FTTH –tarmog’ini kamchiliklari esa quyidagilardan iborat




Download 6.07 Mb.
bet5/7
Sana22.07.2021
Hajmi6.07 Mb.
#15565
1   2   3   4   5   6   7

FTTH –tarmog’ini kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:


Yong’in-qo’riqlash signalizatsiya sistemalari. Yong’in-qo’riqlash signalizatsiya sistemalari asosan misli simlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa elitali hovli va kottedjlarga qo’shimcha sim shohobchalarini tortishga olib keladi. Hozirgi vaqtd qo’riqlash xizamtlarida hovli va kottedjlarda signalizatsiyalardan tashqari videotasvir va videokuzatuv kabi qo’riqlash tizimlari ham tashkil qilinmoqda. Bu esa 1-2 Mbit/s tezlikka ega kengpololsali tizimlarni talab qiladi. Bunday tizimlarini tashkil qilish esa misli simlarni ishlatishni inkor qiladi. Demak ushbu tizimlar bilan ham birgalikda ishlar olib borish va ba’zi bir masalar to’g’risida tegishli idoralar bilan ham kelishib olish zarur.

Simli telefoniya. Birinchidan faqat PON va GPON standartlarigina TDM trafik telefonlar uchun kafolatlangan kengpolosada xizmat qiladi. Optik tolali telefoniya uchun boshqa texnologiyalarni qurishda VoIP protokoli ishlatiladi. Ikkinchidan, telefon liniyasini ishonchli standartda ushlab turish uchun kottedjlarda 8-soatlik uzluksiz elektr ta’minoti zahirasiga ega qurilma ham qo’yilishi va ulanishi zarur.

Ko’plab simli shahobchalarni mavjudligi. Ichki posyolka optik magistralidan bitta yoki ikkita hovli uchun bitta alohida kabel qudug’i quriladi. Bu esa optik tolali kabel kanalizatsiyasini qimmatlashishiga olib keladi. Magistiral liniyadan kabel qudug’igacha ulash leniyasidan bir qancha zahira kabellari ham ajaratib olish talab etiladi, chunki kabelga xizmat ko’rsatish quduq tashqarisida amalga oshiriladi. Bu muammoni mikrokanalizatsiya va pnevmoprokladkali optik modullar orqali hal qilish mumkin. Masalan, 24 mikrokanalli kabellar va ko’cha shkafidan to’rtta kabellini olish uchun bitta kross nuqtasida 96 kottedjni ulash mumkin. Kottedjda esa kabeldan optik tola o’rniga mikrokanallar shahobchalanadi. Buni esa kabel qudug’isiz ham, shahobchalarni to’g’ridan-to’g’ri yerga korobkaga solib yotqizish mumkin[3].
FTTBusiness- “Biznesgacha optik tola”
Korxona, idora, bank, ofis, va biznes-markaz kabi tashkilotlar uchun optik tolali aloqani optik tarmoqqa ulash - FTTBusiness – texnologiyasini “biznes-abonent”gacha optik tola deb atashadi.

Bunday tarmoqlarni qurish 1990 yillarni boshlarida boshlab, kichik va o’rta biznes uchun mo’ljallangandir.

Ushbu tarmoqqa qo’yilgan asosiy talab bu E1 kanalini kafolatlangan polosalarda telefon aloqasini tashkil qilish uchun ulashdir. Kafolatlangan polosalardan tashqari “biznes-abonent” ishonchlilik, konfidensialnost va rangbarang xizmat turlarini joriy qilish ham asosiy talablaridandir. Rangbarang xizmat turlaridan ofis kompaniyalar uchun ajratilgan kanal, V.35, X.21, Frame Relay bank xizmatlari uchun kanal protokollarini tashkil qilish kabi xizmat turlari kiradi.

Bunda quyidagi xizmatni qo’llovchi tugunlar texnologiyalari - SDH, PDH, optika bo’yicha Ethernet, PON kiradi. Bu yerda PON (passive optical network) tarmoqlaridan GEPON (Gigabit Ethernet PON) va GPON (Gigabit PON) passiv optik tarmoqlardir.

GEPON (Gigabit Ethernet PON) passiv optik tarmog’ida FTTBusiness texnologiyasini qurishda kengaytrilgan standartli tizimlarda kerakli bo’lgan sifatli E1 kanlini taminlashga erishiladi. FTTBusiness texnologiyasini qurish tendensiyalaridan biri bu trafikni universalligidir.

Hozirgi vaqtda Metro Ethernet asosidagi tarmoqlarga qaraganda GPON va GEPON tarmoqlari narxi bir muncha qimmatroqdir. Ammo FTTH texnologiyalari uchun PON tarmog’ini gurkirab rivojlanayotgan bir paytda, AQSh va Janubiy-Sharqiy Osiyoda GPON va GEPON qurilmalari komponentlarini narxi ham tushib borishi kuzatilmoqda. Keyinchalik esa “ko’pkvartirali uylargacha optik tola” tipidagi tarmoqni o’rniga “podyezdgacha optik tola” tarmog’i kirib kelishi kuzatilmoqda.



Zamonaviy kengpolosali tarmoqlarni turli xil xizmat turlarini va texnologiyalarini qamrab olishini quyidagi 3.1- jadvalda ham ko’rishimiz mumkin.
2.3-jadval Keng polosali tarmoqlarda xizmat turlari va texnologiyalarni FTTx tarmoqlarida qo’llanish jadvali.



Download 6.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FTTH –tarmog’ini kamchiliklari esa quyidagilardan iborat

Download 6.07 Mb.