«himoyaga»




Download 6.07 Mb.
bet6/7
Sana22.07.2021
Hajmi6.07 Mb.
#15565
1   2   3   4   5   6   7
Xizmat turlari

FTTH

FTT Business

FTTB

Telefoniya, va E1 oqimi

-

+

-

Telefoniya, VoIP, FXS

+

+

+

Internet

+

+

+

Analogli video tasvir

+

-

+

Video IP, VoIP

+

-

+

Mijoz talabiga oid video, VoD

+

-

+

Video kuzatuvchi

+

+

-

Videokonferens aloqa

+

+

-

Texnologiyalar

 

 

 

Metro Ethernet

-

+

+

EFM P2P

+

+

+

EFM P2MP (GEPON)

+

-

+

GEPON

-

+

-

GPON

+

+

+

Metro C/D-WDM

-

-

+


FTTx konsepsiyalarini DSL texnologiyasiga ulanish tarmog‘iga joriy etish va rivojlantirish mobaynida u bilan birgalikda muayyan vaqt davomida mavjud bo‘ladi. WiMAX tarmog‘i 3G dan farqli o‘laroq IP bayonotidan foydalaniladi va bu ularni kengaytirish va ekpluatatsiyasini ancha soddalashtiradi. Bu texnologiya faqat ma’lumotlarni uzatish uchun yaxshi ishlaydi, WiMAX dan ovozni uzatish istiqbollari hozircha noma’lum. Biroq barcha ekspertlar fikri shunga to‘xtalganki vaqt o‘tgan sari FTTH va FTTB ulanish texnologiyalari DSL ni to‘liq almashtiradi, WiMAX esa simsiz ulanish tarmog‘i safatida qoladi. Zero ko‘plab fikrlar bo‘lib ularning har biri uchun istalayotgan extiyoj bor, biroq afzallik optik tarmoqlarda qoladi. Va shunda telekommunikatsion tarmoqlarda haqiqatdan ham triple-play davri kirib keladi: foydalanuvchilar bitta abonent elektro ulagichidan video, ma’lumotlar va ovozni uzatish multimedia xizmatlarini olishlari mumkin bo‘ladi.

FTTx oilasiga har xil turdagi arxitekturalar kiradi, masalan:


  • FTTN (Fiber to the Node) — tarmoq tugunigacha tolali;

  • FTTC (Fiber to the Curb) — mikro rayon, kvartal yoki uylar guruhigacha tolali;

  • FTTB (Fiber to the Building) — binogacha tolali;

  • FTTH (Fiber to the Home) — yashash joyigacha tolali ( xonadon yoki alohida uygacha).

Amalda operator optikani etkazib berishning yakuniy nuqtasi masalasini hal qilishi lozim. Bu bir guruh uylar uchun yagona bo‘lgan taqsimlovchi shkaf (FTTC), ko‘p xonadonli uy yoki ofis markazi (FTTB) yoki xususiy mulk (FTTH). U yoki bu echimni qo‘llash va uning samaradorligi yangi ulanayotgan abonentlar soniga (singish koeffitsentiga) bog‘liq. Hozirgi vaqtda ko‘p xonadonli uylar uchun singish koeffitsienti ko‘pincha 0,1-0,15 diapazonda bo‘ladi.

Ethernet FTTH echimi PON asosidagi arxitekturadan ko‘ra ko‘plab afzalliklarga ega. Deyarli cheklanmagan o‘tkazishning diskret chizig‘i. To‘g‘ri opto tolali liniya deyarli cheklanmagan o‘tkazish chizig‘ini ta’minlashi mumkin va bu mazkur xizmatni kelajakda kengaytirishda, o‘tkazish qobiliyatiga ehtiyoj oshganda maksimal egiluvchanlikka erishish imkonini beradi.

III BOB. Farg’ona shaxar qirguli mavzesida GPONҷ texnologiyasi asosida keng polosali xizmatlarni tashkil etish.

3.1.Farg’ona shaxar Qirguli mavzesida FTTx konsepsiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoq yaratish.

