• Fikriy hujum” g„аzаl nimа”
  • Tаdqiqоt” metodi
  • Himoyaga tavsiya etilsin”




    Download 191,66 Kb.
    bet14/34
    Sana24.11.2023
    Hajmi191,66 Kb.
    #104760
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
    Bog'liq
    Adabiyoti universiteti-fayllar.org

    Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qtur. 
    9
    Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Сочининг савдоси тушди. – Т.: Шарқ. 2007-йил, 188-бет 


    26


    Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,


    Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.

    Bobur
    ruboiylaridan 


    namunalar
    akademik 
    litsey
    talabalari 
    uchun
    mo‗ljallangan darslikda ham uchraydi. 5-sinf adabiyot darsligidagi ruboiylarning 

    ba‘zilari takrorlansa-da, mavzu doirasi kengayganligini ko‗rishimiz mumkin.


    Demak, endi faqat vatan sog‗inchi, unga yetishish orzusi va yeta olmagani 
    armonlari emas, balki haqiqiy va majoziy ishq kuylangan ruboiylari bilan ham
    tanishamiz.
    Akademik litsey darsligida Zahiriddin Muhammad Boburning yigirma to‗rtta
    ruboiysi keltirilgan bo‗lib, ularning tarkibida avtobiografik mavzudagi ruboiylar 
    ham, sof intim lirikaning mahsuli hisoblanmish ruboiylar ham mavjud. Ammo
    ularning ko‗pchiligi ijtimoiy hayot bilan bog‗liq. Shu sababli ularni tahlil qilishda 
    Bobur hayot yo‗liga e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi.
    Bobur g‗azallaridan namunalar 9-sinf adabiyot darsligida 2 ta, akademik 
    litseylarning ikkinchi bosqich talabalari uchun tuzilgan darslikda 19 ta keltirilgan.
    9-sinf darsligida berilgan ―Mening ko‗nglumki, gulning g‗unchasidek tah-badah 
    qondur‖ va ―Mushkuldur‖ radifli g‗azali akademik litsey darsligida takroran
    keltirilgan. Demak, o‗n ikki yillik majburiy ta‘limda o‗quvchilar Boburning 119 ta 
    g‗azalidan 19 tasi bilan tanishadilar. Bulardan tashqari darslikda yana quyidagi
    she‘rlari keltiriladi: “Kerak”, “O‘lum qayg‘usig‘a borub jahondin bo‘ldim osuda”, 
    “Topmadim”, “Qoldimu”, “Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga”, “Ne xush
    bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam”, “Sochining savdosi tushti 
    boshima boshdin yana”, “Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching”, “Baloyi
    ishqki, har dam manga jafoyedur”, “Sening ishqingda…”, “Xazon yafrog‘i 
    yanglig‘…”, “G‘ofil o‘lma…”, “Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur”,
    “Bahor ayyomidur…”, “G‘urbatda ul oy…”, “Topilmas”, “Yaxshilig‘”.


    27

    Bobur Mirzo ulug‗lagan komillik, ezgulik va go‗zallik yaxshilik va
    hamjihatlikning, o‗zaro ittifoq va osoyishtalikning buyuk timsollari sifatida butun 
    insoniyat qalbida iftixor tuyg‗usini uyg‗otadi. Bulardan ma‘lum bo‗ladiki, shoir
    lirikasining adabiyot darslarida o‗qitilishining amaliy ahamiyati katta. Darsga
    o‗quvchilarni yanada qiziqtirish uchun interaktiv usullardan innovatsion
    texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.


    O‘qituvchi:“Dunyo dеgаn shundаyin аnglаb bo’lmаs sir ekаn”. Dаrhаqiqаt,
    shоirimiz Аbdullа Оripоv аytgаnidеk, dunyo – sir, hаyot – sir. Qo’ligа qаlаm 
    ushlаgаn zоt bоrki, аnа shu “аnglаb bo’lmаs sir”ning tаgigа еtishgа urinаdi. Lеkin
    оlаm sir-sinоаtlаrini Bоbur Mirzоchаlik izlаgаn shоir kаm bo‘lsа kеrаk. Chunki, 
    shе’riyatning o‘zi hаm sir. Mumtоz so‘z sаn’аtkоrlаri sаtrlаridа jо bo‘lgаn jilоlаrni
    аniqlаsh, bilib оlish uchun nimаlаrgа e’tibоr bеrish lоzim? Shоirni qаlаm tutishgа 
    undаgаn dаrd nimаdаn ibоrаt? Bugungi dаrsimizdа аnа shu sаvоllаrgа jаvоb
    izlаymiz, Bоbur g‘аzаllаrining sеhrli оlаmigа sаyohаt qilаmiz. 

    Fikriy hujum” g„аzаl nimа?”


    bu metodda

    o‗quvchilаr
    g‘аzаl
    hаqidаgi fikrlаrni shu pаytgаchа o‘rgаngаn bilimlаri аsоsidа bildirа bоshlаydilаr. 
    Bildirilgаn fikrlаr sinf tахtаsigа yozib bоrilаdi. Nоto’g’ri fikrlаr uchun hаm tаnbеh
    bеrilmаydi, chirоyli, аsоsli fikrlаr rаg’bаtlаntirilаdi vа umumiylаshtirilаdi. 
    1-o‘quvchi: Gʻazal (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish)
    — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. "Gʻazal" atamasi dastlab VI-
    VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari
    adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy 
    adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin
    21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi. 


    2-o„quvchi: Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir
    bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. 
    Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni



    28
    matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan 


    chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik


    anʼanaga aylangan. 


    3-o„quvchi: Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik
    uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, 
    mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4
    mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora 
    gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona
    va rindona gʻazallarga boʻlinadi. 
    O‗quvchilаr mustаqil fikr bildirib, bu usulni dаvоm ettirishlаri mumkin.
    O„qituvchi: Oʻzbek adabiyo-tida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning 
    "Qisasi Rabgʻuziy", Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida uchraydi; keyinchalik
    Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, 
    Alisher Navoiy, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy,
    Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi. 
    Shuningdek Bobur ham o‗z ijodida go‗zal g‗azal namunalarini yaratgan.
    Tаdqiqоt” metodi
    orqali o‗qituvchi quyidagi g‗azal yuzasidan
    guruhlаrdа kichik ilmiy tаdqiqоt olib boriladi. Bu metodda o‗quvchilar g‗azalning
    shakliga va mazmuniga chuqurroq kirib boradilar. 



    Download 191,66 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




    Download 191,66 Kb.