«himoyaga»




Download 6.07 Mb.
bet2/7
Sana22.07.2021
Hajmi6.07 Mb.
#15565
1   2   3   4   5   6   7


1.15- rasm. Turbo GEPON texnologiyasi.
GEPON arxitekturasi asosida P2MP (point-to-multipoint) “nuqta-ko’p nuqtalar” logik topologiyasidan foydalanib optik tarmoqlarni tashkillashtirish mumkin. Bitta markaziy tugun portiga butun bir optik-tolali segmentiga ega o’nlab abonentni qamrab oluvchi “daraxt”li arxitekturani ulash mumkin. Bunda passiv optik shahobchalarni (splitterlar) oraliq tugunlarga ulanadi, eng asosiysi ushbu qurilmalar elektr ta’minotini va texnik xizmatni talab qilmaydi.

1.16-rasm. GEPON texnologiyasidan foydalangan holda FTTB + ADSLni tashkillashtirish sxemasi

II bob. GPON texnologiyasi bo‘yicha Intenet xizmatlarini tashkil etish

2.1. GPON texnologiyasi bo‘yicha Intenet xizmatlarini tashkil etish asoslari



Telekommunikatsiyalar, fan-texnika jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi paytda xayotni Internetsiz tasavvur qilish qiyin. Internet barcha soha vakillariga qo‘shimcha afzalliklar taqdim etadi. Biznesmen Internet orqali o‘ziga yangi hamkorlar topishi, biznes yo‘nalishi yangiliklaridan xabardor bo‘lishi, o‘z biznesiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishi, mazkur biznes yo‘nalishida boshqa kishilar tajribasi bilan oson ravishda tanishishi mumkin bo‘lsa, masalan, olimlar yoki izlanuvchilar o‘z izlanish yo‘nalishlari yangiliklari bilan oson tanishilari, boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan oson aloqa o‘rnatishlari, o‘zlariga ilmiy ishlarini qo‘llash va yanada rivojlantirish uchun yangi maskanlar topishlari mumkin.

Hozirgi paytda Internet xizmatlarini tashkil etish uchun asosiy peshqadamlar DSL texnologiyasi provayderlari va kabel televideniyasi xizmatlarini taqdim qilish uchun mo‘jjallangan DOCSIS standarti asosida qurilgan tarmoqlar egalari hisoblanadi. Lekin bu texnologiyalar resurslari va tezliklari (o‘tkazish oraliqlari) chegaralangan. Ma’lumot hajmi, tezligiga bo‘lgan talab oshib brayotgan hozirgi zamonda bir kun kelib bu texnologiyalarda muammolar paydo bo‘lishi turgan gap. Klassik Ethernet tarmoqlari operatorlari o‘z mijozlariga ma’lumotlarni 100 Mbit/s tezlikda taqdim etishlari haqida jar solishadi. Bu, albatta, klassik Ethernet texnologiyasi mijozlarga taqdim etishi mumkin bo‘lgan tezlik, lekin aslida bu tarmoq operatori hisobidagi resurslar (masalan, uzatish muhiti) bu texlikni hattoki operator uzelida ham taqdim eta olmasligi mumkin.



Ushbu muammoni yechimi sifatida ekspertlar abonent oxirgi millarida optik tolali texnologiyalarni qo‘llashni tavsiya etishmoqda. Shunday texnologiyalardan biri o‘zining ko‘plab turlari, boshqacha qilib aytganda oilasiga ega bo‘lgan FTTx texnologiyasidir. Hisob-kitoblarga asoslangan holda shuni ta’kidlash mumkinki, DSL, DOCSIS va FTTx tarmoqlarini qurish uchun taxminan bir xil miqdordagi mablag‘ kerak bo‘ladi. Mijozlar talablarini qondirish bo‘yicha esa FTTx texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlar sanab o‘tilgan birinchi ikkita tarmoqqa qaraganda ancha oldinlab ketganligi turgan gap. FTTx texnologiyasida ma’lumotlar uzatish tezligi uzatish muhitiga emas, faqat provayder yoki server imkoniyatlariga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida ham FTTx texnologiyasi afzalliklarini nazarda tutgan holda shu texnologiya asosida keng o‘tkazish oralig‘iga ega bo‘lgan abonent tarmoqlari qurilishi boshlandi. Albatta, optik tola mis simni butunlay muomaladan chiqarib yuborishi uchun vaqt kerak va bu vaqt bir necha yillarni tashkil etishi mumkin. Lekin tamal toshi qo‘yilib bo‘lindi.