Farg’ona shaxar Qirguli mavzesida FTTx texnologiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoq yaratish uchun “Farg’ona shaxar Qirguli telekommunikatsiya tarmog‘i” filialining xizmatlariga bo‘lgan talablari qaysi tumanlarda eng ko‘pligi aniqlanadi. Buning uchun 1 mingdan ortiq keng polosali abonentlarni tahlil etiladi. Maksimal darajada yaxlit holatga keltirish uchun, bir yo‘nalishda yashovchi abonent manzillari billing ma’lumotlar bazasidan tanlab olinadi. Shundan kelib chiqib FTTB uskunalarini o‘rnatiladigan ko‘p kavatli uy va xonadonlar soni aniqlanadi.

3.1-jadval





Farg’ona shaxar Qirguli aloqa telefon bog‘lamalari

Ko‘p qavatli

uylar soni



Xonadonlar soni

1

227 ATS

193

327

FTTB tarmog‘ini joriy etishda kerakli bo‘ladigan tarkibiy qismlari.

3.1-rasm. ҷ Keng polasali ulanish tarmog‘i topologiyasining tuzilish sxemasi.




3.2-rasm. Farg’ona shaxar qirguli mavzesida GPON texnologiyasi bo‘yicha tarmoq yaratish sxemasi.

3.2 Farg’ona shaxar qirguli mavzesida GPONҷ texnologiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoq yaratish.



Halqa topologiyasi bo‘yicha qurilgan tarmoqni ko‘rib chiqamiz.Odatda rayonlarga kuyidagi sxema bo‘yicha optik kabellarni joylashtirishi mumkin.


3.3-rasm. GPON texnologiyasining “halqa” topologiyasi bo‘yicha tuzilish sxemasi.
Yuqoridagi sxemani yetiborga olgan holda Qirguli mavzesida GPON texnologiyasi bo‘yicha keng polosali tarmoq yaratimiz.


3.4-rasm. Farg’ona shaxar Qirguli ҷFTTx konsepsiya bo‘yicha tarmoq yaratish uchun xarita ko’rinishi

3.5-rasm. Ko‘p qavatli binoda GPON texnologiyasining qo‘llanilishi.

Ko‘p qavatli binolarda PON texnologiyasining qo‘llanilishi odatda quyida sxemada keltirilgan. Bu yerda 5 qavatli bino, 4 ta podezd, har qavatda 4 xonadon iborat bo‘lgan bino ko‘rsatilgan.ҷ

FTTB texnologiyasini mahaliy telefon tarmog’i uchun loyihalash


Malakaviy bitiruv ishini ushbu bo’limida FTTB texnologiyasini mahaliy telefon tarmog’i uchun loyihalashtiriladi. Bu bo’limda PON va Ethernet tarmoqlarini qurilmalarini turlari va aloqa sxemalari, kabel liniyalari sxemalarini har biri tahlil qilinadi va tanlanadi. Bundan tashqari qurlmalar va armaturalari soni hisoblanib, Triple play xizmatini taqdim qilish uchun tarmoq texnologiyalari sxemalari tahlili ko’rib chiqiladi.

3.2. Kabel montaji texnologiyalari.

Kirish tarmog‘ining zamonaviy rivojlanish bosqichlarining asosiy o‘ziga xos xususiyati ko‘rsatilayotgan xizmatlarga yondashuvining texnologik umumlashtirish hisoblanadi. Yaqin orada TDM – tarmog‘i analog va raqamli UFTT ni kommutatsiyalagan, shuningdek hisoblash tarmoqlariga esa boshqa usul bilan xizmat ko‘rsatilgan va televideniya xizmatlari uchun alohida CATV (Cable Television – kabelli televideniya) foydalanilgan . Endilikda MT barcha xizmatlarni 1 va 2 – bo‘limlarida ko‘rilgan yagona tuzilmaviy–funksional vositalari orqali abonent foydalana oladigan keng polosali kirish tarmog‘ini taqdim etadi. Yirik operatorlar uchun xDSL kirish tarmog‘ining joriy rivojlanishi, kirish tarmog‘ining infrastrukturasida optik tolali aloqa kabellariga o‘tishi, hamda kirish tarmog‘ining ekspluatatsiyasini modernizatsiyalashda kam sarfli va abonentlarga infokommunikatsion xizmatlarni sifatli yetkazib berish yo‘llarini ko‘rishimiz mumkin.

