Sug‘urta mukofotlari
|
Sug‘urta to‘lovlari
|
№
|
Kompaniya
|
Bozordagi ulushi
|
№
|
Kompaniya
|
Bozordagi ulushi
|
1
|
Uzagrosugurta
|
19,9%
|
1
|
Asia Insurance
|
26,8%
|
2
|
Uzbekinvest
|
18,6%
|
2
|
Uzagrosugurta
|
19,2%
|
3
|
Asia Insurance
|
12,9%
|
3
|
Uzbekinvest
|
15,9%
|
4
|
Kafolat
|
9,0%
|
4
|
O‘zbekinvest Hayot
|
10,9%
|
5
|
Transinsurance Plus
|
7,6%
|
5
|
Kafolat
|
6,2%
|
6
|
Kapital Sugurta
|
5,9%
|
6
|
Kapital Sugurta
|
5,7%
|
7
|
ALSKOM
|
5,5%
|
7
|
Transinsurance Plus
|
5,7%
|
8
|
Temir Yo‘l Sugurta
|
4,8%
|
8
|
ALSKOM
|
2,7%
|
9
|
O‘zbekinvest Hayot
|
3,1%
|
9
|
Agro Invest Sugurta
|
2,5%
|
10
|
Agro Invest Sugurta
|
1,9%
|
10
|
Xalq Sugurta
|
1,2%
|
11
|
Xalq Sugurta
|
1,8%
|
11
|
Temir Yo‘l Sugurta
|
0,8%
|
12
|
Ishonch
|
1,5%
|
12
|
Ishonch
|
0,7%
|
13
|
Sugurta uz
|
1,5%
|
13
|
Euroasia insurance
|
0,5%
|
14
|
Gross Insurance
|
1,2%
|
14
|
DD General Insurance
|
0,4%
|
15
|
Kafil Sugurta
|
1,0%
|
15
|
Sugurta uz
|
0,3%
|
16
|
Euroasia insurance
|
1,0%
|
16
|
Silk Road Insurance
|
0,2%
|
17
|
Asko Vostok
|
0,8%
|
17
|
Asko Vostok
|
0,2%
|
18
|
DD General Insurance
|
0,7%
|
18
|
Madad
|
0,1%
|
19
|
Silk Road Insurance
|
0,7%
|
19
|
Kafil Sugurta
|
0,1%
|
20
|
Hamkor Sugurta
|
0,4%
|
20
|
Hamkor Sugurta
|
0,1%
|
21
|
Madad
|
0,3%
|
21
|
Gross Insurance
|
0,0%
|
2012 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari orasida sug‘urta mukofoti bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” DASK sug‘urta bozorida yetakchilik qilmoqda. Ushbu kompaniya eng ko‘p sug‘urta mukofotlarini jamlagan va bozordagi ulushi 19,9 foizni tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda “O‘zbekinvest” MEISK turadi va bozordagi ulushi 18,6 foizni tashkil etadi. Sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha “Asia Insurance” sug‘urta kompaniyasi bozorda yetakchilik qilmoqda va bozordagi ulushi 26,8 foiz bo‘lgan. “O‘zagrosug‘urta” DASK bozordagi ulushi 19.2 foiz, “O‘zbekinvest” MEISK esa 15.9 foizni tashkil etadi. OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi yetakchi 10 ta sug‘urta kompaniyalari qatoriga kiradi. Sug‘urta mukofoti bo‘yicha bozordagi ulushi 5,5 foizni, to‘lovlar bo‘yicha esa 2,7 foizni tashkil qiladi.
Sug‘urta kompaniyalar tashkil etilishining moliyaviy asosi ustav kapitali hisoblanib, u turli yo‘llar bilan shallantiriladi. Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitalini shakllantirishva ularning miqdori bo‘yicha me’yoriy huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 31 may 2011 yildagi 1544 – sonli qaroriga muvofiq sug‘urta kompaniyalarning ustav kapitalining minimal miqdori 2.1.2 – jadvalda keltirilgan.
2.1.2 – jadval
Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitalining eng minimal miqdori
(ming yevro)20
Sug‘urta faoliyati turlari
|
2012 yil 1 iyuldan
|
2014 yil 1 iyuldan
|
Umumiy sug‘urta sohasida
|
1 125,0
|
1 500,0
|
Hayotni sug‘urtalash sohasida
|
1 500,0
|
2 000,0
|
Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha
|
2 250,0
|
3 000,0
|
Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha
|
5 000,0
|
6 000,0
|
Ushbu qarorda sug‘urtalovchilarning ustav kapitalining minimal miqdori belgilab berildi. 2012 yil 1 iyuldan boshlab umumiy sug‘urta sohasi bilan shug‘ullanishi uchun 1125 ming yevro, hayotni sug‘urtalash sohasida shug‘ullanish uchun 1500 ming yevro, majburiy sug‘urta bilan shug‘ullanish uchun 2250 ming yevro ustav kapital minimal miqdori bo‘lishi kerak. 2012 yil 1 – yanvar holatiga ko‘ra respulika jami sug‘urtalovchilarning umumiy ustav kapitali 111,9 mlrd so‘m va 71,6 mln AQSH dollar bo‘lgan. Oldingi yilga nisbatan 121,1 foizga o‘sgan. 2007 yillar bilan solishtirilganda respublika sug‘urtalovchilarning umumiy ustav kapitalining miqdori 5,1 marta o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. (2.1.9 – rasm).
2.1.9 – rasm. Sug‘urtalovchilarning ustav kapitalini umumiy miqdorini o‘sish dinamikasi21
2011 yil yakunlariga ko‘ra ustav kapital hajmini shakllantirish bo‘yicha sug‘urta bozori yetakchilari – “O‘zbekinvest” MEISK – 60 mln AQSH dollar, so‘m ko‘rinishida – “Kafolat” DAKS – 8,2 mlrd so‘m va “Alfa invest” YAJ – 7,5 mlrd so‘m hisoblanadi.
Ustav kapitali miqdori bo‘yicha sug‘urtalovchilar quyidagicha taqsimlanadi:
1 – guruh – 1,0 mln yevro ekvivalent summagacha – 18,9 % (7 ta sug‘urtalovchilar);
2 – guruh – 1,0 dan 1,5 mln yevro ekvivalent summasigacha – 21,6 % (8 ta sug‘urtalovchilar);
3 – guruh – 1,5 mln yevro ekvivalent summasidan yuqori – 59,5 % (22 ta sug‘urtalovchilar).
OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining ustav kapitali 2011 yilda 3,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shunday qilib, ushbu bobning birinchi qismida O‘zbekiston sug‘urta bozorining mavjud holatini, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarini, to‘langan sug‘urta to‘lovlarini, ulardan qancha qismi majburiy sug‘urtaga, qancha qismi esa ixtiyoriy sug‘urtaga tegishliligini, sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitalini o‘sishini ko‘rib chiqdik. Bundan ma’lum bo‘ladiki, mamlakatimiz sug‘urta tizimi yildan – yilga rivojlanib borayotganligini, sug‘urta sohasida olib borilayotgan islohotlarni samara berishini ko‘rishimiz mumkin.
2.2. Aloqa operatorlari va internet provayderlari foydalanayotgan
sug‘urta turlarining tahlili
Aloqa sohasida korxona va tashkilotlar uchun “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Xususan aloqa operatorlar va internet provayderlariga ham. Bitiruv malakaviy ishimning tadqiqot ob’ekti bo‘lganligi sababli ushbu kompaniya haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi mamlakatimizdagi yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biridir. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, kompaniya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatadigan sub’ektlarni sug‘urtalash orqali kompleks himoya qilishga ixtisoslashgandir. Kompaniya 1996 yil sentabrda tashkil qilingan. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziya asosida umumiy sug‘urta sohasining 12 dona sug‘urta klasslari bo‘yicha 50 dan ortiq turli ko‘rinishdagi ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Hozirgi kunda OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi sug‘urta turlar 3 – ilovada keltirilgan.
O‘tgan vaqt mobaynida kompaniya o‘zini aloqa korxonalari manfaatlarining himoyachisi va ishonchli hamkori sifatida namoyon qildi, axborot-kommunikatsiya sub’ektlari faoliyatiga xos bo‘lgan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda boshqarishga doir samarali tizim ishlab chiqildi.
Endi kompaniyaning sug‘urta turlarini tahlil qilib chiqamiz. OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining sug‘urta mukofotlari va to‘lovlarining taqqoslama tahlili 2.2.1 – rasmda ko‘rsatilgan.
|