FTTx texnologiyasi bo‘yicha Intenet xizmatlarini tashkil etishning bir necha afzalliklari mavjud. Ular quyidagilar:


  1. Internet tarmog‘iga ulanishning maksimal tezligiga erishish. Ma’lumotlarni 100 Mbit/s va undan ortiq tezlikda uzatish va qabul qilish imkoniyati mavjud.

  2. Internetga texnik jihatdan oson ulanish. Ethernet portga ega bo‘lgan har qanday kompyuter, noutbuk, netbuk FTTx texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulana oladi.

  3. To‘xtalishlarsiz, qotib qolishlarsiz Internet xizmatidan foydalanish. Hech qanday to‘xtalishlarsiz Internet xizmatlaridan foydalanish, onlayn-o‘yinlar, filmlar ko‘rish, videokonferensiya xizmatidan foydalanish, katta hajmli ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish mumkin.

  4. Aloqa sifatining ishonchliligi. FTTx texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi zamonaviy qurilmalar juda yuqori sifatli ishlab chiqarilmoqda.

  5. Ma’lumotlar uzatish va qabul qilish tezligini yanada oshirsh imkoniyati mavjudligi. Optik tolaning o‘tkazish oralig‘i juda katta. Optik tolalar orqali ixtiyoriy hajmdagi ma’lumotlarni sanoqli soniyalarda uzatish va qabul qilish mumkin. Qolgani faqat Internetga ulanishni ta’minlovchi qurilmaning xususiyatlari, kommutatsiya tezligi va hokazolarga bog‘liq. Qurilmalar esa yildan-yilga takomillashib bormoqda.

FTTx texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  1. Ethernet port (10BaseT yoki 100BaseT)ga va RJ45 raz’emiga ega bo‘lgan, texnik holati soz bo‘lgan qurilma (kompyuter, noutbuk, marshrutizator va hok.);

  2. birinchi marta ulanishda operator tomonidan abonent qurilmasigacha yoki abonent ko‘rsatgan joygacha optik kabel (tola yotqiziladi). Qolgan abonent qurilmalarini (agar ular mavjud bo‘lsa) abonentning o‘zi, o‘z mablag‘lari hisobiga ushbu tarmoqqa ulashi mumkin;

  3. Agarda oldindan boshqa turdagi kelishuv tuzilmagan bo‘lsa abonent qo‘shimcha qurilmalari, ikkinchi, uchinchi va keyingi kompyuterlarini tarmoqqa ulash tarmoq operatori bilan kelishilgan holda, qo‘shimcha haq to‘lash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

2.2. PON texnologiyasi asosida Internet xizmatlarini tashkil etish

PON texnologiyasi jihozlari ulanish uzeli hududida joylashadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

- abonent jihozi (ONT);

- stansiyaviy terminal (OLT);

- optik ulanish moduli (ONU);

- VLAN-Internet interfeysi;

- optik ajratgich (tarmoqlagich);

- optik kross;



- marshrutizator, konsentrator va tarmoq boshqa qurilmalari.

2.1- rasm. PON arxitekturasi





2.3- rasm. Xizmatlarni taqdim etish

Iqtisodiy va texnik jihatdan eng samarali variantlar FTTB (korobkagacha optik tola), FTTH (xona, kvartiragacha optik tola), FTTC (shkafgacha optik tola) texnologiyalari hisoblanadi. Asosan shu variantlarni qarab chiqamiz.

2.2.1. PON texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish

Optik kabelni turli tomonlarga tarqatish passiv optik ajratgich yordamida amalga oshiriladi. Internet tarmog‘ini PON texnologiyasi asosida qurilganda FTTx texnologiyasi turiga bog‘liq holda (“x” harfi o‘rniga qo‘llaniladigan harfga qarab) ma’lum bir nuqtagacha (shkafga, korobkaga, uy hududiga, abonent kvartirasiga va hokazo) optik tola tortiladi. Optik tola tugagan joyga, agar bu nuqtaga bir abonent ulangan bo‘lsa ONT (abonent qurilmasi), ko‘p abonentlar ulangan bo‘lsa (masalan, ko‘p qavatli uylar) ONU (optik abonent bloki) o‘rnatiladi.

