Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35




Download 4,12 Mb.
bet2/12
Sana26.06.2024
Hajmi4,12 Mb.
#265745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
matematika masala (2)

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35


KIRISH.
Mavzuni dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o‘quv faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari, tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini DTS, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta’kidlangan. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish , nazariy bilimlarning rolini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, M.Jumayev, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi.
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq matnli masalalar yechishni o`rganish tizimi to‘g‘ri tashkil etilsa mavzuning o‘zlashtirilish darajasi to‘g‘ri shakllanadi.
Harakatga doir masalalarni o‘tishda avval harakatga doir masalalar turi bilan tanishib chiqishimiz kerak. Harakatga doir masalalarni o‘rganishda quyidagilarga etiborimizni qaratamiz:
1.Harakatga doir masalalarning bajarishni o‘rganish metodlari.
2.Harakatga doir masalalarning turlari.
3.Harakatga doir masalalarning bajarilish usullari.

Download 4,12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 4,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35

Download 4,12 Mb.