PON texnologiyasini joriy qilishdan asosiy maqsad, abonent foydalana oladigan keng polosali kirish tarmoqlarini qurish va ular asosida zamonaviy infokommunikatsion xizmatlaridan foydalanishni qiziqtirish yo‘li orqali abonentlarni jalb qilish hisobidan operatorning daromadini oshirishdir. Undan tashqari PON texnologiyasi asosida kirish tarmog‘ini modernizatsiyalashda bitta kirish tuguni bilan bog‘langan kirish tarmog‘i uchastkasi egallagan maydonni sezilarli darajada kengaytirish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda PON ning uchastka radiusini 20 km gacha oshirish muvaffaqiyatiga erishamiz. Ushbu holatda kirish tuguni (KTg) kengaytirish orqali eng muhimi texnik – samaradorlikka erishish imkonini yaratadi.

Xizmat ko‘rsatuvchi kirish tarmog‘i joylashgan qurilmalar xisobiga xizmat ko‘rsatuvchi tayanch–tranzit ATS qurilmalarining modernizatsiyalash xisobiga bino va bino ichidagi xonalar bo‘shatilishi o‘z navbatida abonentlar joylashgan zona maydoni oshib boradi.

Iqtisodiy baxolashga ko‘ra shaxarning barcha infokommunikatsion tizimlarini modernizatsiyalash uchun ATS joylashgan binolarni vaktincha arendaga berish xisobiga zaruriy xarajatlarni qoplash mumkin.

PON texnologiyasini modernizatsiyalash xisobiga operatorning shaxsiy mulki xisoblangan kabel kanalizatsiyasida yotgan kabellar va abonent kirish tarmog‘ida qo‘llanilayotgan liniya inshoatlarinig fizik hajmini kamaytirishga olib keladi.

Kabel kanalizatsiyada bo‘shagan bo‘shliq yoki aloqa kanallari va liniya inshoatlarini arendaga berish xisobiga qo‘shimcha ko‘plab daromadlarni olishimizga imkon yaratadi, shuningdek misga bo‘lgan ehtiyoj ham kamayaadi. PON texnologiyasi asosida kirish tarmog‘ini amalga oshirishda bir tomondan xar qanday ma’lumotlar oqimni uzatishni ta’minlash imkonini beradi va bu bilan turli xil xizmat turlarini yaratib beradi, bular TDM, CATV, paketli keng polosali servisli Ethernet va boshqalar. Foydalanuvchilar orasida o‘tkazish qobilyatini yaxshilab, yangi abonentlarni ulash uchun oddiy va qulay usullarni yaratadi.

Boshqa tomondan, bundan kirish tarmog‘ida qo‘llanilayotgan bitta optik tola infrastrukturasining liniya inshoatlari xajmi nuqtai nazaridan foydali xisoblanadi.

Maxalliy yirik operatorlar xonadon va korporativ sektor abonentlari bilan zamonaviy xizmat aloqasini yetkazib berish zaruriyati bo‘lgani uchun uchrashadilar va u o‘z navbatida xar bir toifaga mansub bo‘lgan abonentlarining tarmoq xizmatlariga bo‘lgan talablarini o‘rganib boradilar. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha xizmatlar to‘plami, abonentlar uchun taqsimlash trafigining umumlashtirilgan modellaridan biri bo‘lishi mumkin .

Xar bir abonent uchun chegara uchastkasida ikkita « tezlik» o‘rnatiladi. ONT – OLT qurilmalarining ikkala yo‘nalishda (upstream– tepadan pastga va downstream — pastdan tepaga): maksimal uzatish tezligi (100 Mbit/s, upstream va downstream) va kafolatlangan uzatish tezligi (60 Mbit/s – upstream, 30 Mbit/s – downstream) bo‘lishi mumkin.

Bu tarmoqda barcha turdagi xizmatlarni sifatli yetkazib berishni ta’minlash uchun (GEPON da 8 sinflari va GPON da 5 sinflari) imtiyozli trafik sinflarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. PON texnologiyasini joriy etishda muhim masalalardan biri passiv optik taqsimlash tarmog‘ini qurib yaratish xisoblanadi.

Ushbu bo‘limdagi materiallar Nikulskiy Igor Yevgenevich ning «2009 yilga qadar «SZT» OAJ tarmoqlariga PON texnologiyasini joriy qilish konsepsiyasi» ishi asosida ko‘rish mumkin.

Bu konsepsiyani maqsadi tarmoqning yirik operatorlari uchun PON texnologiyasini joriy etishdagi muommolarini yechishga qaratilgan.

