44
Asarda nomlari qayd qilingan shaxslar ijtimoiy-siyosiy
mavqei,
dunyoqarashi, xulq-atvori, xatti-harakati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bobur
ularga xos xususiyatlarni aniq ravishda, ayrim o‗rinlarda
badiiy umumlashtirgan
holda tasvirlaydi. Husayn Bayqoro haqida o‗quvchilar ma‘lumotga ega. Navoiy
Hayoti va ijodini o‗rganganimizda ham bu tarixiy shaxs haqida ma‘lumotlar
uchraydi. ―Boburnoma‖da ham Bobur Husayn Boyqaro haqida batafsil ma‘lumot
beradi. O‗quvchilarga asarda keltirilgan Husayn Boyqaroga oid ma‘lumotlarni
mustahkamlashimiz uchun quyidagi metoddan foydalanishni tavsiya etamiz.
“Jumlalarni davom ettiring”
metodi.
Bu
metodda
o‗quvchilarga jumlalarni davom ettirish uchun kalit so‗zlar beriladi. O‗quvchilar
esa shu kalit so‗zlardan foydalanib jumlalarni davom ettiradilar.
1. Husayn Boyqaroning valodat va nasabi……………….
2. Husayn Boyqaroning shakl-u shamoyili………………
3. Husayn Boyqaroning axloq va atvoqi………………
4.
Husayn Boyqaro Shujo va mardona kishi edi………………….
1-o‘quvchi Valodat va nasabi. Valodati sekkiz yuz qirq ikkida Hirida
Shohruhmirzo zamonida edi. Sulton Husayn mirzo binni Mansur binni Boyqaro
binni Umarshayx binni Amir Temur… Onasi Firuzabegim edi. Temurbekning
nabirasi. Sulton Husayn mirzo Mironshoh mirzoning ham nabirasi bo‘lur edi.
Sulton Husayn mirzo karimuttarafayn (ikki taraflama ulug‘) edi…
2-o‘quvchi Shakl-u shamoyili: qiyiq ko‘zluk, sher andom (qomat) bo‘yluq
kishi edi. Belidin quyi inchka (ingichka) edi. Bovujudkim, ulug‘ yosh yashab, oq
soqolliq bo‘lub edi, xushrang qizil, yashil abrishimni (ipak) kiyar edi. Qora qo‘zi
bo‘rk (telpak) kiyar edi yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik sepech (uch o‘ram)
dastorni (salla) yap-yassi yomon chirmon (o‘ralgan) chirmab, qarqaro o‘tag‘asi
(podsholi jig‘asi) sanchib, nomozg‘a borur erdi.
45
3-o‘quvchi Axloq va atvoqi: Mafosil (bod kasalligi) zahmati jihatidin namoz
qila olms edi, ro‘za ham tutmas edi. Harrof (chechan) va xushxulq kishi edi. Ba’zi
muomalotta (muomala) sharni (shariat) bisyor rioyat qilur edi. Bir qatla bir o‘g‘li
bir kishini o‘ldurgani uchun qonliqlarig‘a topshurub, dorulqazog‘a (qozixona)
yibordi…
4-o‘quvchi Shujo va mardona kishi edi… Temurbekning naslidin ma’lum
emaskim, Sulton Husayn mirzovha qilich chopmish bo‘lg‘ay. Ta’bi nazmi bor edi.
Devon ham tartib qilib edi. Turkiy aytur edi. Taxallusi “Husayniy” edi…
16
O„qituvchi: Ko‗rinib turibdiki, Bobur Husayn Boyqaroning shunchaki ta‘rif-
taavsifini berib ketmaydi, balki uning tashqi ko‗rinishi, xulq-atvori va nasl-nasabi
haqida ham ishonchli ma‘lumotlarni beradi.
Akademik litsey darsligining II qismida
Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodidan bir mavzu oldin (Husayn Booyqaro→Muhammad
Solih→Bobur) Husayniy ijodidan lavhalar keltiriladi. Unda ―Risola‖ asari va
g‗azallaridan namunalar keltiriladi, xolos. Yuqoridagi
parcha orqali esa
o‗quvchilar Husayn Boyqaro haqida keng va atroflicha ma‘lumot oladilar.
―Boburnoma‖da Alisher Navoy, Abdurahmon Jomiy, Behzod kabi ko‗plab
yirik ijodkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatiga xolis baho beriladi.
Masalan,
Bobur Alisher Navoiy haqida so‘zlaganda uni “Alisherbek naziri yo‘q kishi
erdi. Turkiy til bilan to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon
emas”, deb ta‘riflaydi va fan-madaniyat homiysi ekanligi alohida ta‘kidlanadi.
Ahli fazl va ahli hunarg‘a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum
emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va
Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha
16
To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi
bosqich
o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 178-179-betlar.
46
tarqqiy va shuhrat qildilar.. Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa
muvaffaq bo‘lmish bo‘lg‘ay…”
17
Darslikda aynan Navoiy haqidagi parchaning berilishida ma‘lum sabab bor.
Chunki o‗quchilar Alisher Navoiy haqida ancha ma‘lumotlarga ega bo‗lib,
―Boburnoma‖dagi matnni uqib olishga uncha qiynalmaydilar.
Har bir asarni o‗rganishdan va o‗rgatishdan oldin asarning yaratilish davriga
va asar tiliga alohida e‘tibor qaratmoq lozim. ―Boburnoma‖ asarida ham bugungi
kun o‗quvchilari tilda tushunish qiyin bo‗lgan so‗zlar uchraydi. Quyida
keltirilgan
metod orqali o‗quvchilar asardagi so‗zlar lug‗atini oson eslab qoladilar va tushunib
oladilar.
“
Ikki tomonlama kundalik” metodi.
Bu metodda ikki
qisimdan iborat bo‗lgan jadval tuziladi. Jadvalning birinchi qismiga ―Boburnoma‖
asaridagi o‗quvchilarga notanish bo‗lgan so‗zlar yoziladi. Ikkinchi qismi ochiq
qoldiriladi O‗quvchilar esa ochiq qolgan qismga shu so‗zning
bugungi kundagi
ma‘nosini topib yozadilar va izohlaydilar. O‗qituvchi esa javoblarni tinglab
natijalarni to‗plab boradi.
Bu metod o‗quvchilarga asar tilini yushunishga kata yordam beradi.
O‗quvchilar topshiriqni bajarish jarayonida ―Boburnoma‖ asaridagi notanish
so‗zlar lug‗ati hosil bo‗ladi.