|
«himoyaga ruxsat etilsin»
|
bet | 2/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 4,23 Mb. | | #257531 |
Bog'liq Kurs Ishi Egamberdiyev Asliddin (2)Mundarija
Kirish 3
1-Bob.Corel draw dasturini imkoniyatlari
1,1 Corel draw tarixi va nterfeysi 4
1.2 Corel Draw dasturi imkoniyatlari 6
2-Bob.Corel draw dasturida matn va konturlar bilan ishlash jarayoni
2.1 Corel Draw dasturida konturlar va matnlar bilan ishlash 26
2.2 Matn va konturlar bilan ishlashda amaliy va labaratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish 36
Xulosa ……………………………………………………………….41
Foydalanilgan adabiyotlar 42
KIRISH
O‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha farmonlarda ham ta’lim tizimi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Bugun kompyuter texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta-sekin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini internet global tarmog’isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev PQ-4851 06.10.2020-yildagi qarorida Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Inson multimediya ko‘rgazma vositalari yordamida, o‘quv ma’lumotlarini qabul qilganda sezgi a’zolari ishtirok etadi va u oson tushunadi. Multimediya ko‘rgazma vositalari kompyuter animatsiyalari yordamida ham yaratiladi. Animatsiya obyektlar harakatini, immitatsiyasini namoyon etishga keng imkoniyat ochib beradi. O‘quv ma’lumotlarini shartli grafik tasvirlar (sxemalar, bloksxemalar, diagrammalar, tarayektoriyalar) yordamida tushunishda animatsiyalardan foydalanish unumli hisoblaniladi. O‘zbekistonda o‘qitish texnologiyalari zamonaviylashtirish, jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda o‘zbek milliy ta’lim tizimining salohiyatli tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Respublikamiz mutaxassislar tayyorlashni davr talablari darajasida tashkil etishda yetarlicha ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, hozirgacha bir qator muammolar o‘z yechimini topgani yo‘q. Xususan, jahon andozalariga mos va raqobatbardosh, bilimli, malakali, kuchli mutaxassislarni tayyorlashga imkon beruvchi pedagogik shart – sharoitlarni yaratish, mazkur jarayonni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, mutaxassislik fanlaridan kasbiy ta’lim va malakalarni shakllantiruvchi ilmiy – uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish kabi masalalarni shular qatoriga kiritish mumkin. Mustaqilligiga ko‘p bo ‘lmagan yurtda bunday o‘zgarishlar tahsinga loyiq.
Prezident e’tiborni kuchaytirib, yoshlarga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi.«Agar yoshlarni IT kasblarga о‘qitishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz», — Sh.M.Mirziyoyev.
|
| |