Stansiyaviy terminal (OLT) abonent magistral kabellar shkaflarida joylashishi mumkin. Bu shkafda, shuningdek, optik kross ham joylashadi. Elektr toki bilan ta’minlash mahalliy ta’minot qurilmasidan amalga oshiriladi. Qurilmalar yerga ulanadi.



Optik tola abonentning uyiga kirganda bevosita uning kompyuter qurilmasigacha (agar kompyuter optik raz’emga ega bo‘lsa) yoki xonagacha olib kirilib, u yog‘iga ONT qurilmasidan kompyuterga mis kabel (masalan, eshilgan juft tola) tortiladi. Birinchi holda kompyuter qurilmasini ONT ga pigteyl yordamida ulanish mumkin.



Abonent xonasiga abonent rozetkasi ham o‘rnatilishi kerak.

2.4 – rasm. Abonent oxirgi qurilmasigacha optik tola



2.5 – rasm. Abonent uyi, binosigacha optik tola, oxirgi qurilmaga esa mis kabel.

OLT qurilmasi pachkort yoki optik kabel yordamida tashqi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanadi. Bitta OLT ning PON-portga 32 abonent ulanishini hisobga olgan holda 24 ta abonentni ulash uchun bitta optik port ishlatiladi. OLT ning PON-portlari SC/APC optik patchkortlari yordamida SC16 stansiyaviy optik krossga ulanadi.

Optik kross OLT stoykasiga joylashtiriladi. Krossga magistral optik kabel olib kiriladi va patch-panelga bu kabelning kerakli optik tolalari ulanadi. Ikkita optik tolani ishlatish qulay – biri asosiy, boshqasi zahira sifatida. Zahira optik toladan tarmoqni kengaytirganda, yangi abonentlar qo‘shilganda va asosiy optik tola ishdan chiqqanda zahira tolaga zudlik bilan o‘tish maqsadlarida foydalanish mumkin.

Magistral uchastkadan uyga kabel Optik Tarqatish Shkafi (OTSh) orqali kiritiladi. Bu shkaf kirish chegaralangan, himoyalangan joyda, xonada joylashishi kerak.

Magistral kabel optik krossga OTSh da ulanadi. Patchkord yordamida optik tolalar 1x32 splitterga ulanadi. Splitter chiqishi optik krossga, 24 ta abonentni ulash uchun kiritiladi. Krossga 24 tolali kabel ulanadi va abonentlarga qarab tortiladi.

Har bir abonent tolasi optik abonent qurilmasi (ONT) gacha tortiladi. ONT dan abonent ohirgi qurilmasigacha aloqani mis kabel (masalan, eshilgan juft tola) orqali hosil qilish mumkin.

2.2.2. PON FTTV texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish



PON FTTV texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishda optik kabel (yoki tola) tarqatish korobkasigacha tortiladi. Tarqatish korobkasi bir necha abonentga mo‘jjallanganligi uchun korobkaga passiv optik tarmoq oxirgi elementi sifatida ONU qurilmasi o‘rnatilishi mumkin. Qurilmadan abonent tomonga mis kabel toriladi. Bu holda mis kabel uzunligi belgilangan miqdordan ortib ketmasligi (taxminan 500-800 m) ga erishish samaralidir. Chunki mis kabel uzunligining ortib ketishi uzatish muhitining o‘tkazish oralig‘ini, uzatish tezligini kamayishiga olib keladi. Mis kabel orqali aloqani Ethernet oilasi texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirish mumkin.

2.6 – rasm. PON FTTV texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish

Mis kabel sifatida koaksial kabel, ko‘ndalang kesimi diametri katta (1 mm atrofida yoki undan ortiq) bo‘lgan simmetrik kabel yoki 5-toifaga tegishli bo‘lgan STP, UTP kabellarini qo‘llash samaralidir. Elektr toki bilan ishlaydigan barcha qurilmalar elektr ta’minoti shu qurilma joylashgan joydan mahalliy usulda amalga oshiriladi.

