Aviatashuvlarning turlari. Tur operatorlar ulardan foydalanish taribi va ustuvorliklar (tariflar, chegirmalar, imtiyozlar va h.k.)




Download 2,87 Mb.
bet11/26
Sana22.03.2021
Hajmi2,87 Mb.
#13380
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
1.4 Aviatashuvlarning turlari. Tur operatorlar ulardan foydalanish taribi va ustuvorliklar (tariflar, chegirmalar, imtiyozlar va h.k.).

Aviatsiya sanoatida transmilliy aviakompaniyalar o’zlarining ko’pgina ustuvor, boshqaruvdagi unikallik kabi ayrim xususiyatlari bilan yo’lovchilarga keng imkoniyatlarni ochib beradi. Yuqoridagi bobda avia tashishlarning 2 turidan biri bo’lgan charter tashish usuli bilan tanishdik. Quyidagi bo’limda yana bir tashish usuli -- doimiy reys deb ataluvchi turi bilan tanishamiz. Bunda iste’molchilar uchun o’ziga xos imkoniyatlar turli xil chegirmalar, tariflar va afzalliklarni ko’rib chiqamiz. Avvalambor , doimiy reys nima ekanligi to’grisida ma’lumotga ega bo’lish maqsadga muvofiq.

Doimiy reyslar -- shunday parvoz turiki, u havo yo’llarini ekspluatatsiya qilish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo’lib, oldindan tuzilgan reja asosida ommaga taqdim etilgan parvoz jadvali (solnoma) ga muvofiq ravishda parvozni to’liq va takroran amalga oshiruvchi reys hisoblanadi.

Doimiy reyslar quyidagi xarakteristikaga ega:



    • parvozning aniq kuni va vaqtining o’rnatilishi;

    • marshrut parvozining qat’iy va to’liq qayd etilganligi (uchish nuqtasi, belgilangan qo’nish joyi, transit punklari kabi);

    • parvoz qat’iy ravishda bortdagi o’rindiqlar to’lib to’lmasligiga qaramay kafolatlanganligi;

    • avia tashuvchilar tomonidan tariflar, chegirmalar va imtiyozlarning o’rnatilishi.

Samalyotlar harakati solnomasi yo aviakompaniya tomonidan tuziladi yoki har kunlik samalyotlarning aeroportdagi harakatlanish grafigiga ko’ra aerovokzal (aerobekat) belgilaydi. Solnomaning 2 xil ko’rinishi bo’lishi mumkin:

  1. Korporattiv (qachonki, aviareyslar solnomasida faqat 1 ta aviakompaniyaning reyslari kiritilsa) ;

  2. Aeroport solnomasi (bunda aniq bir aerovokzalda o’z reyslarini amalga oshiruvchi barcha aviakompaniyalar solnomasi o’rnatiladi).

Samalyot harakatlarining klassik solnomasi 2 qismga bo’linadi: aniq aeroportdan parvoz qilish va qo’nish . Ustunda ko’rsatilgan belgilangan joy aeroportlari nomlaridan biri ko’rsatilgach, ko’rsatilgan shaharga uchadigan doimiy reyslarning yillik rekvizitlari chiqadi. Yillik rezvizitlar ko’rsatilgan solnomada quyidagilar kiritilgan bo’ladi: hafta kunlaridagi parvoz amalga oshadigan kun raqamlari (1-dushanba, 4- payshanba kabi) uchishning mahalliy vaqti, qo’nishning mahalliy vaqti, reys raqami samalyot turi (AB3- airbus “A-300”, TU5- “TY-154” ) va tashuvchi aviakompaniya kodi ham mavjud bo’ladi.

Doimiy reyslardagi tariflar, chegirmalar va imtiyozlar. Avia tashishlardagi bu kabi tariflarni, shaxslarning imtiyozli kategoriyalarini hamda chegirmalarning tarqatilish hajmini aviakompaniya boshqaruvi o’zlarining narxlashtirish va marketing strategiyalari nuqtai nazaridan belgilaydilar.

