36
tahlil qilib ko‗radilar. Bu metodda qisqalik, aniqlik va tezlikka e‘tibor qaratiladi va
shu talablar asosida ball beriladi.
1-guruh Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o‘ldum?
Yuz mehnat-u anduh bila yor o‘ldum!
Vasling bila bisyor sevindum avval,
Hajring bila oqibat giriftor o‘ldum.
Bu she‘rni ishq-muhabbat mavzusidagi ruboiy deyishimiz ham mumkin.
Lekin, vasli bilan avval sevinib, keyin hajri o‗tida kuyishi ko‗proq vataniga qarata
aytilayotgandek bo‗ladi va bu haqiqatga yaqinroqdir. Chunki uning hayot yo‗lida
yuz bergan voqealar bizga ayon.
2-guruh
Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingga yetishmadim, jihat bu erdi:
Ohim tutuni bila ko‘zum yoshidin
Yo‘l balchiq erdi, kecha qorong‘u erdi.
Hayotning butun
achchiq-chuchugini tortgan, katta hayotiy tajribaga ega
bo‗lgan Boburning ko‗pgina baytlari hikmatday jaranglaydi. U atay nasihat
qilmaydi, bu uning hayotiy kuzatishlari va xulosalaridan kelib chiqadi:
3-guruh
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur,
G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka,
37
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
11
Qanday purma‘no satrlar. Bu besh kunlik dunyo hech kimga vafo qilmagan.
Shu sababli, Bobur agar dunyo dushmaningni g‗olib qilib, kibr-u havo mayidan
mast qilib qo‗ysa, g‗am yema. O‗zi boshini ko‗kka yetkazib, yana o‗zi yerga olib
kelib qo‗yadi, demoqchi.
“Ijod qil” metodi
dan foydalanib
Bоbur ijоdidаn ilhоm оlib, quyidаgi
so‗zlаrdаn bаyt hоsil qiling. Siz kаshf etgаn nаzm chеchаgi bizning Bоbur Mirzоgа
bo‗lgаn chuqur ehtirоmimiz vа bеrgаn yuksаk bаhоmiz bo‗lаdi:
Hаr, bаrchаsi,