2.2.3. PON FTTS texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish



Ushbu texnologiya mis kabelli tarmoqlardan optik tarmoqlarga o‘tishda eng ko‘p qo‘llaniladigan, mis tarmoqlar katta o‘zgarishga uchramasligi (faqat magistral abonent kabellari optik kabellarga almashtirilishi) tufayli iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Tarqatish yashigiga passiv optik tarmoq oxirgi qurilmasi bo‘lgan OLT yoki ONU qurilmasi o‘rnatiladi va bu qurilmadan abonent tomonga mis kabel yotqiziladi.

2.7-rasm. PON FTTS texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanish

2.3. FTTx Ethernet texnologiyasi bo‘yicha Internetga ulanish

Odatda FTTx Ethernet texnologiyasi stansiya qurilmasi ulanitsh uzeli hududida joylashadi va o‘z ichiga quyidagi qurilmalarni oladi:

- 19U shkafi;

- yadro sathi Ethernet kommutatori;

- SC16 1U optik krossi.

19U shkafida kommutator va SC16 optik krossi joylashadi. Doimiy tok manbai sifatida mahalliy elektr ta’minot qurilmasidan foydalaniladi va yerga ulanish ta’minlanadi.



Yadro sathi kommutatori mis yoki optik patchkorlar yordamida tashqi ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanadi. Ulanish sathi qurilmalarini SFP (agarda SFP proekti amalga oshirilsa) yoki mediakonvertorlar yordamida ulashga mo‘jjallangan portlar krossga ulanadi. Kros qurilmasi kommutator bilan bitta stoykada joylashgan. Krossga magistral optik kabel kiritiladi va bu kabelning kerakli tolalari patch-panelga ulanadi. Kabelning ikkita tolasini qo‘llash yaxshi samara beradi – biri ishchi (aktiv), boshqasi – zahira. Aktiv tolaga ziyon yetkazilganda zudlik bilan zahira tolaga o‘tish uchun tolani zahiralash kerak.

Magistral kabel optik krossga optik tarqatish shkafida ulanadi. Ulanish kommutatori UTP CAT5e patchkordlari orqali mdediakonvertorga yoki SFP esa magistralga ulanadi. Tarqatuvchi optik kabel Optik tarqatish shkafida krossga ulanadi va, yoki SFP orqali, yoki optik patchkordli mediakonvertorlar orqali ulanish kommutatoriga ulanadi.



2.8- rasm. SFP li Ethernet texnologiyasi loyihalashini qo‘llashda stansiya qurilmasi va optik tarqatish shkafi sxemalari



2.9- rasm. Mediakonvertorli Ethernet texnologiyasi loyihalashini qo‘llashda stansiya qurilmasi va optik tarqatish shkafi sxemalari



Abonent oxirgi qurilmasiga tomon tayanch ustunlaridan yoki kabel kanalizatsiyasidan optik kabel yotqiziladi.

2.10-rasm. OTSh – SRE uchastkasi sxemasi.



Abonent xonasida abonent rozetkasi o‘rnatiladi. Pigteyl bilan tamomlangan drop-kabel abonent xonasiga kiritiladi va adapter yordamida optik abonent rozetkasiga ulanadi. Adapterga SC/APC turdagi optik patchkord ulanadi va u abonent rozetkasi va abonent qurilmasi (CPE)ni o‘zaro bog‘laydi.

2.11-rasm. SFP ni qo‘llagan holda Ethernet texnologiyasi loyihasini amalga oshirishda abonent uchastkasi sxemasi



2.12-rasm. Mediakonvertorlarni qo‘llagan holda Ethernet texnologiyasi loyihasini amalga oshirishda abonent uchastkasi sxemasi

Abonent shaxsiy kompyuteri CPE ga UTP CAT5e patchkordi yordamida ulanadi. Abonent qurilmasiga bog‘liq ravishda abonent tomonidan SRE ga to‘rttagacha (kabel yordamida) yoki uchtagacha (simsiz Wi-Fi texnologiyasi asosida) shaxsiy kompyuterni ulashi mumkin. Shuningdek, SRE ga ikkitagacha telefon apparati va televizor ulanishi mumkin.

