6
I BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o„rganilishi
1.1.
Umumta‟lim maktab darsliklarida Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodining o„rganilishi
―…Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma‘rifatli, ayni
paytda o‗zining o‗tmishi, ulug‗ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va
kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak‖
2
ligini har bir
murabbiy chin yurakdan his qilmog‗i lozim. Buni o‗quvchi-yoshlarga tez va
oson yetib borishini ta‘minlashda esa, bizga adabiyot fani yordamga keladi.
Chunki, adabiyotning bosh vazifasi ham tarbiyalashdir. O‗z
shaxsiyati va
asarlari bilan insonlarga ibrat bo‗la oladigan, ularga ma‘rifat nuri
ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini o‗rganishimizning
ham asl mohiyati shunda.
―Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‗rganish uning dunyoqarashini
aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‗g‗ri
baho berish uchun zamin
hozirlaydi‖. Ba‘zan yozuvchi va shoirlarning hayotini o‗rganish shart emas, degan
qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni
to‗plash ilmning chinakam ―qora ishi‖ sifatida baholanishi kerak. Sababi, bu xil
ishlar konkret ijodkorning shaxs va san‘atkor sifatidagi
tadrijini kuzatish yoki
konkret asarning ijodiy tarixini to‗g‗ri talqin qilish uchungina emas, ijod
psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik
muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Adib hayotiga oid
ma‘lumotlar o‗zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib haqida aytilgan
zamondoshlar,
uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va
muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida
yetib kelgan manbalardan
olinishi mumkin.
2
Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 55-бет.
7
Aql-zakovati va salohiyati bilan butun dunyoni lol qoldirgan Zahiriddin
Muhammad Bobur aynan namuna qilib ko‗rsatishga arzigulik shaxs edi. Shuning
uchun umumta‘lim maktablarining 5-, 9-sinf o‗quvchilari va o‗rta
maxsus
ta‘limning 2-kurs talabalari uchun mo‗ljallangan darsliklarda shoh va shoir
Boburning hayot yo‗li, ijodiy merosi atroflicha bayon qilingan. Bunda
o‗quvchilarning yosh xususiyatlari e‘tiborga
olingan holda, darsliklardagi
ma‘lumotlar izchillik bilan soddalikdan murakkablikka, mavhumlikdan aniqlikka
tomon siljib boradi. Bu xususiyatni aniqroq ko‗rsatib berish uchun darsliklarga
murojaat qilamiz: