Aholi va hududlarni texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish




Download 0,85 Mb.
bet7/46
Sana21.03.2017
Hajmi0,85 Mb.
#793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
1.2. Aloqa operatorlari va internet provayderlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning manfaatlarini sug‘urtalash zarurligi

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida xizmat ko‘rsatish soha va tarmoqlar jadallik bilan rivojlanib bormoqda. 2012-yilda xizmat ko‘rsatish sohasi ham yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sdi, ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda aloqa sohasida bir qator ishlar amalga oshilayotganligi tufayli ham ushbu soha yildan yilga rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda xizmatlarning yuqori texnologiyalarga asoslangan va bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan turlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash xizmatlari 18 foizga, texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish 17 foizga, moliya-bank xizmatlari 17,6 foizga o‘sdi.

Aholini aloqa va axborotga bo‘lgan talabini qondirishda aloqa korxonalarining o‘rni kattadir. Ular orasida aloqa operatorlari va internet provayderlarining o‘rni ham yuqori hisoblanadi. Aloqa operatorlari va internet provayderlarining faoliyati bilan qichqacha to‘xtalib o‘tsak.

Aloqa operatori AKT sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hamda xalq xo‘jaligi sohalaridan biri hisoblanadi. Aloqa operatori – Elektr va (yoki) pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. O‘zbekiston Respublikasi “Telekommunikatsiya to‘g‘risida” gi Qonunda telekommunikatsiya operatoriga quyidagicha ta’rif berilgan: “Telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) – mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs”7.



Aloqa operatorlarining ishlab chiqarish korxonalaridan farqi shundaki, ulardagi mehnat predmeti ashyoviy bo‘lmaydi. Aloqa operatorlari faoliyatini rivojlanishi mamlakatning milliy daromadini oshirishga va butun xalq xo‘jaligini samarali ishlashiga turtki bo‘ladi. Shu bilan birga, aloqa operatorlari aholi va ishlab chiqarish sohasidagi barcha axborotlarni uzatishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Aloqa operatorlarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Noashyoviy xususiyati. Aloqa operatorlari axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Axborot esa noashyoviy xususiyatga ega. Noashyoviy deganda, mahsulot mavjud, lekin uni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi.

  2. Aloqa xizmatlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayoni uzluksizdir. Aloqa operatorlarida ishlab chiqarish jarayonida buzilishlarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu harakatdagi aloqaning turli sabablarga ko‘ra to‘xtashidir. (chiziqlardagi uzilishlar, stansion qurilma ishidagi buzilishlar, elektr ta’minotining ishgdan chiqishi va boshqalar). Bu holda ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi, ya’ni iste’molchi mahsulotni iste’mol qila olmaydi.

  3. Aloqa operatorlarida tarmoqning yagonaligi. Shaharlararo ma’lumot uzatish bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonida turli shahar va tumanlarda joylashgan bir necha aloqa korxonalari qatnashadi. Shuning uchun aloqa sohasida yagona texnik siyosat yuritish va aloqani barcha ko‘rinishlari bo‘yicha yagona ekspluatatsion qoidalarni kiritish juda zarurdir. Ishlab chiqarish jarayonida bir nechta aloqa korxonalarining qatnashishi sababli pullik xizmatlardan tushgan daromadlarushbu korxonalar orasida qayta taqsimlanadi.

  4. Aloqa xizmatlarida bo‘lgan talab yuklamasining notekis taqsimlanganligi. Aloqa xizmatlariga ma’lum vaqt mobaynida (soat, kecha, kun, hafta, oy, yil) tushayotgan yuklama notekis taqsimlangan bo‘ladi. Bu xususiyat aholining turmush tarzi va xalq xo‘jaligining ishlash jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir.

Aloqa operatorlaridan tashqari uyali aloqa operatorlari ham mavjud. Uyali aloqa – eng tez rivojlanadigan barcha aloqa xizmatlari bozori hisoblanadi. Aynan mobil aloqa operatorlari ham investorlarni, ham boshqaruv organlarining diqqatini jalb qiladi. Uyali aloqa operatorlari bir qator xizmatlar ko‘rsatadi. Ular quyidagilar:

  • so‘zlashuv aloqalar;

  • rouming;

  • qisqa matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish (SMS);

  • multimediyalari xabarlarni uzatish va qabul qilish (MMS);

  • Internet xizmatlari;

  • Videoqo‘ng‘iroq xizmatlar va boshqa bir qator aloqa xizmatlar ko‘rsatiladi.

Bugungi kunda 2013 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, operator va provayderlarning umumiy soni 930 tani tashkil etadi.8 Mamlakatimizda milliy operator sifatida “O‘zbektelekom” AK va qaraladi. “O‘zbektelekom” AK ga qarashli Toshken telefon tarmog‘i (TSHTT) ham aloqa operatori sanaladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 4 dona uyali aloqa operatorlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

1. GSM standartidagi operatorlar:



2. CDMA 2000 1 standartidagi operatorlar:

  • Uzmobile “O‘zbektelekom” AK filiali;

  • “Perfectum Mobile” savdo belgisi;

Aholini internetga bo‘lgan talabini qondirishda internet provayderlarning o‘rni kattadir. Internet provayder ingliz tilidan olingan bo‘lib, internet service provider, qisqartmasi ISP – internet xizmatlari ta’minlovchi degan ma’noni anglatadi. Internet provayder – Internet tarmog‘iga kirish va boshqa Internet aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Internet provayder – foydalanuvchilarga Internetdan erkin foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya. O‘zbekiston Respublikasi “Telekommunikatsiya to‘g‘risida” gi Qonunda telekommunikatsiya provayderiga ham quyidagicha ta’rif berilgan: “Telekommunikatsiya xizmatlari povayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) – foydalanuvchilarga operator tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs”9. Internet provayderlar asosan quyidagi xizmatlar ko‘rsatadi:

  • Keng polosali internet tarmog‘iga kirish;

  • Internetga kommutatsion kirish;

  • Simsiz Internet xizmatlari;

  • Internet xosting xizmatlari

  • Elektron pochta va virtual pochta tarmog‘ini saqlash;

  • Virtual serverlarni ijaraga berish va boshqa Internet xizmatlarini ko‘rsatadi.

Internet provayderlar ham maxsusu litsenziya asosida faoliyat yuritadilar. Yurtimizda bir qator internet provayderlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:

  • Biznesni rivojlantirish markazi;

  • Turontelekom;

  • Uzonline;

  • Soho;

  • Sarkor telekom;

  • Super iMax;

  • Sharq telekom;

  • Evo;

  • East telekom;

  • Net – city;

  • TPS;

  • Albatros;

  • Comnet.uz;

  • DostLink va boshqalar;



Operatorlar va provayderlarning huquq va majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasi “Telekommunikatsiya to‘g‘risida” gi Qonunda belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra operatorlar va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:

  • foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;

  • foydalanuvchilar telekommunikatsiyalardan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzgan taqdirda ularga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni qoplattirish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti – harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish.

Operatorlar va provayderlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Operatorlar va provayderlar quyidagilarga majburdirlar:



  • telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni litsenziyadagi shartlarga va belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshirish;

  • ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati belgilangan standartlar, qoidalar va normalarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash;

  • telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari, telegraf va boshqa xabarlar sir tutilishiga rioya qilish;

  • xizmatlar ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan telekommunikatsiya xizmatlari tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil axborotni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish;

  • telekommunikatsiya xizmatlar o‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarning bajarilmaganligini yoki lozim darajada sifatli xizmat ko‘rsatilmaganlik oqibatida foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.

Operatorlar va povayderlar zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Mamlakatimizda aholining AKTga bo‘lgan talab yildan – yilga oshishi natijasida aloqa operatorlar va provayderlar ushbu talablarni qondirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Xususan, uyali aloqa operatorlari va internet provayderlar tomonidan har xil turdagi tarif rejalar ishlab chiqarmoqdalar, qo‘shimcha xizmat turlarini joriy qilinmoqda. Raqobat muhitida aloqa va ma’lumotlar uzatish sifatini oshirish uchun operator va provayderlar tomonidan turli uskunalar, terminallar olib kelinmoqda, baza stansiyalari o‘rnatilmoqda, optik tolali kabel liniyalari yotqilizmoqda, port sig‘imlari kengaytirilmoqda. Aloqa operatori sifatida “O‘zbektelekom” AK amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