Ushbu muammolarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq masalalar, bir tomondan turli xil qurilma ishlab chiqarish firmalari xPON texnologiyalari bozorida kirish tarmog‘ini taminlovchi qurilma platformalari bo‘lsa, boshqa tomondan esa aynan qaysi texnologiyani va qanday taminlash kerakligi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rilgan.

Undan tashqari qanday mezon bo‘yicha operatorlarni tanlash, qaysi logik model bo‘yicha xizmatlarga kirish tarmog‘ini taminlash va qanday amalga oshirish yo‘llari, hamda qanday mezon bo‘yicha taqsimlash tarmog‘i strukturasini tanlash va kirish tarmog‘i infrastrukturasini rekonstruksiyalash jarayonidagi paydo bo‘ladigan ko‘plab muhim savollarga yechimi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan.

Ishlab chiqarilgan konsepsiyada quyidagi asosiy komleks savollar yechimini o‘z ichiga olgan :


  • PON texnologiyasini joriy etishning maqsadi va masalalarini aniqlash;

  • PON texnologiyaning asosiy xizmatlari va ularni yetkazib berish uchun trafikning ko‘plab xizmat turlari ro‘yxatini aniqlash;

  • takliflar asosida tayanch texnologiyasini tanlash usullari keltirilgan;

  • PON texnologiyasi asosida keng polosali kirish tarmog‘larini qurib yaratishning asosiy prinsiplari ifodalangan;

  • PON asosida kirish tarmog‘ining mantiqiy tuzilishini tashkillashtirish asosiy qoidalari keltirilgan va xizmatlarga kirishning mantiqiy modeli ishlab chiqarilgan ;

  • PON texnologiyasi asosida asosiy tizim – tarmoq yechimlarini joriy etishning namunali tuzilish sxemasini ishlab chiqarilgan.

  • aloqa operatorlarining MT infrastrukturasidagi PON texnologiyasining kirish segmentlarini integratsiyalash prinsiplari aniqlangan.

  • PON texnologiyasidagi segmentlarini boshqarish tizimlariga, OLT, ONT, splitterlarga qo‘yiladigan texnik talablarni tuzish ;

  • strukturaning ishonliligini oshirish usullari va rad etishlarga bardoshlilik usullarini aniqlash, shuningdek ularni oshirish bo‘yicha tavsiyalarini ishlab chiqish;

  • PON texnologiyasi asosida kirish tarmog‘i bo‘yicha taqdim qilinuvchi turli xizmatlarni sifatli nazorat tizimini tashkillashtirishga qaratilgan asosiy yo‘llarini aniqlash;

  • ushbu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqarilgan infrastrukturalarni tarmoq mashtabini tanlash va kengaytirish prinsiplari ishlab chikarilgan;

  • FTTH texnologiya prinsipini qo‘llagan holda asosiy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash yo‘llarini shakillashtirish.

  • ob’ektlarda optik taqsimlash tarmog‘ini qurib yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, liniya – kabel inshoatlarining texnik ekspluatatsiyasining o‘ziga xos xususiyatini aniqlash;

  • kirish tarmog‘i tuzilishini optimallashtirish usulini tanlash va PON texnologiya yechimlarini texnik – iqtisodiy samaradorligini baxolash yondashuvi shakllantirilgan;

  • yirik operatorlarning aloqa tarmog‘ida PON texnologiyasini joriy etish strategiyasi ishlab chiqarilgan.

Konsepsiyada keltirilgan ma’lumotlar asosida Respublikamizning yirik shaxarlarida keng polosali kirish tarmoqlarini qurib yaratish bo‘yicha innovatsion loyixalari amalga oshirilmoqda.

Keng polosali kirish tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va joriy etish bosqichlarida asosiy xPON texnologiyasi uchun kerak bo‘ladigan platforma qurilmalarni yetkazib beruvchilarni tanlash va tanlanadigan qurilmalarga katta e’tiborni karatishimiz kerak.

Operator faoliyatinig eng muhim yo‘nalishlaridan biri liniya infrastrukturalari, abonent qurilmalari va stansiyalarni testdan o‘tkazish xisoblanadi.

