• Tanlab topaman” (TT) metodi.
  • Himoyaga tavsiya etilsin”




    Download 191,66 Kb.
    bet19/34
    Sana24.11.2023
    Hajmi191,66 Kb.
    #104760
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
    Bog'liq
    Adabiyoti universiteti-fayllar.org

    texnologiyalar.
    ―Boburnoma‖ – ilmiy, adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‗z 

    davridagi ko‗plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko‗plab


    tog‗lari, daryolari, o‗rmon va cho‗qqilari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
    ahvoli haqida ma‘lumotlar jamlangan. Asar ―Boburiya‖, ―Voqeoti Bobur‖,
    ―Voqeanoma‖, ―Tuzuki Boburiy‖, ―Tabaqoti Boburiy‖, ―Tavorixi Boburiy‖
    12
    kabi

    nomlar bilan ham ma‘lum. Boburning o‗zi esa ―Vaqoye‖, ―Tarix‖ degan nomlarni


    ishlatgan. Fikrimizning isboti sifatida esa Bobur qalamiga mansub bo‗lgan 
    to‗rtlikni keltirib o‗tamiz.
    Bu olam aro ajam alamlar ko‘rdum,

    Olam eliding turfa sitamlar ko‘rdum, 


    Har kim bu vaqoye’ni o‘qir, bilgaykim, 

    Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum. 


    ―Boburnoma‖da XV asrning oxiridan XVI asrning 30-yillariga qadar ro‗y
    bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494-yil voqeasi tasviri bilan
    Samarqand hukmdori Sulton Ahmad mirzoning Farg‗onaga hujumi, Umarshayx
    mirzoning halok bo‗lishi va 12 yoshga qadam qo‗ygan Boburning taxtga chiqishi 
    bayoni bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi kengayib, chuqurlashib,
    murakkablashib boradi. Bobur Movarounnahrdagi, keyinroq Xuroson, Afg‗oniston 
    va Hindistondagi voqealarni bayon qiladi. Biroq muallif tarixiy voqealarni sanab
    o‗tish yoki ular haqida ma‘lumot berish bilan cheklanmaydi, balki u tarixiy 
    12
    Teshaboyev B. Boburning ―Boburnoma‖ asaridan foydalanish // Xalq ta‘limi. 1993. №10-12, 26-bet 


    39
    voqealarning manzarasini, tarixiy shaxslarning qiyofasi va xarakterini, tabiat 


    lavhalarini chizib beradi, maroqli va jozibali badiiy uslub bilan turli xil


    sarguzashtlarni, rivoyat va latifalarni hikoya qiladi, xalq maqollari va she‘riy 
    parchalar bilan o‗z asarini bezaydi, turli usul va til vositalaridan foydalanadi.
    Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘limiga ―Boburnoma‖ asaridan ba‘zi parchalar 
    kiritilgan bo‗lib, bu parchalar o‗quvchilarga asar haqida ma‘lumot berishga xizmat
    beradi. Amaldagi darsliklarda Husayn Boyqaro ta‘rifi keltiriladi. Hozirgi
    umumta‘lim maktablarining 9-sinf va akademik litseylar uchun mo‗ljallangan II
    kurs adabiyot darsliklarida joy nomlaridan Farg‗ona, Andijon va Samarqand, 
    Hindiston tasviri keltiriladi:
    “Farg‘ona viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe 
    bo‘lubtur. Sharqi Koshg‘ar, g‘arbi Samrqand, janubi Badaxshonning sarhadi
    tog‘lar… Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog‘ voqe 
    bo‘lubtur. G‘arbi tarafikim, Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur. Ushbu
    jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo‘jand 
    suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla
    o‘tub, g‘arb sori oqar.
    Yetti pora qasabasi bor: beshi Sayxun suvining janub tarafida, ikki(si) shimol
    jonibida. Janubiy tarafidag‘i qasabalar(dan) biri Andijondurkim, vasatta voqe’ 
    bo‘lubtur, Farg‘ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun
    va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas. 
    Andijon noshpotisidin yaxshiroq noshpoti bo‘lmas… Movarounnahrda Samarqand
    va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ng mundin ulug‘roq qo‘rg‘on yo‘qur. Uch darvozasi bor. 
    Arki janub tarafida voqe bo‘lubtur. To‘qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir
    yerdin ham chiqmas. Qal’aning girdogirdi xandaqning tosh yoni sangrezalik 
    shohroh tushubtur. Qal’aning girdogirdi tamom mahallotdur. Bu mahalla bila
    qal’aga fosila ushbu xandaq yoqasidog‘i shohrohtur. Ovi qushi dog‘i ko‘p bo‘lur, 
    qirg‘ovuli behad semiz bo‘lur. Andoq rivoyat qildilarkim, bir qirg‘ovulni uskunasini



    40
    to‘rt kishi yeb tugata olmaydur. Eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi 


    yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning


    musannafoti bovujudkim Hiriyda nash-u namo topibtur, bu til biladur. Elning 
    orasida husn xeyli bordur. Yusuf Xojakim musiqida mashhurdur. Andijoniydur.
    Havosining ufunati bor. Kuzlar el bezgak ko‘p bo‘lur”
    13
    .