Chipta narxi juda ko’plab omillarga bog’liq: tarif bazasi, aviakompaniya klassi, mamlakat, yetib kelish muddati, bronlash shartlari, iste’molchi yoshi, ijtimoiy holati, naqd pul imtiyozlari, chegirmalar va boshqalar kabi.

Mustaqil ravishda aviakompaniya tariflar bazasini o’rnatayotganda quyidagilarni inobatga oladi: avia tashishni o’z ichiga olgan holda, bortda qancha yo’lovchini yuklash normasini rejalashtirish asosida, havo transportining turi, daromad chagarasi hamdaparvozning uzoqligini inobatga olgan holda o’rnatiladi.

Tariflar bazasini o’rnatayotgan paytda chegirmalar tizimi va imtiyozlar ham o’rnatiladi. Tariflar bazasi mavsum o’zgarishi bilan o’zgaradi, oldindan xarid qilingan chiptalar qaytarilishi yoki almashtirilishi ham mumkin. Tariflar bazasi quyidagi 2 ko’rinishda bo’ladi:



  1. Maxsus tariflar -- konvensiya bilan reglament (majlis) qilinadi va barcha aviakompaniyalar buni amalga oshiradilar. Bular asosan yoshlarbop, nafaqaxo’rlar uchun, guruhiy, turistik, ekskursiyaviy turlarga bo’linadi.

  2. Reklama tariflar -- har bir aviakompaniya o’zining ichki qoidalariga binoan o’rnatadi. Bunda asosan parvozlar reklamasi yo’lovchilar uchun bepul yoki aviakompaniyalar tomonidan berilgan samalyot turi, aniq bir soatlarda va kilometrda amal qiladigan imtiyozli parvozlari bo’lishi mumkin.

Yoshlarbop tariflar butun bir yil mobaynida ochiq kunlar sifatida amal qiladi. Bu chiptalar sotuvi parvozdan 3-7 kun oldin tugatiladi.

Yoshlarbop tarifda maxsus APEX va PEX imtiyoz turlari bor. Undan tashqari bunday imtiyozlar bilan yo’lovchi uchun ayrim cheklovlar ham bor. APEX tarif imtiyozida bron qilingan sanani o’zgartirish mumkin emas. Bu tarifda “dedlayn” deb ataluvchi muddat –kunga qadar chipta xarid qilish mumkin. Bu “dedlayn ” muddati esa parvoz kunidan 7- 28 kun oldin tugagan bo’lishi kerak. Undan so’ng bu tarifda chipta sotish to’xtatiladi. “dedlayn” gacha bo’lgan muddatda agar yo’lovchi chiptani qaytarmoqchi bo’lsa, 100% chipta uchun to’langan pul miqdori qaytariladi, “dedlayn” tugagach u jarima tarzida saqlanib qolinadi.

APEX tarifining 3 xil ko’rinishi mavjud. Ular quyidagicha:


  1. AP 1M - bu APEX tarifi 1 oylik bo’lib, bunda xorijda bo’lishning eng minimal kuni 7 kun (1 hafta) bo’lsa, maksimali esa 1 oy hisoblanadi. Bronlash esa faqatgina 1 kun (24 soat) bo’lib, bu soatdan kech qolinsa, tarif boy beriladi. Parvozlar kunini o’zgartirish, pulni qaytarish vaqtidan kech qolinsa, tarif boy beriladi. Parvoz kunini o’zgartirish, pulni qaytarish va parvozni bekor qilish faqatgina sayohat jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerak. Shunday bo’lgan taqdirda ham jarimma haqqi saqlanib qolinadi.

