• Integratsiya
  • Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari
  • Himoyaga tavsiya etaman” Markaz direktori




    Download 0,65 Mb.
    bet14/15
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,65 Mb.
    #126712
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Dili BMI
    611643, Презентация на тему Медиаобразование.pptx, Test. Argos. Uz platformasidagi savollar (2), Test argos uz platformasidagi savollar Axborot texnologiyalari, 12-MAVZU. TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI, XARAJATLARI VA FOYDASI (1), 4000 Essential English Words 2, 5-9 sinf choraklik testlar, Iqtisodiyot nazariyasi, Turayeva Osiyo ARIZA, DAVID RIKARDO IQTISODIYOT NAZARIYASI, Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti n. B., XALMURATOV-FARHOD-BEKMURADOVICH 17.06.2023, (5-6-7-8-9-10) Informatika test javoblar, Standartlash sohasining asosiy qonunlashtiruvchi aktlar
    Ta’lim jaryonida interfaol metodlardan foydalanish

    Pedagogika fanida XX asrning 80- yillaridan boshlab integratsiya, "o‘zaro aloqadorlik", “o‘zaro ta'sir", "sintez" kabi tushunchalar qo‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bo‘lib, ta'lim-tarbiya ishida integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan.


    Hozirgi paytga kelib ta'limtarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi xususiy fanlar doirasida chegaralanib qolmasdan, umumpedagogik ahamiyatga ega masalaga aylandi.
    Integratsiya (lot. Integeration-tiklash, to‘ldirish, birlashtirish. Integeryaxlit) sintezlab bir butun qilib birlashtirmoq, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma'nosida tushuniladi.
    Ta'lim mazmunini integratsiyalash deganda o‘zaro uzviy aloqador, birbirini taqozo etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan o‘quv predmetlari mazmunini sintezlash, ya'ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni tushunamiz.
    Integratsiya (mujassamlashtirish) va differensiatsiya (tabaqalashtirish) birbiridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, biri ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi, balki ular har doim bir vaqtni o‘zida o‘rganilayotgan obyektning ikki tomoni sifatida 8 namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma'lum ustunlikka ega bo‘lishi ham mumkin.
    Masalani ikki tomonini fan-texnika taraqqiyoti natijasida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishida turli kasblarning paydo bo‘lishi, ya'ni tabaqalanishini, mexanizatsiya, avtomatizatsiya va yana qo‘shma kasblar yoki keng ixtisosli mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini ko‘rsatish mumkin.
    Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy bilimlarining o‘zaro ta'siridan farqli o‘laroq quyidagi yo‘nalishlarda kechishi mumkin: — alohida olingan fan doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida; — fanlararo o‘zaro aloqadorlik doirasida, ya'ni bir yoki bir necha sohalar doirasida; — maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar.
    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar uyg‘unligini integrativ yondoshuv sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq nisbatan mustaqil qismlarda kechayotgan jarayonlarni birlashtirish - integratsiyalashtirishning natijasi bo‘lishi mumkin. Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi. Tizimlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir.
    Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganish quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:
    - mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganishning mohiyati, mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va vositalarini o‘rganish;
    - turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiynazariy va pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish;
    - tahsil oluvchilarning o‘quv-bilish faolligi, mustaqilligi va bilimlar darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini isbotlash;
    - ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texniktexnologik bilimlarni sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash.
    Ko‘p hollarda ta'lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli va majmuaviy yondoshuvlar sinonim sifatida talqin etiladi. Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini o‘rganilayotgan obyektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi.
    Lekin ular bir-biridan mohiyatiga ko‘ra ham farqlanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida integrativ yondoshuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit obyektning ichki va tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib borilishi mumkin. Kichik mutaxassislarni tayyorlashda integrativ yondoshuv mutaxassislikka oid bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy safat hamda fazilatlarni yaxlitligini ta'minlash uchun qo‘llaniladi. Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi.
    "Pedagogika" o‘quv predmeti integrativ fan sifatida quyidagi masalalar o‘z yechimini qanday topganligiga bog‘liq holda uning samaradorligi aniqlanadi:
    1. Integrativ o‘quv predmeti tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv predmetining qanday vazifa yechimini ta'minlashdagi roli;
    2. Nisbatan tor doiradagi o‘quv predmetlarining didaktik vazifalarini integratsiyalash jarayonida to‘liq saklab qolgan holda umumiy maqsadga bo‘ysundirilishi;
    3. Integrativ o‘quv predmetini o‘rganish metodikasi, shakli, metodlari, vositalari va shart-sharoitlarini majmuaviy ishlab chiqish.
    Yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarga xotima berib aytganda tizimli, majmuaviy va integrativ yondashuvlarning umumiylik jihatlari mavjud bo‘lib, o‘ziga xos tafovutlarga ham egadir. Umuman olganda integrative yondoshuvga tizimli va majmuaviy yondoshuvlarning natijasi sifatida qarash mumkin. Integratsiya muammosini didaktik jihatdan tadqiq etilishi-uni ta'lim prinsipi sifatida talqin etilishini talab etadi.
    Metodik nuqtai nazardan olib qaraganda integratsiya ta'lim-tarbiya jarayonini 10 takomillashtiruvchi va ko‘zlangan natijani kafolatlovchi shart-sharoit va usul deb tadqiq etilishidir. Integrativ yondoshuv ilmiylik, kasbiy yo‘nalganlik, politexnizm, uzviylik, muntazamlik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, tabaqalashtirish kabi didaktik prinsiplar bilan aloqadorlik hamda uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
    O‘z navbatida integrativ yondoshuv ham hech qachon boshqa didaktik prinsiplarga o‘xshab o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik va metodik masalalar yechimini aniqlaydi. O‘quv materiali mazmunini integratsiyalash didaktik jarayon sifatida ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovli, tizim shaklidagi tadqiqot obyekti hisoblanadi.
    Uni tahlil qilish (o‘rganish) tizimli-tuzilmaviy yondoshuvni talab etadi. Chunki uning funksiyasi, tarkibi, tuzilishi va shu kabi muhim xususiyatlarini o‘rganish ko‘zda tutiladi. Maxsus fanlarni integratsiyalashda ulardagi barcha xarakterli xususiyatlarni sintezlash emas, balki eng muhim va umumiy g‘oyalar, muammolarni sintezlash ko‘zda tutiladi. Integratsiyalash alohida o‘quv predmetlari chegarasida amalga oshiriladigan nazariy sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez shaklida namoyon bo‘lib, bevosita umummilmiy bilimlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. Ingegratsiya-sintezning yuqori darajasi hisoblanadi.
    Bilish jarayonida, tahlil qismlarga ajratish, sintez esa ularni birlashtirish (umumlashtirish) sifatida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrofmuhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
    Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta'lim jarayonida turli hil tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birga o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalashadi. Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shakllarining turli - tumanligi bilan ajralib turadi.
    Ma'lumki, atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi.
    Shuning uchun ta'limning natijasi maktab ta'limining 1-bosqichiga bog‘liq.
    Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyati cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchani ko‘rib chiqishga imkon beradi.
    Bu boshlang‘ich ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
    Bir qator ishlar boshlang‘ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish sohasidir. Boshlang‘ich maktab fanlari integratsion aloqalarining mohiyati haqida olimlar orasida qaramaqarshiliklar ko‘p.
    Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. Integratsiya lotincha integration tiklash, to‘ldirish, integer-butun so‘zidan kelib chiqqan.
    Bu borada ikki tushunchaga egamiz:
    1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.
    2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi. (tabiat-jamiyat-inson).
    U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi.
    Zamonaviy didaktika va metodikada ta'kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta'limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.
    Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich – tabiat haqidagi elementar bilimlarni birlashtirish;
    oraliq – fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi;
    yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta'limning oxirgi bosqichi integratsiyasi.
    Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta'limni to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma'lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir.
    Bu bog‘liqlik boshqa bilimlarga nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta'minlaydi.
    Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir.
    Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish, yangi dalil va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqala amalga oshiriladi.
    Bilimlarning eng oddiy umumlashtirishi sodir bo‘ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo‘lgan bilimlar bilan bog‘lansa ayni muddao bo‘lar edi. Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishini ta'minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi.
    Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarini aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi.
    Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasidagi bo‘shliqlarni chegaralashga imkon beradi. Bayon qilingan psixologik dalillar yordamida boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta'limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlash mumkin. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninning “Pedagogika” kitobida darslarda qo‘llanadigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta'lim muammolari aks etmagan.
    Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya differensiya jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir.
    O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv-differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmaydi.
    Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish jarayonidir.
    Qator olimlar maktab ta'limini integratsiyalashning muhimligiga e'tibor qaratsa, ba'zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi.
    Demak, integratsiya - o‘quvchining turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli shakllarini almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishini oldini oladi.