“O‘zbektelekom” AK tomonidan 2012 yilda 292,05 sig‘imga ega kommutatsiya stansiyalarini modernizatsiya qilish maqsadida telekommunikatsiya uskunalari keltirilib, montaj ishlari yakunlandi. Xalqaro paketli kommutatsiya markazini kengaytirish va modernizatsiya qilish natijasida XPKMning o‘tkazish qobilyati 40 Gbit/s gacha yetkazildi. Xalqaro abonent tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s yetkazildi. Buning natijasida operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan 25 foizga kamaytirilgan. “Uzmobile” filialining CDMA – 450 simsiz tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 58 fozidan 71, 2 foizgacha kengaytirish imkoniyatini beradigan 121 baza stansiyalari o‘rnatildi, natijada abonentlarga, shu jumladan qishloq joylardagi foydalanuvchilarga Internet xizmatlarini ko‘rsatish imkoni yaratildi. Mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha mobil aloqa kompaniyalari tomonidan ma’lumotlar uzatish xizmatlarini ko‘rsatish, ya’ni 3G va 4G tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirildi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntinning 2009 yil 20 yanvardagi PQ-1041 sonli “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni yanada rivojlantirish qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Qarorini amalga oshirish doirasida CDMA-450 mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2010 yilda tarmoq qamrab olish zonasini kеngaytirish va EV-DO-tеxnologiyasini tatbiq etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. EV-DO (Evolution-Data Only) – CDMA standart mobil aloqa tarmoqlarida foydalaniladigan ma’lumotlar uzatish tеxnologiyasi. Bu 3,1 Mb/s gacha tеzlik bilan yuqori tеzlikda ulanishni ta’minlovchi uchinchi avlod (3G) mobil aloqa tarmoqlari tеxnologiyasi.

2011 yilda “Uzmobile” filiali tomonidan 7 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalarini o‘rnatish yo‘li bilan ishonchli qamrab olish: Toshkеnt viloyatida (Parkеnt tumani, Mirzo Ulug‘bеk, Ertosh qishloqlari, Toshkеnt-O‘sh yo‘nalishida 136 km.lik A-374 trassasi), Namangan viloyati (Toshkеnt – O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha 164 km A-374 trassasi, «Qamchiq» dovoni), Qashqadaryo viloyati (Qamashi tumani, Duob qishlog‘i, Shahrisabz tumani Xisorak qishlog‘i), Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi (Qo‘ng‘irot tumani, Buston) zonasini kеngaytirish ishlari amalga oshirildi.

2011 yilda barcha mavjud va bo‘lajak abonеntlar manfaatlarini e’tiborga olib, statsionar va mobil aloqa tariflari ancha arzonlashtirildi, mobil Intеrnеt va ma’lumotlar uzatish (VPN) xizmatlari tariflari yangilandi. 2011 yil 1 avgustdan mobil va statsionar aloqa xizmatlariga yangi tariflar tasdiqlandi, 15 oktabrdan esa mobil Intеrnеt va ma’lumotlar uzatish xizmatlariga tariflar ancha arzonlashtirildi. 2011 yil davomida mobil aloqa va mobil Intеrnеt foydalanuvchilarini oshirishga qaratilgan qator aksiyalar o‘tkazildi.

2011 yilda “Uzmobile” filialining mavjud va doimiy kеngayib boruvchi dilеrlik tarmog‘ida yangi abonеntlarni ulash bilan birga abonеntlik xizmatlarini taqdim etish va mavjud abonеntlardan to‘lovlar qabul qilish ishlari amalga oshirildi. Rеbrеnding o‘tkazilgandan so‘ng umumiy hisobda O‘zbеkiston Rеspublikasi bo‘yicha turg‘un tеlеfoniyaga, Intеrnеtga kеng polosali ulanish hamda CDMA-450 standarti tarmog‘iga ulanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi 50 dan ortiq zamonaviy «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha ishlaydigan savdo ofislari ochildi. “Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha ishlaydigan yangi savdo ofislarining ishga tushirilishi CDMA-450 standartidagi tarmoqqa ulanishlar soni o‘sishiga yaxshi ta'sir ko‘rsatdi, brеndning ommaviylashuv darajasi oshdi va abonеntlarning umuman kompaniyaga hurmatlari oshdi.

Markеting stratеgiyasi doirasida 2011 yil sеntabr oyida Kompaniyaning UZONLINE va UZMOBILE savdo bеlgilari brеndi ostida taqdim etiladigan xizmatlariga tariflar qayta ko‘rib chiqildi. 2011 yil oxirigacha yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarga tariflar yana ikki marta qayta ko‘rib chiqilib, ancha arzonlashtirildi. Kompaniyaning faol markеting stratеgiyasi natijasida barcha xizmat turlari va QXT bo‘yicha 2011 yilda xDSL va FTTx tеxnologiyalari bo‘yicha kеng polosali ulanish xizmati abonеntlari umumiy soni 73 336 raqamni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 125 foizga oshdi. Ushbu xizmat turi bo‘yicha daromadning oylik o‘sishi 2011 yil yanvar oyiga nisbatan 2011 yil dekabr oyida 203 foizni tashkil etdi.

