IV. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI




Download 0,85 Mb.
bet28/46
Sana21.03.2017
Hajmi0,85 Mb.
#793
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
IV. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

4.1. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari

Xozirgi zamon ishlab chiqarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‘plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida–aloxida xavfsizlik talablari ishlab chiqarilgan. Shu boisdan bo‘lg‘usi kadrlarni tayyorlashda hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini ma’ruza matnida bayon etish lozim. Hayot faoliyat xavfsizligi fanini o‘rganishda texnik, fizik-kimyoviy, tibbiy, biologik, qishloq xo‘jaligi, xuquqiy va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslanish zarur. Xalq xo‘jaligining texnik jihatdan takomillashtirish, mexanizastiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlar bilan ta’minlash, yangi turdagi energiyalardan foydalanish, qishloq xo‘jaligini kimyoviy mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash va boshqa mehnat tizimida ham sifat ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishini ta’minlash kerak. Inson mehnat faoliyati jarayonida salomatlikka yomon ta’sir ko‘rsatadigan faktorlarga duch keladi, ushbu faktorlarni insonga ta’sir darajasini baholash maqsadida chegaradagi ro‘xsat etilgan daraja yoki aralashma tushunchasi kiritilgan. Bu daraja miqdori yuqori bo‘lsa, odam organizmida faoliyat vujudga keladi va kasb kasalligiga uchraydi. Shunday qilib, hayot faoliyat xavfsizligi fani barcha qonunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy-iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‘lib insonni ishga qobiliyatligini, sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish muhiti mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.

Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.

Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: engil jismoniy ishlar (I kategoriya)–o‘tirib, tik turib yoki yurish bilan bog‘liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo‘riqish yoki yuklarni ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.S) ni tashkil etadi. Bunga radio qisimlarini yig‘ish korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.

O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar (II kategoriya)–soatiga 150-250 kkal (172-293 J.S) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Masalan, mexanik-yig‘uv, payvandlash stexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.

Og‘ir jismoniy ishlar (III kategoriya)–muntazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfisoatiga 250 kkal (293 J.S) dan yuqori bo‘ladi. Bundayishlartemirchilik, quyuvvaboshqa qatorstexlardabajariladi.

Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reakstiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini ta’minlaydigan miqroiqlim ko‘rsatgichlarining yig‘indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo‘tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o‘zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reakstiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko‘rsatgichlarining yig‘indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘tadil issiqlik sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ishqobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 4.1.1, 4.1.2 – jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 4.1-jadvalda keltirilgan miqdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan issiqlik ko‘p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo‘l qo‘yiladigan normalarga (4.1.1, 4.1.2 – jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo‘yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.





Download 0,85 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Download 0,85 Mb.