Rivojlangan davlatlar tajribasida Online ta’lim




Download 0,65 Mb.
bet6/15
Sana22.12.2023
Hajmi0,65 Mb.
#126712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Dili BMI
611643, Презентация на тему Медиаобразование.pptx, Test. Argos. Uz platformasidagi savollar (2), Test argos uz platformasidagi savollar Axborot texnologiyalari, 12-MAVZU. TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI, XARAJATLARI VA FOYDASI (1), 4000 Essential English Words 2, 5-9 sinf choraklik testlar, Iqtisodiyot nazariyasi, Turayeva Osiyo ARIZA, DAVID RIKARDO IQTISODIYOT NAZARIYASI, Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti n. B., XALMURATOV-FARHOD-BEKMURADOVICH 17.06.2023, (5-6-7-8-9-10) Informatika test javoblar, Standartlash sohasining asosiy qonunlashtiruvchi aktlar
2.2 Rivojlangan davlatlar tajribasida Online ta’lim
Yuqori da ko’rib chiqqan intеrnеtning informatsion va kommunikatsion funktsiyalari umuman olganda odatdagi mavjud muloqot vositalari va ommaviy axborot tizimlari funktsiyalarini takrorlayotgandеk tuyuladi. Aslida xam shunday, faqat endi u mutlaqo yangi imkoniyat doirasida: tеz, qulay va sifatli, eng muhim i esa iqtisodiy jihatdan arzon ko’rinishda amalga oshiriladi. Ushbu tеxnologiyaning yana eng muhim xususiyatlaridan biri, bunda axborot manbalari, aloqa kanallari va tеxnik vositalardan bir vaqtning o’zida jamoa bo’lib foydalanish imkoniyatining mavjudligidir. Intеrnеtda muloqot qilish, axborotlarni yiish va eolon (nashr) qilishning arzonligi sababi xam ana shundadir. Bunday imkoniyatlar moxiyatini chuqurroq bilish uchun intеrnеtning o’zi qanday ishlashini, axborotlar qaysi printsiplar va usullar yordamida uzatilishi, qayta ishlanishini o’rganishimiz zarur bo’ladi.
Hozirda dunyo shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib qolyapti. Shuning uchun, ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, odamzot informatsion texnologiyalarni yaratdi.
Kompyuter - bu oddiy va qulay tarzda ma'lumotlarga yetish vositasidir. Ma'lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma'lumotlarning qayerda joylashishidan qat'i nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Hozirda shu va shunga o‘xshash boshqa muammolar kompyuterlar yordamida bartaraf qilinmoqda.
Kompyuterlar inson hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borapti va jahonda ularning soni va qo‘llanilish doirasi kengaygandan kengaymoqda. Bu esa kompyuterlarning kundankunga yanada rivojlanishini ta'minlayapti. Bularning hammasi ta'lim tizimiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Hozirda puxta bilimga ega bo‘lish uchun informatsion texnologiyalarni ham o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilmoqda, chunki ta'lim tizimi har doim zamon talablariga mos kelishi kerak.
Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, ya'ni yangi informatsion texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, ixtiyoriy o‘quv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi ma'lumotlarni olishdir. Bunda bizga internet tizimi yordam berishi mumkin.
Internet tizimi orqali ta'lim tizimi tashkil qilingan maktablar, kollejlar va o‘quv yurtlari hozirgi kunda rivojlanib borayotgan "virtual o‘quv yurtlari"ga birlashayotganini kuzatish mumkin.
Bu esa o‘quv muassasalari orasidagi masofani qisqartiradi va ma'lumotlar almashinuvini maksimal darajada ta'minlaydi. Ta'limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi-axborotni uzatish va qayta ishlashning elektron vositalariga asoslangan yangi ta'lim texnologiyalarining va o‘qitish shakllarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Masofaviy o‘qitishda o‘rgatuvchi, sinovchi va aloqa vositalari kabi texnik vosita va texnologiyalar qo‘llaniladi. O‘rgatuvchi vositalarga izohli lug‘atlar, qidiruv vositalari, elektron o‘quv qo‘llanmalar, ma'ruzalarning videokursi va boshqalar kiradi. Sinov vositalariga test savollari, o‘zo‘zini tekshirish vositalari mansub. Aloqa vositalari bular-forumlar, pochta, audio va videokassetalardir. Masofaviy ta'limda o‘qituvchi funksiyasini o‘rgatuvchi va sinovchi vositalar (to‘la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, o‘qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi.
