi shaslarning mulkiy manfaatlariga zarar yetishi natijasida yuzaga keladigan quyidagi sabablardir:
-
Lavozim/shartnomaviy majburiyatlarini bajarayotganda yuzaga kelayotgan professional xatoliklar, bundan tashqari, auditorlik xizmat ko‘rsatishdagi, tashkilot faoliyatini turli ko‘rinishdagi iqtisodiy – huquqiy jihatdan ta’minlayotganda.
-
Lavozim/shartnomaviy majburiyalatlarini bajarayotganda ma’lum aloqalarni o‘rnatishda maxfiy ma’lumotlarni, tijorat sirlarini, maxfiy hujjatlarni beg‘araz oshkor qilinishi natijasida vakolatlaridan mahrum bo‘lishi yoki ishdan haydalishi.
4. Ish beruvchining javobgarlik sug‘urtasi. Sug‘urta ob’ekti – Sug‘urtalanuvchining mulkiy manfaatlari sug‘urta ob’ekti hisoblanadi. Ishchilarning majburiyatlarini bajarayotgan paytda vafot etishi, zarar ko‘rishi, kasb kasalligiga chalinishi, sog‘lig‘iga zarar yetishi hamda mol – mulkiga zarar yetishi natijasida ish beruvchi RF fuqarolik qonunlariga muvofiq moddiy javobgar hisoblanadi.
Sug‘urta riski – Sug‘urtalanuvchining lavozim majburiyatlarini bajarish jarayonida ishchilarning hayoti/sog‘lig‘i va/yoki mol – mulkiga zarar yetishiga sabab bo‘lishi.
|
| |