Kirish tarmog‘ining ishlash qobilyatini ta’minlash va shikastlangan joylarni qisqa muddat ichida bartaraf etish uchun tarmoqning sifat ko‘rsatkichlar va foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatiga bog‘liqdir.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar asosida nazorat testdan o‘tkazish jarayoni ikki bosqichga bo‘lishi mumkin: oldindan nazorat tekshiruv bosqichi, shuningdek qurilish hamda ekspluatatsiya bosqichida.

PON texnologiyasidagi platforma qurilmalarini testdan o‘tkazish jarayoni oldindan tekshiruv bosqichida amalga oshiriladi va u o‘z navbatida quyidagi asosiy gurux testlarini o‘z ichiga oladi:



  • fizik sath bo‘yicha nazoratidan o‘tkazish;

  • funksional imkonyatli nazoratidan o‘tkazish ;

  • ko‘rsatilayotgan xizmatlarning funksional nazoratidan o‘tkazish;

  • tizimni boshqarishning funksional nazoratidan o‘tkazish ;

  • ishlab chiqarishni nazoratidan o‘tkazish;

  • ishonchlilikni nazoratidan o‘tkazish;

  • turli xil trafiklari uzatish rejimida sifatli ishlash holatini nazoratidan o‘tkazish ;

PON texnologiyasi asosida kirish tarmog‘ining qurilmalarining nazorat testidan o‘tkazish uslubi va liniya kabel qurilmalarini nazorat testidan o‘tkazish uslubi adabiyotda keltirilgan [20].
3.4. FTTB- ko’p kvartirali uylargacha optik tola.
Shunday qilib zamonaviy optik tolali tizimlari bu faqatgina uzoq muddatli va qulay infrastruktura uchun sarflar emas, balki simli tarmoqlar orqali ulanishni eng iqtisodli varianti ham hisoblanadi. Endilikda esa asosiysi optik kabelda qancha optik tola borligi emas, balki optik kabel qanchagacha abonentga yaqinlashib borgani asosiy faktor bo’lib qolmoqda.

3.4. Triple play xizmatlarini amalga oshirish texnologiyalari


OLT qurilmasi ranjirovkalanuvchi ONT qurilmasiga signal uzatadi va undan javob signal kelishiga qarab RTT (round trip time) ni xisoblaydi so‘ng xosil bo‘lgan qiymatni ONT ga uzatadi. Bu yerda RTT - OLT qurilmasidan uzatilgan signalni borish va qaytish vaqtini bildiradi.

Bu bilan ONT qurilmasi masofa bo‘yicha ranjirovkalandi. ONT va OLT qurilmalari MAS protokoli bo‘yicha xar bir abonent tuguni uchun aniq vaqt oralig‘ida xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Umumiy kechikish faqatgina kadr uzatilgan toladagi kechikishlargina emas, balki OLT va ONT qurilmasining qayta ishlashi uchun sarflanadigan vaqt bilan birgalikda xisoblanadi. Qurilma temperaturasining o‘zgarishi tufayli kechikishlar qiymati ma’lum bir og‘ishlarga ega bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun kechikishlarning ma’lum og‘ishlari haqida OLT qurilmasi ONT qurilmasiga xabar signalini jo‘natadi va ONT qurilmasidan signal qaytayotganda mikro ranjirovka (micro ranging) yuz beradi. Natijada turli ONT qurilmalardan uzatilayotgan kadrlar barqarorlashadi va bu ma’lumot 2-3 bitdan tashkil topadi. PON tarmog‘ining initsializatsiyasi asosida uchta jarayon mavjud:



  • OLT qurilmasidan turli xil ONT qurilmasiga qadar bo‘lgan masofani aniqlash (distance ranging);

  • ONT qurilmalarining sinxronizatsiyasi (clock ranging);

  • turli ONT qurilmasidan uzatilayotgan optik signallarni OLT qurilmasida qabul qilish intensivligi (power ranging).

Quvvat bo‘yicha ranjirovkalash (power ranging) asosan foto qabul qilgichning sezgirligini oshirish yoki uning nozaruriy to‘yinishini oldini olish maqsadida foto qabul qilgich boshlang‘ich diskriminatsiyasini o‘zgartirish tushiniladi. Quvvat bo‘yicha ranjirovkalashdan maqsad ONT qurilmasi OLT qurilmasidan turli xil masofada joylashgan bo‘lganligi sababli va PON texnologiyasining daraxtsimon topologiyasida optik signalni tarqalishida signalning quvvati so‘nishi tufayli amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida foto qabul qilgichning ishlash faoliyatini buzadi. Bunday holatdan chiqish uchun ikkita variant qo‘llaniladi: ONT qurilmasining uzatkich quvvatini sozlash yoki OLT qurilmasidagi foto qabul qilgichning sezgirligini oshirish.

