II BOB Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o„rganishda




Download 191,66 Kb.
bet13/34
Sana24.11.2023
Hajmi191,66 Kb.
#104760
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Adabiyoti universiteti-fayllar.org

II BOB Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o„rganishda 


zamonaviy pedagogik texnologiyalar 

2.1 . Bobur she‟riyatini o„rganishda interaktiv metodlardan foydalanish 
Bobur ijodi mumtoz so‗z san‘atimizda Navoiydan keyingi alohida bosqichni 
tashkil etadi. Zero Amir Haydar ta‘kidlaganidek, ―Turkiy she‘rni Amir Alisherdan
keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas‖
7
. U adabiyotni hayotga, 

adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdi. Atoiy, Lutfiy she‘rlaridagi xalqchillik Bobur


asarlarida yangicha shaklda qayta tug‗ildi. U o‗z asarlarining mavzusini asosan 
hayotdan oldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur sohibdevon shoir bo‗lsa-da, uning devoni 
bizgacha mukammal holda yetib kelmagan. Hozirgacha shoirning 119 g‗azal, 1
masnaviy she‘ri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit‘alari, 50 dan ortiq 
muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibidan umumiy hajmi
270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‗rin olgan. 
Yaqinda adabiyotshunos olima Shafiqa Yorqin Boburning Turkiyadagi
Istanbul universiteti kutubxonasi turkiy qo‗lyozmalar bo‗limida 3743 raqami ostida 
saqlanayotgan devonidagi uning hozirgacha nashr etilgan to‗plamariga kirmagan
o‗zbek tilidagi 5 g‗azali, 9 qit‘asi, 5 ruboiysi, 9 masnaviy she‘ri, 10 to‗rligi, 2 
tuyug‗i, 40 dan ortiq fardlari, qator masnu‘ she‘rlari, 1 masnu‘ tarje‘bandi, 2
nomasi, fors-tojik tilidagi 1g‗azali, 10 ruboiysi, 4 qit‘asi, 12 fardi va 2 nomasini 
e‘lon qildi
8
.

Bobur lirikasi mavzu doirasi, shakliy takomili va badiiyligi jihatidan g‗oyat


go‗zal va mukammalligi bilan alohida e‘tiborga loyiq. Shoirning she‘rlarida 
hayotbaxsh tuyg‗ular – hayotdan zavqlanish, el-yurt, diyor sevgisi, ona Vatandan
uzoqda yurgan lirik qahramonning iztirobli tuyg‗ulari, pand-nasihat mavzusidagi 
ilm-ma‘rifat, odob-axloqqa chaqiruvchi mavzular yuksak mahorat bilan kuylanadi.
Bobur poeziyasining muhim tomonlaridan biri shoir she‘rlari tarixiy voqea va 
7
Mirzo Muhammad Haydar. Bobur podshoh (―Tarixi Rashidiy‖dan). Fors tilidan G‗ulom Karim 

tarjimasi//‖O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati‖, 2002-yil, 15-fevral


8
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Сочининг савдоси тушди. – Т.: Шарқ. 2007-йил, 4-бет. 


25
hodisalar bilan chambarchas bog‗lanishida va o‗sha davrning voqeligi sodda va 


ravon tilda taraqqiyparvar fikrlar bilan ifodalanishi, jo‗shqinligi, til boyligi va


hayotiyligidadir: 


Davron meni o‘tkardi sar-u samondin,

Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin. 

Gah boshima toj, gah baloyi ta’na,

Nelarki, boshimg‘a kelmadi davrondin.

9

Umumta‘lim maktablarining adabiyot darsliklariga Zahiriddin Muhammad 


Boburning eng sara she‘rlari kiritilgan va ular mavzu va g‗oya jihatidan
darsliklarga taqsimlangan. Masalan, 5-sinfda o‗quvchilar shoirning asosan vatan 
mavzusidagi ruboiylari bilan tanishadilar:

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, 

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen. 

Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, 

Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.
Vatan haqidagi qarashlari, asarlaridagi vatanparvarlik g‗oyalari o‗zining 
ta‘sirchanligi, mazmuning chuqurligi bilan o‗quvchilarda Vatanga muhabbat,
uning bemisl boyliklariga, insonlarga mehr-oqibat tuyg‗ularini tarbiyalashda katta 
xizmat qiladi. Oshufta shoir ona yurtidan yiroqda bo‗lsa ham, o‗zi tug‗ilib o‗sgan
yurtiga, ona Vataniga bo‗lgan muhabbat, unga yetishish orzusi doim uning 
qalbidan iztirob tuyg‗ularini o‗chirmaydi:


Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qtur,


Download 191,66 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Download 191,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o„rganishda

Download 191,66 Kb.