    O‗quvchilar ―Boburnoma‖ orqali bugungi kunimiz bilan o‗rta asrlardagi 


    shaharlarni, aholining turmush tarzini solishtirib ko‗radilar. Yuqoridagi parchada


    Bobur o‗rta asrlardagi Farg‗ona viloyatini ta‘riflamoqda.
    Asarda har bir voqea-hodisa shunday ustalik bilan tasvirlanadiki, bevosita
    o‗quvchining ko‗z oldida gavdalanadi. Biz buni Samarqand tasvirida yaqqolroq 
    ko‗rishimiz mumkin bo‗ladi:
    “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur. Beshinchi 
    iqlimdindur. Shahri Samarqanddur, viloyatini Movarounnahr derlar. Hech yog‘iy
    qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar. 
    Samarqand amirul mo‘minin Usmon zamonida musulmon bo‘lg‘ondur. Sahobadin
    Qusam Ibn Abbos anda borg‘ondur. Qabri Ohanin darvozasining toshidadur. Holo 
    Mazori Shohg‘a mashhurdur. Samrqandni Iskandar bino qilg‘ondur. Mo‘g‘ul va
    turk ulusi Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilib edi. Temurbekdin burun 
    Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emastur. Qo‘rg‘onini
    fasilning ustidin, buyurdimkim, qadam urdilar, o‘n ming olti yuz qadam chiqti.
    Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’… eldur. Hazrati risolat
    zamonidin beri ul miqdor aimmai islomkim, Movarounnahrdin paydo bo‘lubtur, 
    hech viloyattin ma’lum emaskim, muncha paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. Shayx
    Abumansurkim, aimmai kalomindur, Smarqandning Motrid otliq mahallasidindur. 
    Aimmai kalomikki firqadur: birni motridiya derlar, birni ash’ariya derlar. Motridiya
    13
    Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun 

    darslik). – T.: Yangi yo‘l poligrapf service, 2010-yil, 86-bet





    41
    shayx Abumansurga mansubdur. Yana sohibi “Sahihi Buxoriy” Xoja Ismoil Xartang 


    ham Movarounnahrdindur. Yana sohibi “Hidoya”kim, imom Abu Hanifa


    mazhabida “Hidoya”dan mo‘tabarroq kitobi fiqh kam bo‘lg‘oy. Farg‘onanig 
    Marg‘inon otliq viloyatidindur, ul ham doxili Movarounnahrdur.
    Buxoro va Qorako‘lgachakim, o‘ttuz-qirq yig‘och yo‘lg‘a yovuqlashur Ko‘hak 
    suyi bila ma’mur va mazru’dur. Mundog‘ ulug‘ daryo also ziroattin va imorattin
    ortmas, balki yozlar uch-to‘rt oy Buxorog‘a suv yetmas. Uzumi va qovuni va olmasi 
    va anori, balki jami mevasi xo‘b bo‘lur. Vali ikki meva Samarqanddin mashhurdur:
    sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand. Qishi mahkam sovuqtur, qori ararchi 
    Kobul qoricha tushmas. Yozlar yashi havosi bor, agarchi Kobulcha yo‘qtur. ”
    14

    Darsliklarga Kobul, G‗azna va Hindiston ta‘rifi ham keltirilgan bo‗lib, u


    yerlarning hayvonot va nabotot olami, me‘morchilik, iqlimi haqida ma‘lumotlar 
    beriladi. Bu ta‘riflarda Movarounnahr va Xurosondagi shaharlar bilan
    taqqoslanadi. Shuningdek, Hindiston ta‘rifida Bobur u yerda qovun va uzum 
    yetishtirganini ham aytib o‗tadi. Bu esa uning qanchalik zukko va tadbirkor shaxs
    bo‗lganidan dalolat beradi:
    “Balxiy polizkorni qovun ekkali qo‘yulub edi. Bir necha qovun saqlag‘on
    ekandur, kelturdi. Xili yaxshig‘ina qovunlar edi. Bir-ikki buta tok “Hasht behisht” 
    bog‘ida yetkurub edim, aning ham yaxshig‘ina uzumlari bo‘lub edi, Shayx Go‘ran
    ham bir sabad uzum yiborib edi, yomon emas edi. Hindistonda qovun, uzumning 
    muncha bo‘luridin filjumla xursadlig‘ bo‘ldi.”
    15

    Yuqorida keltirilgan asardagi parchalarni o‗quvchilarga sodda va oson


    tushuntirish uchun quyidagi metoddan foygalanishni tavsiya etamiz. Bu metod 
    kichik guruhlarda ishlashga mo‗ljallangan bo‗lib,o‗quvchilarda guruh bo‗lib
    ishlash malakasini shakllantiradi. Dars davomida fodalanishimiz mumkin bo‗lgan 
    14
    O Yo‘ldoshev Q., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun 

    darslik). – T.: Yangi yo‘l poligrapf service, 2010-yil, 87-bet.


    15
    To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich 

    o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 187-bet.





    42
    metodlarga alohida e‘tibor qaratmog‗imiz lozim. Chunki bu metodlar 


    o‗quvchilarga yetarli bilim, ko‗nikma va malakalarni yetkazib berishga xizmat


    qilishi kerak. Quyida keltirmoqchi bo‗lgan metodimiz ham shu vazifani bajarishga 
    xizmat qiladi degan umiddamiz.
    Tanlab topaman” (TT) metodi. 
    Bu metodda o‗quvchilarga 
    ―Boburnoma‖dan berilgan parchadan Farg‗ona, Andijon, Samarqand shaharlariga
    oid ma‘lumotlar chalkash holda beriladi. O‗quvchilar esa har bir shaharga oid 
    ma‘lumotlarni ajratib chiqadilar. Bunda o‗quvchilar guruh bo‗lib topshiriqni
    bajaradilar. Topshiriq bajarib bo‗lingandanso‗ng topgan ma‘lumotlarini o‗qib 
    eshittiradilar. Birinchi guruh Andijonga oid ma‘lumotlarni, ikkinchi guruh
    Farg‗onaga oid ma‘lumotlarni, uchinchi guruh Samarqandgaoid ma‘lumotlarni 
    topadilar.
    Belgilangan vaqt (5daqiqa) tugagandan o‗qituvchi javoblarni tinglab 
    natijalarni e‘lon qiladi.

    kjlkjj 

    Ma'muraning

    4
    kanorasida


    5
    voqe bo'lubtur

    6
    Uch darvozasi bor Beshinchi iqlimdindur. 


    Hech yog‘iy qahr va g‘alaba ila munga dast topmog‘on uchun “baldayi mahfuza” derlar.
    G'arbi tarafikim, Samarqand va Xo'jand bo'lg'ay, tog' yo'qtur Mo‘g‘ul va turk ulusi 
    Semizkand derlar. Eli tamom sunniy va pok mazhab va mutasharri’… eldur. Farg'ona
    viloyatining poytaxtidur.Sharqi Koshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning 
    sarhadi
    7
    togiar... Muxtasar

    8
    viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdo-girdi tog' 


    voqe bo'lubtur.. Ushbu jonibtin
    9
    o'zga hech jonibtin qish yog'iy kela olmas. Sayxun 

    daryosikim, Xo'jand suyig'a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu


    viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar. Temurbek poytaxt qilib edi. Oshlig'i vofir
    12
    ,

    mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun 


    sotmoq rasm emas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidin so'ng


    mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur. Arki janub tarafida voqe bo'lubtur. To'qqiz 
    tarnov suv kirar.


    43


    9-sinf va akademik litsey darsliklarida keltirilgan ―Boburnoma‖dagi 
    parchalar bir-birini to‗ldirishga va asar haqida kengroq tushuncha hosil qilishga
    yordam beradi. Biz yuqorida qayd etganimizdek, umumiy o‗rta ta‘lim maktabi 
    darsligida Farg‗ona, Andijon, Samarqand tasviri keltiriladi. Demak, o‗quvchilarda
    bu shaharlar haqida tushuncha mavjud. O‗rta maxsus ta‘limda esa mana shu 
    shaharlar haqida dastlab ma‘lumot berib o‗tiladi (qisqacha) va yangi tasvirlarga
    e‘tibor qaratiladi. Masalan, Samarqand tasviridan so‗ng Buxoro, Kesh haqida 
    to‗xtalib, Husayn Boyqaro ta‘rifi keltiriladi.
    ―Boburnoma‖da ikki yuzdan ortiq tarixiy shaxsning nomi tilga olinadi. 
    Ularning faoliyati, sarguzashti, o‗zaro munosabatlari bayon etiladi.
    ANDIJON-Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig'i vofir
    12
    ,

    mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur. Qovun 


    mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas.


    Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidin so'ng 
    mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur. Uch darvozasi
    bor.

    Arki
    janub tarafida voqe bo'lubtur. To'qqiz tarnov suv kirar. 


    FARG'ONA-Sharqi Koshg'ar,, janubi Badaxshonning sarhadi
    7

    togiar... Muxtasar


    8
    viloyattur, oshliq va mevasi farovon. 

    Girdo-girdi tog' voqe bo'lubtur. G'arbi tarafikim, Samarqand


    va Xo'jand bo'lg'ay, tog' yo'qtur. Ushbu jonibtin
    9
    o'zga hech 

    jonibtin qish yog'iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo'jand


    suyig'a mashhurdur, sharq va shimoli tarafidin kelib, bu 
    viloyatning ichi birla o'tub, g'arb sori oqar.

    Download 191,66 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




    Download 191,66 Kb.