    XULOSA
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnololgiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak.
    Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.Masofaviy ta’limni esa interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda. O‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan maqsadga, kafolotli natija erishish koeffetsenti oshadi. Ta’lim beruvchi (o‘qituvchi) o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda uni olib borishda, asosan electron kitoblar , videoroliklar, testlar va turli internet o’yinlarini qo’shgan holda darsni tashkil etishi lozim. Ta’limni tashkil etishda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichlari talablariga binonan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, turli xil metodlardan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning faolligi oshadi, darsga bo‘lgan qiziqishi ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmasi shakllanadi. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Tajriba mashg‘ulotlari bevosita Amaliy topshiriqlar bilan olib boriladi.

    Ushbu kurs ishi “Onlayn ma'ruzalarning ta'lim jarayonida qollanilishi” deb nomlanib, u ikki bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyalari, an’anaviy va masofaviy ta’limning yutuq va kamchiliklari, talabalarning bilimini baholash turlari va ularning avzallik hamda kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda masofaviy talimda qo’llaniladigan platformalar va ularning qo‘llash uslublari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.



    Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari

    1. Mirziyoyev . Sh. M. ” Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.:O’zbekiston 2017-y


    2.Тayloqov.N va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari». 1-2 qismlar,
    Тoshkent, «O’qituvchi». 2012 yil
    3. Abduqodirov va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari» . 8-9 sinflar uchun. Тoshkent, «O’qituvchi»,2006 .
    4. B.Boltayev va bosh. – «Informatika darsliklari» Тoshkent-2014
    5. Azlarov Т. – «Informatikadan davlat ta’lim standartlari» Figurnov V.E. «IBM dlya polzovatelya». Moskva 2010

    Download 0,65 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoyaga tavsiya etaman” Markaz direktori

    Download 0,65 Mb.