– rasm. OAJ “ALSKOM” SK tomonidan 2011 yilda jami to‘langan sug‘urta to‘lovlari miqdori (foiz)




Download 0,85 Mb.
bet18/46
Sana21.03.2017
Hajmi0,85 Mb.
#793
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
2.2.3 – rasm. OAJ “ALSKOM” SK tomonidan 2011 yilda jami to‘langan sug‘urta to‘lovlari miqdori (foiz)24

Transport sug‘urtasining sug‘urta to‘lovlari ko‘p qismini tashkil etilishiga sabab, transport vositasi bilan bog‘liq sug‘urta hodisalarining ko‘p bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bundan keyingi o‘rinlarda shaxsiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlari turadi. Uning ulushi 37 foizni tashkil etgan. Qolganlari mulkiy va bank sug‘urtasi hisoblanadi.

OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining AKT sohasida amalga oshirayotgan ishlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. OAJ “ALSKOM” kompaniyasi ishlab chiqilgan o‘z rivojlanish konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, faoliyatini jadal yuksalib borayotgan axborot-kommunikatsiya sohasidagi talablarga javob beradigan yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qaratmoqda. Misol uchun, “Biznesni rivojlantirish markazi”, “Uzmobile” kompaniyalarining baxtsiz hodisalardan o‘zini sug‘urta qiladigan abonentlari uchun yangi xizmat ko‘rsatish shakllari qo‘llanilmoqda. Shuningdek, elektron raqamli imzodan foydalanuvchilarni ham sug‘urtalash orqali himoya qilishni taklif etish mo‘ljallanmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu sohaga xos yangi-yangi tavakkalchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Bu borada tavakkalchiliklar sonining ko‘payishi bevosita iqtisodiyot yoki alohida tarmoqning rivojlanish sur’ati bilan uzviy bog‘liqdir.

Ijtimoiy so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, soha sub’ektlarining 73 foizi tavakkalchiliklarning tashqi omillarini xavfli deb hisoblasa, qolgan 27 foizi ichki omillar, xususan, xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyati, pul muomalasi va boshqaruvning xavfliroq ekanini qayd etadi. Bu esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sub’ektlari faoliyatini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qodir zamonaviy sug‘urta tizimini shakllantirishni talab qilmoqda.

Mobil aloqa, internet provayderlar va boshqa sub’ektlarning mijozlar bazasini kengaytirish uchun ularning abonentlarini sug‘urtalash mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalishda yetakchi internet-provayder – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Biznesni rivojlantirish markazi” filiali bilan internet kartalaridan foydalanuvchilar sog‘lig‘i va hayotini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash orqali faol hamkorlik amalga oshirilmoqda.

“Uzmobile” uyali aloqa operatori abonentlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida to‘lov muddatini uzaytirish sharti bilan sotib olingan mobil va ko‘chmas aloqa apparatlari uchun qolgan mablag‘ni to‘lamaslikdan sug‘urtalash dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. Shu kungacha 54 ta holat yuzasidan sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi.

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish uchun “Yagona oyna” prinsipi bo‘yicha ishlaydigan operatorlik punktlarini bosqichma-bosqich tashkil qilmoqda. Ayni paytda abonentlarni kompleks ravishda sug‘urta qilishning yangi shaklini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekistonning axborot-kommunikatsiya sohasi innovatsion rivojlanish yo‘lida samarali yuksalmoqda va bu sug‘urta munosabatlarini ham rivojlantirishga alohida yondashishni talab etmoqda. Shuning uchun OAJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi istiqboldagi o‘z rivojlanish dasturida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi. Birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tender savdolarini o‘tkazish va ishonchli qayta sug‘urtalash mexanizmini yaratish yo‘li bilan davlat manfaatlariga javob beradigan narxi qimmat ob’ektlarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta bozori segmentini imkon qadar o‘zlashtirishdir. Keyinchalik sohaga jalb etiladigan investitsion loyihalarni sug‘urta qilish mexanizmini yaratish va joriy etish zarur. Axborot-kommunikatsiya sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat nazorati o‘rniga muqobil sug‘urtalash uslublarini bosqichma-bosqich joriy qilish, ya’ni axborot-kommunikatsiya sohasini litsenziyalash va texnik boshqarish bo‘yicha amaldagi mexanizmni optimal sug‘urta uslublari bilan bosqichma-bosqich almashtirish lozim.

Mobil aloqa operatorlari va internet provayderlar faoliyatini rag‘batlantirish hamda ularning abonentlari sonini ko‘paytirish uchun ularning abonentlarini sug‘urtalash xizmatlarini yanada kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun yangi sug‘urta xizmatlarini ishlab chiqish va joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, hayotni uzoq muddatli hamda jamg‘arib boriladigan sug‘urtalash hamda boshqalar shular jumlasidandir.

“O‘zbektelekom” AK ning “Uzmobile” va “Biznesni rivojlantirish markazi” filiallari hozirgi kunda sug‘urta munosabatlarda bevosita qatnashib kelmoqdalar. Ushbu kompaniyalar OAJ “ALSKOM” SK ning mijozlari hisoblanadi. “O‘zbektelekom” AK filiali “Uzmobile” aloqa operatori va “Biznesni rivojlantirish markazi” internet provayderi 2012 yilda ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turi bo‘yicha OAJ “ALSKOM” SK bilan sug‘urta munosabatlarni o‘rnatganlar. “O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filialining ixtiyoriy va majburiy sug‘urtadan sug‘urta summasi 7, 467 mlrd so‘mni tashkil qilsa, “O‘zbektelekom” AK “Biznesni rivojlantirish markazi” filialining sug‘urta summasi 9, 784 mlrd so‘mni tashkil etadi. (2.2.4 – 2.2.5 – rasmlar).




Download 0,85 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– rasm. OAJ “ALSKOM” SK tomonidan 2011 yilda jami to‘langan sug‘urta to‘lovlari miqdori (foiz)

Download 0,85 Mb.