Odatda ikkinchi variant qulayroq, sababi boshqarish sodda va ishonchli xisoblanadi. OLT qurilmasidagi foto qabul qilgich qayta oqimdan xar bir qabul qiluvchi yangi ATM paketlarini qabul qilib, ularga mos ravishda boshlang‘ich sozlamalarni ishlab chiqaradi.

Shuningdek, hamma ONT qurilmalari uchun quvvat bo‘yicha sozlash ishlari bajariladi. Bu jarayon uzliksiz xolatda amalga oshiriladi. OLT qurilmasidan sinxronizatsiya uchun bitta oqim uzatilsa, xar bir ONT qurilmalaridan esa alohida oqim keladi.

Shunga qarab turib, ONT qurilmalari integral quvvatni ishlab chiqaradi va OLT qurilmasidagi foto qabul qilgich dastlabki sozlashlarni sekin – astalik bilan diskriminatsiya qiladi.

Passiv optik tarmoqlarning keyinchalik ishlovchanlik holatini ta’minlash uchun loyixalashtirishning optimal usulini tanlash zarurdir. Loyixalashtirish masalasi asosan asosiy talablarni qondirish maqsadida bajariladi va ular bilan birga qo‘shimcha talablar ham mavjud, u o‘z ichiga sonli qiymatlar va sifat ko‘rsatkichlarini oladi.

Sifat ko‘rsatkichining asosida – masshtablash tizim yotadi, u tarmoqni kengaytirish masalalari va imkoniyati bilan birga oldindan loyixalashtirilgan tarmoqni minimal hamda o‘zgartirish ishlari qo‘shimcha yangi tuzumlarni qo‘shish yo‘li bilan erishiladi. Eng murakkab usullardan biri OLT–ONT qurilmalari orasidagi yo‘qotuvlarni maksimal ravishda taqsimlashi xisoblanadi va u birinchi navbatda optik qabul qilgichni -33...-11dBm qiymatda bo‘lishidir [25]. Agar qabul qilinuvchi signalning satxi ko‘rsatib o‘tilgan diapazon chegarasidan tashqarisiga chiqib ketadigan bo‘lsa, u holda detaktor lozim bo‘lgan hatoliklar satxini (BER = 10-10) ta’minlab bera olmaydi. PON optik liniya traktining har bir komponenti o‘zining optik yo‘qotuviga ega bo‘ladi. Optik uzatkichdan optik qabul qilgichgacha barcha yo‘ldagi ruxsat etilgan optik signal yo‘qotuvi optik byudjetdan oshmasligi kerak.

Optik byudjet tarqalishi uzatish va qabul qilish qurilmalarning minimal va maksimal so‘nishlari orqali aniqlanidi. [OBmin :– OBmax]:

OBmax = pout min – pin min (4.1)

OBmin = pout max – pin max 4.2)

bu yerda: pout min, pout max – yo‘l qo‘yilgan uzatkich quvvatining tarqalishi; pin min, pin max – xatolar koeffitsientini belgilangan darajadan oshmaslikdagi qabul qiluvchida mumkin bo‘lgan signal darajasi.

OLT-ONTi (i= l...N-oxirgi abonentlar soni) qurilmalar orasida bo‘lganda undagi yo‘qotuv kabel ichidagi yo‘qotuvdan, tarmoqlagichdagi yo‘qotuvlar, konnektorlar xisobiga hosil bo‘luvchi yo‘qotuvlar, atennyuatorlar hisobiga hosil bo‘luvchi yo‘qotuvlar va nihoyat qabul qilinuvchi signalni turli hil holatlar (dispersiya, tolaning degradasyasi, tashqi sharoit muhitlari va xakozo) xisobiga bo‘lib o‘tadi. Har bir OLT-ONTi (i= l...N-oxirgi abonentlar soni) aloqa kanali uchun to‘g‘ri (d) va qarama–qarshi (u) oqimlardagi yo‘qotuvlar sharti qo‘yidagicha:



Download 6.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.07 Mb.