Atom energiyasi. Atom energiyasi Xitoyda elektr energiyasining eng yirik manbai hisoblanadi (Xitoy atom elektr stansiyalarining umumiy quvvati 28,8 GVt, 2016-yil aprel) 3 % dan bir oz koʻproq beradi. Oxirgi nashr etilgan milliy rivojlanish strategiyasiga koʻra, Xitoyning 2030-yilgacha boʻlgan davrda energetikani rivojlantirish rejasi, atom energetikasi muhim hissa qoʻshadi. Bu vaqtga kelib Xitoy yadroviy energetikaning dunyodagi eng yirik isteʼmolchilaridan biri boʻlib, yadro reaktorlari sonini 110 taga yetkazishi kerak.
2.2. Xitoy foydali qazilmalari va uning xo`jalikdagi ahamiyati
Xitoy - industrialagrar mamlakat. 1949-yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10 %, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30 % ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49 %, qishloq xoʻjaliginiki 19 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32 %ni tashkil etdi.
Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003-yil 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va boshqa sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va boshqa ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik [ipgazlama (1996-yil 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama ishlab chiqarish], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. U, asosan, Xitoyning shimoliy va shimoli-sharqida qazib olinadi (1993-yil 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). Xitoy shimoli-sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari — yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish]. Xitoy Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. Xitoyning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rayonlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992-yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.
Chorvachilikda Xitoyning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy Xitoyda choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996-yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992-yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy Xitoyda va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. Xitoy dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. Xitoy baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. Xitoyda yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.
XULOSA
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi - dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. Xitoyning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rayonlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992-yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.
Chorvachilikda Xitoyning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy Xitoyda choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996-yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992-yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy Xitoyda va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. Xitoy dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. Xitoy baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. Xitoyda yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.
|