  2. AP3M- bu APEX tarifi 3 oylik tarif hisoblanadi. Xorijda bo’lish muddati 1 haftadan 3 oygacha bronlash va xarid qilish faqatgina 1 kun (24 soat) xarid bo’lib bu belgilangan vaqt kechiktirilmasligi kerak (qaysi yo’nalishda ekanligiga bog’liq 17, 14, 18 kunlik). Chipta borish -qaytishni o’z ichiga oladi. Chipta kunini o’zgartirish sayohatni bekor qilish hamda pulni qaytarish faqatgina sayohat boshlanishidan oldin ma’lum qilinishi kerak. Bunda jarima miqdori ushlab qolinadi.

  3. SUPER-APEX bu eng arzon tariff bo’lib, eng katta chegaralovlarga ega hisoblanadi.

Turli xil marshrutlarda individual va hech qanaqangi shaxsiy qoidalarga ega bo’lmagan tariff turi PEX bo’lib, u ekskursion tariflarning eng qimmati hisoblanadi. Ularning quyidagi xususiyatlari mavjud:

  • oldindan bronlash ta’qiqlangan bo’lib, chiptani bronlash va xarid qilishda to’liq summa to’lanadi va o’sha zahotiyoq kerakli reysda bo’sh o’ringa joylashtiriladi;

  • ishlatilmagan chiptaning qiymati qaytarilmaydi.

PEX tarifining 2 xil ko’rinishi mavjud:

  • 1. PX6M- PEX tarifi 6 oy muddatda bo’lib, bunda 1 haftadan (7 kun) 6 oygacha bo’lgan muddatda amal qiladi. Chiptani bronlash va xarid qilish 24 soat (1 kun) davomida amalgam oshiriladi. Hech qanaqangi o’zgartirishlar amalga oshirilmaydi . to’langan pul miqdori qaytarilmaydi.

  • PX3M- 3 oylik PEX tarifi 3 oydan oshmagan muddatda xorijda bo’ladi. Chiptani bronlash va xarid qilish 1 kunda amalga oshiriladi. Kunlarning o’zgartirilishi mumkin emas va pullar qaytarilmaydi. Deyarli barcha ekskursion tariflarda quyidagi umumiy qoidalar mavjud:

    • 2 ta parvozning ham amalga oshirilishi.

    • Chiptaning amalda qo’llanilish muddati qisqartirilgan va bu turli xil mamlakatlardan 1 oydan 6 oygacha farqlanadi.

    • Eng kam xorijda bo’lish muddati 7 kun, 10, 14 kun bo’lishi mumkin.

Tariflar milliy valyutada (ichki parvoz) yoki AQSh dollarida, yevroda (xalqaro parvoz) belgilanadi.

Aviatashuvchilar imtiyozlarni 2 kategoriyaga bo’ladilar. Birinchisi davlat tomonidan belgilanadi va aviakompaniyalar tomonidan majbur qabul qilinadi. Masalan, Rossiyada Sovet ittifoqining qahramoni, Slava ordeni sohiblari, Rossiya ijtimoiy mehmaniting a’zolari, BOB a’zolari, BOB nogironlari, mehnatkashlari va nogiron bolalar shular jumlasidandir. Yuqoridagi fuqarolar uchun bu imtiyozlar ularning mavsumiy ishlatilinishini va hajmi shuningdek, nazorati davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday vaziyatlarda aviakompaniyalar o’zlari bu kabi tariflarni yo’lga qo’yishga intilishadi. Bunday imtiyozlar asosan quyidagi shaxslarga qaratilgan : ijtimoiy jihatdan juda kambag’al bo’lganlar uchun, nogiron bolalarni yetaklovchilar uchun, byudjet sohasi ishchilari uchun, davollanish uchun yo’llanma berilgan joylarga (borish va qaytish chiptalarini olgan holda), turistlar guruhi uchun, maktab o’quvchilari guruhi uchun harbiy guruhi va havo transport ekipaj guruhlari uchun, xalqaro fuqarolarga, nafaqaxo’rlar uchun ichki tashuvlarda (borish va qaytish chiptalarini olgan holda) ko’p bolali onalar ham shular jumlasidandir.

