• Kurs ishining obyekti.
  • «himoyaga ruxsat etilsin»




    Download 4,12 Mb.
    bet3/12
    Sana26.06.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #265745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    matematika masala (2)

    Kurs ishining maqsadi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga matematikani o‘qitishda algoritmizatsiya elementlaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqing.
    Kurs ishining vazifasi:

    • tadqiqot muammosi bo‘yicha psixologik, pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish;

    • tushunchalarning mohiyatini ochib berish: "fikrlash", "algoritm", "algoritmik fikrlash";

    • boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining algoritmik tafakkurini rivojlantirish xususiyatlarini o‘rganish;

    • Kurs ishining obyekti. O‘quv jarayonida algoritmizatsiya elementlaridan foydalanish imkoniyatini nazariy jihatdan asoslash.


    1. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechish metodikasining pedagogik-psixologik asoslari.

    Boshlang‘ich ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta’lim jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta’minlash ya’ni yaxlit, yaxlit bo‘lmagan, murakkab (ko‘plik), turli xil matnlarni o‘qish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqish, tushunib o‘qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog ‘oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar yoritib berilgan. Xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida masala yechish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalarning ham didaktik funksiyalari tahlil qilingan.
    Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin
    Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga kirishilgan bo‘lib, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan PIRLS, TIMSS, PISA dasturlariga doir o‘quvchilarning o‘qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligi, ijodiy fikrlashini baholash va rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu izlanishlar qatorida, amaliy tadqiqotlar sifatida PISA dasturi talablari asosida O‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha Milliy tadqiqot, Inson kapitali indeksi-2020 loyihasi doirasidagi ta’lim sifati komponenti uchun TIMSS dasturi talablari asosidagi tadqiqot, O‘quvchilarning o‘qish savodxonlogini baholash bo‘yicha PIRLS dasturi doirasidagi tajriba-sinov, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining ta’lim jarayoniga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan ta’limdagi uzilishlarga javoblar REDS tadqiqotlarini misol qilib keltirish mumkin. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim- tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.
    PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi1.
    Ta’lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda moddiy omillar bilan bir qatorda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlar asosida o‘qitish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida o‘qitish bugungi kun davr talablariga muvofiq ta’limni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    O‘quvchilarni TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishda avvalambor, TIMSS baholash dasturi matematika va tabiiy fanlarga oidligini inobatga olgan holda, o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Bu, ayniqsa, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuv sifatida TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘qitishga asoslangan metodikaning yangi shakl, vositalaridan foydalanishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga faqatgina tayyor bilimlarni berib qolmay, xalqaro baholash dasturlari asosida o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatish, ularning yangi ko‘rinishlarini yaratish metodlari va vositalarini o‘rgatish muhim masalalardan hisoblanadi.
    Mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro dasturlar va "Milliy dasturning integratsiyasi negizida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha baholash dasturlari (TIMSS, PISA)ga tayyorgarlik ishlari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan boshlang‘ich sinflarda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonlarida o‘quvchilar bilimlarini to‘liq o‘zlashtirish, samarali mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga, tizimli tahlil qilish kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, raqamli va an’anaviy o‘quv uslubiy manbalarni keng joriy qilishni talab etmoqda2.
    Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida urg‘u bergan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Shu asosda o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur (PISA), boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (PIRLS), o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi (TIMSS), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro baholash (TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.