Kompaniya mobil aloqa abonеntlari sonini oshirib bormoqda. Yil yakuni bo‘yicha “O‘zbеktеlеkom» AK “Uzmobile” filiali CDMA-450 standartida mobil aloqa foydalanuvchilari soni 94110 abonеntni tashkil etdi va 2011 yil boshiga nisbatan 1,84 barobarga oshdi, 2011 yil boshiga nisbatan o‘rtacha oylik daromadning o‘sishi 168 foizni tashkil etdi.

2011 yil avgust oyida mijozlar bazasini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash va UZONLINE va UZMOBILE savdo bеlgilari xizmatlaridan foydalanuvchi Kompaniya abonеntlaridan tushgan murojaatlarni qabul qilish va ishlab chiqishni ta’minlovchi yagona Mijozlarni Qo‘llab-quvvatlash xizmati (MQQX) ishga tushirildi. MQQX tomonidan xizmatlarni tеxnik qo‘llab-quvvatlash (ulanish, sozlash bo‘yicha muammolar va shu kabilar) masalalari bo‘yicha abonеntlarning murojaatlarini qabul qilish va ishlab chiqish ham amalga oshiriladi. Buyurtmalarni hisobga olish va nazorat qilish elеktron tizimi orqali buyurtmalar, arizalar barcha turlarini, shikoyatlarni ishlab chiqish va nazorat qilish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yildi. MQQX mutaxassislari tomonidan abonеntlar buyurtmalarining bajarilishidan qoniqishlari darajasini baholash uchun abonеntlar bilan nazorat uchun qayta aloqani ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Servis sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2013 yil yakuniga qadar jami 18 ta yangi UZTELECOM savdo ofislari va texnik-xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan

Keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha



  • Joriy yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha xDSL va FTTx texnologiyalari bo‘yicha keng polosali ulanish xizmati mijozlari umumiy soni 126 962 raqamni tashkil etib, mijozlar soni yil boshiga nisbatan 15 115 taga, ya’ni 14% oshgan.

  • Hisobot davrida UZONLINE savdo belgisi ostida ko‘rsatilayotgan internet xizmatlaridan olingan daromad hajmi 10,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 88 % ga oshgan. Har bir mijozdan olinadigan o‘rtacha oylik daromad 29 821 so‘mni tashkil etmoqda.

CDMA-450 standartidagi mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha

  • Joriy yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha UZMOBILE savdo belgisi ostida ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmati mijozlari umumiy soni 231 172 raqamni tashkil etdi va ushbu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 39 282 taga, ya’ni 20 % ga oshgan.

  • Mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha hisobot davrida 6,92 mlrd. so‘m daromad olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 131 % ga oshgan. Har bir mijozdan olinadigan o‘rtacha oylik daromad 10 529 so‘mni tashkil etmokda.

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, aloqa operatori hamda provayderlar yuridik shaxs maqomiga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sanaladi. Ularning faoliyati risklarga asoslangan. Aloqa operator va internet provayderlarining quyidagi risk turlari mavjuddir:

  • axborot risklar;

  • abonentlar sonining kamayishi bog‘liq risklar;

  • investitsiyani qobilyatini kamayishi bilan bog‘liq risklar;

  • mol – mulkini yo‘qolishi;

  • moliyaviy risklar;

  • elektron uskunalarining ishdan chiqishi yohud shikastlanishi;

  • litsenziya amal qilinishi to‘xtatilishi va hokazo.

Yuqoridagi risklarni kamaytirish uchun aloqa operatorlar va internet provayderlar moliyaviy zaxira to‘plashi yohud sug‘urta munosabatlariga kirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Risklarini boshqarish usullari quyidagilardir:



  • mablag‘ hamda AKT vositalari zaxiralarini yaratish;

  • me’yorlashtirish choralarini ko‘rish (standartlashtirish, sertifikatsiyalar, litsenziyalash);

  • Sug‘urtalash.