Tur operatorlik funksiyasida doimiy aviatashishlar uchun operatoning ofisidan chiptani bronlash va xarid qilishda cheklovlar mavjud. Bunda mustaqil ravishda avia chipta ofislaridan bronlash va xarid qilishni amalga oshirish uchun tur operatorga xalqaro aviatsiya transporti tashkiloti tomonidan akkreditatsiya qo’lga kiritilishi kerak. Akkreditatsiyani qo’lga kiritmoqchi bo’lgan tur operator quyidagi talablarga javob brishi kerak:


  1. Turizm bozorida ishlaganlik tajribasiga ega ekanligi to’g’risida guvohnoma va litsenziyaning mavjudligi;

  2. SES talabiga javob beradigan hujjat va yong’in xavfsizligi ofisining mavjudligi (xususiy yoki ijaraga olingan bo’lishidan qat’iy nazar);

  3. Aviakassir ish joyining kerak jihozlar bilan jihozlanganligi (mijozlarning hujjatlashtirish ishlarining amalgam oshishida ayrim cheklovlarning mavjudligi, yonmaydigan seyf, orgtexnika, tezkor signalizatsiya tugmasining mavjudligi kabi);

  4. Personalning attestatsiyaga ega bo’lganligi (bronlash sistemasi va aviachiptalar o’rnini to’ldirish maxsus o’quv kursiga qatnab, malakaga ega bo’lganligi) shuningdek, yo’qotishlar uchun javobgar shaxsni tayinlash;

  5. Moliyaviy kafolat uchun ma’lum miqdordagi summani to’lash (odatda, bu miqdor har bir buyurtmachi operator uchun avia chipta blankasida dollar kursida ham o’rnatilgan bo’ladi);

  6. Elektron bronlash aviakompaniyasiga har oylik to’lovni tur operator tomonidan amalga oshirilishi.

Keyinchalik, hamkorlar to’g’risida aviakompaniya bilan shartnoma tuzilgach, tur operator javobgar shaxsning nomi ostida raqamlangan aviachipta blankalariga aniq hajmda buyurtma beriladi va qo’lga kiritiladi. Ularning qattiq saqlanishi va hisoboti seyfda saqlanadi. Tur operator mustaqil ravishda aviakompaniya electron bronlash xizmatidan foydalanadi va mijozlarga aviachiptalarni nashr qildiradi. Har bir aviachiptaning bo’sh blankasi uchun tur operator aviakompaniyaga jarima to’laydi (jarima haqi shartnomada ko’rsatiladi), shuningdek har bir buzilgan blanka uchun ham tur operator jarima to’laydi (odatda bu 1 AQSh($) dollari bo’ladi) .

Doimiy ravishda (haftada 1 marta yoki undan ham ko’p, aviachiptalarning sotilganligi hajmiga ko’ra) tur operator aviakompaniyaga pul vositalarini to’lab boradi. Bunda tur operator aviachiptalarning sotilgan hajmidan o’z foyda ulushini saqlab, qolgan qismini (shartnomada ko’rsatilgan miqdorda) aviakompaniyaga to’lab boradi.

Aviachiptalarni sotishda, tariflarni, chegirmalarni va imtiyozlarni holis qabul qilishlari uchun avia agentda quyidagi savollarni mijozlar uchun shakllantirishi talab etiladi:


    • parvoz kuni, marshrut, reys raqami, bir yoki ikki (borish va qaytish ) yo’nalish chiptalari;

    • qulaylik darajasi va salon klassi;

    • parvoz turi (individual, guruhiy, oilaviy);

    • yoshi va ijtimoiy guruhi;

    • korporativ klublariga a’zoligi, aviakompaniyaga bog’liqligi;

    • bagaj og’irligi va bagajda hayvonlarning borligi;

    • aviachipta uchun to’lov yo’li kabi.




Download 2,87 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Download 2,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aviatashuvlarning turlari. Tur operatorlar ulardan foydalanish taribi va ustuvorliklar (tariflar, chegirmalar, imtiyozlar va h.k.)

Download 2,87 Mb.