    Hozirgi kunda an’anaviy o‘qitish o‘rnini savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan masofaviy innovatsion yondashuv va qarashlar egallamoqda. Shuni inobatga olgan holda o‘quvchilarning kompetensiyaviy uyg‘unlik bilan birga egallagan bilimi, ko‘nikma va malakalarini integratsion-raqamli nazorat qilish, ularning olayotgan bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash hamda mavjud yangiliklar bilan to‘ldirib borish, iqtidorli, qiziquvchan o‘quvchilardagi intellektual salohiyatning muntazam rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mavzulashtirilgan mantiqiy topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, qolaversa bu topshiriqlarni o‘quvchilarning qiynalmasdan o‘zlashtirib olishiga, ularning ilmiy dunyoqarashini, amaliy tafakkurini kengaytirish, mustaqil, ijodiy fikrlashini, mantiqiy mushohada yuritishini o‘stirish kabi qator vazifalarni qamrab olishiga e’tibor qaratilishi zarur. Bular esa o‘z navbatida xalqaro baholash tizimiga doir PISA, PIRLS va TIMSS topshiriqlarini yechishda tayyorgarlik vazifalarini o‘taydi.
    M.F.Qurbonova bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirishga doir PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga javob bera oladigan hamda bilishga intiluvchan, qiziquvchan, mantiqiy va kreativ fikrlaydigan, shaxsiy faoliyatini tashkil eta oladigan, suhbatdoshini diqqat bilan tinglaydigan, nostandart vaziyatlarda mustaqil ravishda harakat qiladigan hamda o‘zining xatti-harakatlari uchun javob beradigan o‘quvchini tarbiyalash o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik faoliyat (moderator, fasilitator, tyutor, mentor)iga bog‘liq ekanligi o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetensiyalarini mustaqil ishlar jarayonida shakllantirish metodikasini takomillashtirish orqali asoslab bergan.
    TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlari bo‘yicha 2019 yilda Singapur davlati yuqori natijalar ko‘rsatganligi uchun bu davlatning matematika darsligiga qiziqdik va tahlil qildik. Singapur ta’lim dasturining 4-sinf matematika darsligi 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi. Bular: butun sonlar, butun sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish, kasrlar, grafiklar va jadvallar, burchaklar, perpendikular va parallel chiziqlar hamda jismning yuzasini topishga doir topshiriqlardir. Darslikda 397 ta topshiriqlar bo‘lib, 16.1% bilishga oid topshiriqlar, 51.6% qo‘llashga oid topshiriqlar, 32.2% mulohaza qilishga oid topshiriqlardir. Bu topshiriqlar rasmli va asosan qo‘llash va mulohaza yuritishga oid topshiriqni o‘z ichiga oladi. Har ikkita mavzudan keyin va boblardan mavzuni mustahkamlash uchun 10-12 ta topshiriqlar berilgan. Darslikning ikkinchi qismi 288 ta topshiriqlarni o‘z ichiga olgan, ulardan 22.2% bilishga oid, 71.7% qo‘llashga oid va 44.4% mulohaza yuritishga oid topshiriqlardir. Bu darslik 6 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular: o‘nli kasrlar, o‘nli kasrlar ustida to‘rt amallarni bajarish, o‘lchovlar, simmetriya, fazoviy shakllar, hajm kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi Topshiriqlarning deyarli barchasi rasm va chizmalar bilan berilgan3.
    Germaniyaning 4-sinf "Matematika" kitobi 4 ta bosqichda o‘rganilishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu bosqichlar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi: 1-bosqichda takrorlash, asosiy arifmetika, pul birliklari, 1 000 000 gacha raqamlar va uchburchak va doira mavzulari bilan. Ikkinchi bosqichda: mustaxkamlash, hisoblash turlari, katta raqamlar bilan yozilgan ko‘paytirish, tekislik geometriyasi:maydon, perimetr,simmetriya mavzulari; uchunchi bosqichda: Yozma bo‘lish, geometrik jismlar, ma’lumotlar va ehtimollik mavzulari; to‘rtinchi bosqichda: rejalar, vaqt massa o‘lchamlari, hisoblash qoidalari, kalkulyator kabi bo‘limlardan iborat bo‘lib har bir bo‘limlari yana mavzularga bo‘lingan. Kitobda nazariya deyarli yo‘q, topshiriqlardagi bog‘lanishlar orqali o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirib mavzuni tushunib oladilar, har bir mavzuda o‘quvchilarni matematik tasavvur va tafakkurlarini rivojlantirish maqsadida rasm, grafiklar, piktogrammalar va qiziqarli topshiriqlar berilgan. Bu darslikda umumiy hisobda 600 ta topshiriq berilgan bo‘lib, 15.3% i bilishga oid topshiriqlar, 41.6% i qo‘llashga oid topshiriqlar, 26 % mulohaza yuritishga oid topshiriqlar va 10.3% boshqa turdagi misol va masalardan iborat.
    PIRLSda rossiyalik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishdagi o‘sish nuqtalari.
    Har bir sinfda ta’limni differensiyalashga kuchli e’tibor berilishi zarur, bu borada aksariyat birinchi sinf o‘quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan maktablarga alohida e’tibor berilishi lozim.
    Yana ikkita muammolarni yodda tutish kerak:
    1) Eng kuchli o‘quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko‘maklashish. 2) O‘g‘il bolalarga yordam berish, chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan ko‘ra yomonroq degan fikrlarni ko‘rib chiqib aynan mana shu vazifalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o‘sish nuqtalari deb belgilangan.
    Boshlang‘ich ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta’lim jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta’minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo‘lmagan, murakkab (ko‘plik), turli xil matnlarni o‘qish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqish, tushunib o‘qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog‘oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar qo‘yilgan4.




    1. Download 4,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 4,12 Mb.