Agar XX asrni sanoat asri bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrni axborot asridir. Hozirgi kunda uskunalarning qiymatidan ham ulardagi saqlaydigan va qayta ishlaydigan axborotlarning qiymati yuqori baholanadi. Xatolik sodir bo‘lishi, ishdan chiqishi yoki uchinchi shaxslarning g‘arazli xatti – harakatlari natijasida bahosi yuqori bo‘lgan axborot yo‘qolishi mumkin. Masalan, agar virus “hujumi” natijasida mijozning serverdagi ma’lumotlari yoki billing tizimidagi ma’lumotlari bazasi yo‘qolganda, asosiy zarar noashyoviy material hisoblanadi. Natijada uskunaning qiymati ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Telekommunikatsiya kompaniyalari uchun axborot risklaridan ko‘rilgan zararni qoplashda O‘zbeksiton sug‘urta kompaniyalari tomonidan maxsus sug‘urta turi ishlab chiqilmagandir. Telekommunikatsiya kompaniyalarining asosiy mulki axborot hisoblanganligi uchun, sug‘urta kompaniyalari axborot risklaridan zararni qoplash uchun maxsus sug‘urta dasturini ishlab chiqishlari lozim. Ushbu dasturda axborot mulk turi sifatida qaraladi. Ushbu axborotlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: billing tizimi, ma’lumotlar bazasi, dasturiy ta’minotlar, internetga kirish.

Axborot risklari tarkibi quyidagilardir:



  • axborotning xodimlar va raqobatchilar tomonidan xufyona o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq risklar;

  • axborot uzatish kanallaridagi texnik nosozlik natijasida axborot yo‘qolishi bilan bog‘liq risklar.

Axborot risklarining quyidagi turlari mavjud:

  • viruslar ta’siri;

  • kompyuter hujumlari ya’ni g‘arazli shaxslarning ta’siri;

  • korxona xodimlarining nojo‘ya xatti – harakatlari natijasida yetkazilgan zararlar;

  • korxona sirlari va maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash natijasida yetkazilgan ziyonlar;

  • axborot texnik vositalari va tizimlarini o‘rnatish, yaratish va ishlatishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar oqibatida yetkaziladigan ziyonlar;

  • turli xil axborot dasturlarining ishdan chiqishi oqibatida yetkaziladigan zararlar va hokazo.

Axborot risklaridan sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin axborot tizimlarini kompyuter hujumlaridan ya’ni g‘arazli shaxslarning ta’siridan, korxona sirlari va maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash natijasida yetkazilgan ziyonlardan himoyalanganlik darajasini ekspert baholash o‘tkaziladi. Bu shartnoma bo‘yicha axborotning sug‘urta qiymatini va mukofot pulini hisoblash uchun kerakdir. Ekspert baholash bilan maxsus tashkilotlar shug‘ullanishi mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlarida har yili axborot hujumlaridan zarar 100 mlrd AQSH dollar yuqori baholanadi, G‘arbiy Yevropada esa 30 mlrd AQSH dollar deb baholanadi. 10

Aloqa operator va internet provayderlarining mulk tarkibiga elektron aloqa uskunalar kiradi. Bular ishlab chiqarishning asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu uskunalar orqali ma’lumotlar qabul qilinadi, saqlanadi, ishlov beriladi va uzatiladi. Bular murakkab tuzilishga ega bo‘lganligi uchun elektron uskunalarning risk darajasi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari bunday uskunalar xodimlarning nojo‘ya xatti – harakatlari yoki uchunchi shaxslarning g‘arazli harakatlari natijasida ishdan chiqishi, yong‘in kelib chiqishi, avariya holatlari, turli tabiiy ofatlar natijasida buzilishi va boshqa hodisalar bo‘lish ehtimoli mavjud. Shunday ekan yuqoridagi risklarni sug‘urta qilish orqali operator va provayderlarning mulkiy manfaatlari himoyalangan hisoblanadi. Elektron uskunalarni sug‘urtalashda sug‘urta hodisasi ro‘y berganda ularni bozor bahosi bo‘yicha, qoldiq qiymat bo‘yicha, ularni sozlash va dasturiy ta’minot o‘rnatish xarajatlari hisobga olinadi.

Xullas, aloqa operator va intrnet provayderlari faoliyati katta tavakkalchiliklarga asoslanganligi sababli ularning manfaatlarini sug‘urta qilish yo‘li bilan sug‘urta munosabatlarni rivojlantirish lozim bo‘ladi.


Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholi va hududlarni texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish

Download 0,85 Mb.