Ispring platformasida test tuzishning avfzalliklari
Bugungi kun o'qituvchisidan o'ziga ishonib topshirilgan ma'suliyatli vazifani sidqidildan ado etish, kasbiy faoliyatida zamon bilan hamqadam faoliyat olib borish talab etitladi. Avvalo, har bir o'qituvchi o'z kasbiga mehr va ma'suliyat bilan yondoshib, o'tadigan har bir soat darsini muqaddas bilib yondoshib, o'tadigan har bir soat darsni muqaddas bilib bilib, unga zarracha xiyonat qilib bo'lmasligini his etish lozim. Buning uchun kundalik darsga puxta tayyorgarlik ko'rishi, eng zamonaviy texnologiyalarni o'z faoliyatida qo'llay turib, dars sifati va samaradorligini ta'minlay bilishi lozim.
O'zliksiz ta'limning qay bo'g'ini rivojlanmasin boshqa bo'g'inlarga shuningdek, jamiyat, davlat rivojiga ta'sir yetish tabiiy yekanligini yurtimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov muallifligida ishlab chiqilgan. Bevosita rahbarligida hayotga tatbiq qilingan va dunyo mutaxasislari e'tiboriga sazovor bo'lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli natijasida hayotning o'zi ko'rsatdi.
Umumiy o'rta ta'limda, oliy o'quv yurtlarida bugungi dolzarb vazifalardan biri bu, darslarda ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilg'or pedagogik texnologiyalardan unumli va o'z o'rnida foydalanishdir.
Hozirgi kunda darslarni tashkil etishning zamonaviy usullaridan biri interfaol metodlardan foydalanishiga keng ahamiyat qaratilmoqda. Interfaol metodlar yordamida har bir darsda o'quvchilarni faol qilish jarayoniga undash, mustaqil ravishda aqliy faoliyatinini rivojlantirishga imkoniyat yaratish mumkin.
Zamonaviy pedagogik interfaol metodlar asosida o'tilgan darslarda o'qituvchi va o'quvchilar fanlararo bog'lanishni, mavzularning mazmun mohiyatini chuqur tahlil etadi. Darsda muamoli vaziyatlar yaratiladi. Ba'zan o'qituvchi, ba'zan esa o'quvchilarning o'zlari muammoni o'rtaga tashlaydilar va fikr yuritib, yechimni topishga intiladilar. Zamonaviy o'qituvchi har bir
darsni qiziqarli va mazmunli tashkil yetishi zarur. O'qituvchi shunday metoddan foydalanishi kerakki, u darsda ortiqcha vaqtni olmasin, foydalanishda o'qituvchi ham, o'quvchi ham qiyinchilikka duch kelmasin. Shunday interfaol metodlardan biri bu «Klaster» metodidir. «Klaster» metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim oluvchilarga ixtiyoriy muamolar xususida erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
TADQIQOT NATIJALARI
Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq obyektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faolitiyatining ishlash tamoyili bilan bog'lig' ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguncha qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashiga xizmat qiladi. Klasterga ajratish, o'quvchilarga biror bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishiga yordam beradigan pedagogik strategiyadir.
"Klaster" so'zi g'ujm, bog'lam ma'nosini anglatadi. Biror mavzu bo'yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o'rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Klaster usulini tuzish ketma-ketligi:
1. Katta qog'ozning o'rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo'lgan sathga kalit so'z hamda gap yoziladi.
2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so'z va gaplar yoziladi.
3. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo'lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi.
4. Keltirilgan so'z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi.
Stil va stil g'oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan "Klaster" metodi puxta o'ylangan strategiya bo'lib undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Bu interfaol usulning afzalligi uning qo'llash natijalari. Klasterni qo'llash quyidagi afzalliklarga ega:
- U hamma jamoani o'qish jarayoniga, jalb etadi, ularga bu qiziqarli;
- Bolalar faol va ochiq gapirishadi, nega deganda ularda xato gapirishlik, noto'g'ri fikrni bayon etish qo'rquvlari bo'lmaydi.
Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi bilimdonlik mahoratlari oshadi:
- savol qo'yish mahorati;
- asosiysini ajrata olish;
- sabab-qidiruv aloqalarini o'rnatish va aqlli xulosalarni qurish;
- shaxsiydan umumiyliga o'tish, muammolarni butunligida tushunish;
- tahlillash va solishtirish;
- analoglarni o'tkazish.
MUHOKAMA
Klaster usuli ishlatish darslarda bolalarga nima beradi? Bolalarni fikrlash qobiliyatini, ularni o'z fikrlarlarini aytishlarini rivojlantiradi. Bularning hammasi kuzatish natijalarida, yangi bilim olish tajribasida, bir vaqt ichida bir nechta yo'nalishlarni ko'rishda, axborotlarni ijodiy jihatdan tahlillashni rivojlantiradi.
Klaster metodini darslarning hamma turlarida, har xil mavzularda ishlatsa bo'ladi.
Masalan: o'quvchilarning darsga kechikishlarini, darsdan keyin uyga kech borishlarini tekshirish uchun ham bu "Klaster" metodidan unumli foydalansak ham bo'ladi. Aytishimiz mumkin, bu metod dars jarayonida foydalaniladi-ku? Qanday o'quvchining darsga kelib-ketishini, uyga darsdan so'ng kech borishini biz bu metod orqali tekshira olamiz? Degan bir kichik savol tug'iladi. Biz o'quvchilarimizga ularni qiziqtirish uchun oddiy topshiriq beramiz.
Ya'ni har biringiz uylaringizdan maktabgacha bo'lgan masofani qanday yo'nalishlarda bosib o'tasiz? Maktabga kelayotganlaringizda nimalarni yo'lingizda ko'rasiz (bolalar bog'chasi, boshqa maktab hovlisi, cho'milish havzasi, sport maydonchasi, qurilish majmualari v.b.) ya'ni harakatlanish yo'l xaritangizni chizib keling deymiz.
|