-sinf adabiyot darsligidagi ma‟lumotlar




Download 191,66 Kb.
bet5/34
Sana24.11.2023
Hajmi191,66 Kb.
#104760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Adabiyoti universiteti-fayllar.org

5-sinf adabiyot darsligidagi ma‟lumotlar

3

Zahiriddin Muhammad Bobur ham shoh, ham shoirdir. ―Bobur‖ so‗zi arab tilida


―sher‖ degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning 
murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o‗rniga
shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday 
bir paytda o‗z yurtiga sig‗magan temuriyzoda Bobur Hindistgtonga bosh olib
ketdi. U yerda buyuk saltanat o‗rnatdi. O‗z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi 
qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch
yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur iste‘dodli shoir edi. U go‗zal g‗azallar yozdi. 

Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko‗rgan-kechirgan voqealari haqida


―Boburnoma‖ asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U so‗zni 
go‗zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan
shohlardan edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‗ildi. 

Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‗ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‗


Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
3
(Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 

5-sinfi uchun darslik). II qism. – T.: Sharq, 2011-yil, 107-108-betlar. )




8


Bo‗lajak shoir 12 yoshida otasi bevaqt vafot etib, Andijonni boshqarish
uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 
yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‗ladi. Keyin ham ikki
marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‗ldi. Lekin saqlab qolish nasib 
etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‗ldan berib goh otliq, goh yayov
yurgan paytlari ham bo‗ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, 
Xurosonga o‗tdi. Kobul va G‗aznani qo‗lga kiritdi. So‗ng 1526-yilda esa
Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‗rnatdi. 
U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki

vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‗chiriladi.


5-sinf adabiyot darsligida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi 

haqida qisman to‗xtalib o‗tilgan, xolos. Biz bu darslikdagi ma‘lumotni


―ZahiriddinMuhammad Bobur hayotiga kirish‖ deb baholash mumkin. O‗qituvchi 
5-sinf darsligida berilgan ma‘lumotlarni o‗quvchilarga quyidagi interaktiv
metodlardan foydalanib mavzuni mustahkamlashni tavsiya etamiz. 
Quyidagi jadval orqali o‗quvchilarning xotirasida Boburning shoh sifatidagi, shaxs
sifatidagi, shoir sifatidagi ma‘lumotlari to‗planadi va tavsiflanadi. 



Download 191,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 191,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinf adabiyot darsligidagi ma‟lumotlar

Download 191,66 Kb.