Elektron darslikning imkoniyatlarini multiplikatsiya va videotexnikaning zamonaviy vositalarini qo‘llagan holda kengaytirish mumkin. Bular o‘quv kursi bo‘yicha videoma'ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy kompyuterga mo‘ljallangan didaktik dasturlar (electron darslik, kompyuter topshiriqnomalari, multimediyali elektron darsliklar va h.) o‘qitishning multimediyali vositalari sirasiga kiradi. Multimediya didaktik material uzatishni yuqori darajada qulay va ko‘rgazmali bo‘lishini ta'minlaydi, bu, o‘z navbatida, talabalarda o‘rganishga qiziqishni orttiradi. Yaqin vaqtlargacha masofaviy ta'lim, sirtqi ta'lim, ochiq ta'lim va hokazolar kabi tushunchalar deyarli bir-biridan ajratilmas edi. Biroq hozirgi vaqtga kelib, masofaviy ta'lim o‘z ahamiyati va zarurligini isbotladi. Biroq hozirgacha,-bu ta'lim shaklimi yoki texnologiyami degan savollar dolzarbligicha qolmoqda.
Chunki, bu savolning tushunchasidan masofaviy ta'limning strategiyasi, amalga oshirish taktikasi hamda o‘qituvchilarni masofaviy ta'limda ishlashga tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda masofaviy ta'limning tadqiqotchi va amaliyotchilari tomonidan unga quyidagicha asosiy ta'rif berib kelinmoqda: Masofaviy ta'lim - bu o‘quv materialining yetkazib berilishida, mustaqil o‘rganishida, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muloqot almashinuvida qo‘llaniladigan, an'anaviy va yangi axborot texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarini keng qamrovda ishlatilishidagi ta'limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir.
Masofaviy ta'lim kunduzgi ta'lim mazmunidagi kabi mos ravishda o‘sha maqsadlar bilan quriladi (agar u ta'limga mos keluvchi dastur bo‘yicha qurilsa), lekin, materialni yetkazish shakli, o‘qituvchi va o‘quvchilar, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zaro o‘rtasidagi ta'sir etish shakli boshqacha bo‘ladi. Masofaviy ta'limning asosiy bazaviy didaktik prinsiplari boshqa ta'lim turlari kabidir, lekin masofaviy ta'limning tashkiliy prinsiplari boshqachadir, ular masofaviy ta'lim uchun xosdir, chunki shakl xususiyatlari, internetning axborot vositasi imkoniyatlari, uning xizmatlari (chatlar, forumlar, elektron pochta, videokonferensiya) bilan ifodalangan. Masofaviy ta'limning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida modullilik, o‘qituvchi rolini o‘zlashtirish, o‘quv jarayoni subyektlarining masofa bilan ajratilganligi, ta'limning virtual kooperativligi, o‘qituvchi tomonidan yuritiladigan nazorat ustidan o‘z nazoratini o‘rnatish, zamonaviy maxsus ta'lim texnologiyalari va vositalarining ishlatilishini keltirishimiz mumkin. Masofaviy ta'lim ishlatilishining asosiy sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– ma'lum sohalar bo‘yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish;
– imtihonlarni ekspert usulida topshirishda alohida o‘quv fanlari bo‘yicha maktab o‘quvchilarini tayyorlash;
– ma'lum yo‘nalishdagi o‘quv muassasalariga o‘qishga kirish uchun maktab o‘quvchilarini tayyorlash;
– maktab o‘quvchilarining yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olishlarini tashkil etish;
– qiziqish bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim olish;
– kadrlarni kasbga qayta tayyorlash;
– kasbiy tayyorgarlik.
Masofaviy ta'lim bilan kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllarini taqqoslab, shuni xulosa qilish mumkinki, masofaviy ta'limni, personal kompyuterlar, video va audio texnika, kosmik va optik tolali texnikaning ishlatilishiga asoslangan ta'limni axborot texnologiyalari bilan ta'minlangan sirtqi va kunduzgi ta'lim rivojlanishining yangi bosqichi sifatida ko‘rish mumkin. Masofaviy ta'lim sirtqi ta'lim shaklidan shunisi bilan farq qiladiki, unda materialning mohiyatli qismi mustaqil o‘zlashtirilmasdan, o‘qituvchi bilan doimiy muloqotda amalga oshiriladi (telefon va internet, ma'ruza va seminarlarda onlayn rejimidagi konsultatsiyalar). Shuningdek, masofaviy ta'limning sirtqi ta'lim shaklidan asosiy farqlari sifatida quyidagilarni kiritish mumkin:- telekommunikatsiya vositalari yordamida o‘qituvchi bilan doimiy muloqot, vujudga keladigan savollar bo‘yicha u bilan operativ tarzda muloqot qilish imkoniyati. Rivojlangan davlatlarda yangi tipdagi o‘quv yurtlari mavjud. Bunday o‘quv yurtlari “ochiq”, “masofali” universitet, “elektron”, “virtual” kollejlar deb nomlana boshlandi. Ular o‘ziga xos tashkiliy strukturaga ega bo‘lib o‘ziga mos pedagogik usul, iqtisodiy mexanizmlardan foydalaniladi.

Buyuk Britaniyada birlashgan maktablar kichik grammatik sinflar va zamonaviy maktablarni o‘z ichiga oladi. Ilk 3 yillikda o‘quvchilar zamonaviy maktab dasturi bo‘yicha shug‘ullanadilar, keyin yoki shu dasturni davom ettiradi, yoki Grammatik maktab dasturi bo‘yicha o‘qishadi. Birlashgan maktablarda yoshiga ko‘ra 90% o‘smirlar shug‘ullanadilar.


Germaniyada umumiy maktablarda yoshiga ko‘ra 5% o‘quvchilar tehsil olishadi. Umumiy maktabning kooperativ va integral tiplari yuzaga keldi. Kooperativ maktablar asosiy, real maktab va gimnaziyalarni birlashtirdi. 9-sinfdan keyin o‘quvchilar asosiy maktabdagi kabi diplom oladilar, 10-sinfdan keyin esa diplom real maktab va gimnaziyaning o‘rta bosqichiga teng keladi. Kooperativ maktablarda mashg‘ulotlar majburiy va elektiv dastur birgaligida amalga oshiriladi.
Fransiyada yagona kollejlarda guruh bo‘yicha ta'lim doimiy tashkil etiladi.
Turli tipdagi guruhlar tuziladi: gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi bir xil, yarim gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi yaqin, geterogen-tayyorgarlik darajasi har xil.
Guruhlarga o‘qituvchilar, psixologlar, yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatchilar tavsiyasiga ko‘ra bo‘linadi. Guruhlar maktab dasturi variantlarini o‘zlashtiradilar.
Ikkita bitiruvchi sinfda kuchli va kuchsiz bosqichli guruhlar yuzaga keladi. Bu ikki xil guruhni bitirgan kollej o‘quvchilariga ta'limning keyingi tiplari tavsiya etiladi.
Yaponiya maktablarida guruhli ta'lim yaxshi mavqyega ega, uni musobaqa tarzida tashkil etishadi. Sinfdagi guruhchalar kim ko‘p ingliz tilidagi so‘zlar, ieroglif va she'r yod olish bo‘yicha bellashadilar. Baho butun guruhga qo‘yiladi. Yapon pedagoglari guruhli ta'limga har xil nuqtai nazar bilan qarashadi. Guruhli ta'lim pedagogik jihatdan to‘g‘ri, lekin guruhlarda shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlar dunyoqarashini toraytirish xavfi bor, deb hisoblashadi. Masalan, guruhni kuchlilar va zaiflar guruhiga bo‘lganda 2ta holat yuzaga keladi:
kuchlilarga, yoki kuchsizlarga e'tibor qaratiladi, bu har ikkala guruhga ham zarar.
Chilida ta'lim intizomi (Florens Torch, Alexandro Mizala). Chili ta'lim tizimining o‘ziga xos tashkiliy tuzilmasi mavjud. Chili ta'lim tizimida 1981 yilda tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi, ya'ni hukumatning markazlashgan nazorati ostida bo‘lgan ta'lim tizimi mahalliy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadigan universal vaucher tizimiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda, ta'lim muassasalari ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarga bo‘lingan. Bular kambag‘allar o‘qiydigan davlat maktablari, o‘rta qatlam tahsil oladigan vaucherli davlat maktablari va boylar o‘qiydigan xususiy ta'lim dargohlaridan iborat. Chilida talabalar orasidagi zo‘ravonlik indeksining yuqori darajada bo‘lishi, Chili maktablarida keng tarqalgan bezorilikning natijasi bo‘lishi mumkin.
Chili maktablari keskin tabaqalashuvi bilan farqlansa-da, boylar tahsil oladigan maktablardagi tartib quyiroq maktablarga nisbatan unchalik ham farq qilmaydi. O‘z navbatida, qishloqdagi tartibsizlik ko‘rsatkichi shaharga nisbatan ancha kamdir (Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: School Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, Isroilda ta'lim intizomi va yutuqlar (Yossi Shavit, Karmel Blank). Isroil ta'limidagi intizomiy iqlim va talabalarning yutuqlari orasidagi kuchli va muhim bog‘liqlik mavjud. Test natijalari rahbarlarning talabalarning mashg‘ulligi yuzasidan qilgan hisobotlari va o‘qituvchilarning sinf intizomi hisobotinig salbiy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Talabalar orasidagi va talabalar tomonidan o‘qituvchilarga nisbatan amalga oshirilgan zo‘ravonlik ommaviy axborot vositalari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘p yoritilib kelinmoqda. Isroil talabalari itoatkorlik va ehtirom borasida aralash ma'lumotlarni qabul qiladilar. Maktablarda, Isroillik talabalar ayni hisobotda ham intizomi uchun, ham fanlari uchun baholanadi. O‘z navbatida intizom bahosi qoniqarli ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, talabalar safidan chiqarilishi mumkin. Boshqa tarafdan, isroilliklar mustaqil va jasurlikni qadrlaydigan sabrli yoshlar madaniyatiga juda katta ahamiyat beradilar.



Download 0,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlangan davlatlar tajribasida Online ta’lim

Download 0,65 Mb.