|
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar turlari
|
bet | 5/12 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 4,12 Mb. | | #265745 |
Bog'liq matematika masala (2)Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar turlari.
Boshlang‘ich ta’limda bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni amaliy qo‘llanishning turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarning ba’zi xossalarini, o‘nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan hisoblash usullarini o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan ish bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu ishning natijasida o‘quvchilar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi masalalarni ham, o‘rganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va o‘quv10
Zamonaviy ta’limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari masalalarini hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda og‘zaki va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak.
O‘quvchilarni sonlar va arifmetik amallar bilan tanishtirish matematikadan dastlabki darslarda berilgan ikki buyum to‘plamlarining birlashmasiga, ikki to‘plam elementlari orasida moslik o‘rnatishga va buyumlarning berilgan to‘plamlari qismini o‘rnatishga amaliy mashq qilish bilan tayyorlanadi.
Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari yechadigan masalalardan quyidagi tiplarini ajratish mumkin:
1. To‘rtinchi proporsional mikdorni topishga doir masalalar.
2. Proporsional bo‘lishga doir masalalar.
3. Ikki ayirma bo‘yicha sonlarni topishga doir masalalar. Bundan tashqari bu sinflarda ma’lum mazmunli masalalar yechiladi:
vaqtga doir masalalar;
harakatga doir masalalar;
geometrik mazmunli masalalar.
Sonning ulushini topishga doir va unga teskari masalani alohida qarash kerak. Bolalar oldin va boshqalaridan ko‘proq uchratadigan masala turi — to‘rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masaladir. Bu xildagi masalaga uchta bog‘liq (proporsional) kattaliklar kiradi, masalan: baqosi, qancha turishi va miqdori; tezlik, o‘tilgan yo‘l va harakat vaqti; ish, ish vaqti va tayyorlangan detallar mikdori.
Bunda bitta kattalik uchun ikkita qiymat beriladi (Masalan, miqdor: bir marta 6 ta, ikkinchi marta 14 ta daftar sotib olingan); ikkinchi bir kattalik uchun bitta qiymat berilgan, ikkinchisini esa topish kerak (Misol: birinchi xaridning qiymati 12 tiyin, ikkinchi marta qancha to‘lashgan?); uchinchi kattalikning qiymatlari berilmaydi, ammo ular bir xil ekani aytiladi (bizning misolda daftarlarning bahosi ko‘rsatilmagan, ammo u bir xil). Shunday qilib, masalaga 3 ta kattalik va bu kattaliklarning 3 ta qiymati kiritiladi.
To‘rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masalalarni yechishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Birlikka to‘g‘ri keltirish usuli shundan iboratki, unda oldin proporsional miqdorlardan birining (tovar, ish va h. k.) bir birligi qiymati (bahosi) bilib olinadi,
Zamonaviv ta’limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari so‘ngra esa shartda ko‘rsatilgan miqdorning qancha turishi topiladi. Bunda ikkita qiymati berilgan kattalik birlikka keltiriladi.
O‘quvchilar masalalar yechishning qaralgan ikki usuli orasidagi farqni har doim ham ko‘ravermaydilar. Ular u usulni ham, bu usulni ham birlikka keltirish usuli deb hisoblaydilar, chunki ikkala holda ham ular bir kattalikning ikkinchi kattalikning birligiga mos keladigan qiymatini biladilar. Bolalar masalalar yechishning bu usullari orasidagi farqni xatosiz ko‘rsatishlariga intilish shart emas, bolalarning masalaga kirgan kattaliklar orasidagi matematik boglanishlarning (proporsionallik) mazmunlarini tushunishlari ancha muhimroqdir, buning uchun masalalar yechishda bir kattalik ikkinchi kattalikka qanday boglik ekaniga e’tibor berish kerak. Bolalar masalalar yechishning birlikka to‘gri keltirish usuli bilan tanishib olganlaridan keyin birlikka teskari keltirish usuli bilan masalalar yechishga kirishadilar va jadval yoki ifoda tarzidagi qisqa yozuvi bo‘yicha mustaqil ravishda bir nechta masala tuzadilar.
|
| |