FTTx oilasi.

FTTx oilasiga har xil turdagi arxitekturalar kiradi, masalan:

FTTN (Fiber to the Node) — tarmoq tugunigacha tolali;

FTTC (Fiber to the Curb) — mikro rayon, kvartal yoki uylar guruhigacha tolali;

FTTB (Fiber to the Building) — binogacha tolali;

FTTH (Fiber to the Home) — yashash joyigacha tolali ( xonadon yoki alohida uygacha).

Ular bir biridan asosan optik tolaning foydalanuvchi terminaliga qanchalik yaqinligiga qarab farqlanadi.

Optika kelajak mahsuli, bu ibora yaqin kunlarda yaqqol ifodasini topmoqdaki, uning ta’rifiga ehtiyoj sezilmaydi. Misli va optik tolali kabellarning narxi ( ularni yotqizish narxi ham ) deyarli tenglashtirildi. Lekin optik tolali kabelning o‘tkazuvchanligi misli kabelnikiga qaraganda ancha yuqoridir. Bu esa, o‘z navbvtida, shundan dalolat beradiki, kapital harajatlar tenglashtirilgan holatda, yangi loyihalar ( green field ) ishlab chiqishda optik tizimlar uchun bitta axborotning yakuniy narxi aytarli darajada past bo‘ladi. Misol uchun, ADSL - texnologiyasi 1 dan 8 Mbit/s diapazon oralig‘ida tezlikka ega bo‘lish imkoniyatiga ega.

Optik texnologiyalar hatto 10 Gbit s-da ham to‘xtamaydi – spektr zichlamali tizimlar bir birlik biriktirilgan tolaga qarab ehtiyoj yuzaga kelgani sari trafik o‘zkazish tezligini oshirish imkonini beradi.



Quyidagi rasmda PON ning ITU – T G.984.1 tavsiyasiga muvofiq arxitekturasi berilgan. Abonentda optik chiziq, optik tarmoqli qurilmalar (ONU) va tarmoqli terminallar (ONT) foydalanuvchi hozir bo‘lgan nuqta yaqinida joylashgan bir vaqtda, odatda operator joylashgan binoda joylashgan optik chiziqli terminal (OLT) tugashi bilan tugaydi.



2.1-rasm. PON tarmog‘i arxitekturasi.

Amalda operator optikani etkazib berishning yakuniy nuqtasi masalasini hal qilishi lozim.

FTTx tarmoqlarini Ethernet (ETTx) asosida qurishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yagona texnik sxema bo‘lganligi bois FTTB arxitekturasi eng ko‘p tarqalgan. Bundan tashqari, ETTH tarmog‘ini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar tizimida FTTC va FTTB variantlari o‘rtasidagi farq nisbatan katta emas, bunda FTTB tarmog‘ini ishlatishdagi operatsion harajatlar pastroq, o‘tkazgich qobiliyati esa balandroq. FTTB arxitekturasi yangi qurilayotgan uylarda va yirik aloqa operatorlarida etakchilik qilmoqda, FTTN esa faqat yangi kam qavatli qurilishlarda talab etilmoqda. Birinchi navbatda bu uni amalga oshirish narxining FTTS/FTTB tarmoqlari narxiga nisbatan ancha balandligiga, o‘tkazish chizig‘ida foydalanuvchi uchun afzalliklar yo‘qligi bilan tavsiflanadi.




2.2-rasm. FTTH/PONBox 16 da 1x8 bo‘luvchining joylashishi.
Motorolla kompaniyasining ekspertlari FTTN echimlarining tarafdorlari hisoblanishadi. Ular investitsiyalarning istalgan bir foydalanish texnologiyalarining hayotiylik sikli davomiyligini va foydalanish kanallarining o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talabning o‘sishini solishtiradilar.
Mazkur arxitektura keng tarqalmagan bo‘lib va odatda faqat kabelli televidenie operatorlari tomonidan foydalaniladi. Keyingi konsepsiya FTTx konsepsiyasi ko‘rinishlaridan biri bo‘lib FTTB (Fiber to the Building — “binogacha tolali”, ya’ni ofis binosigacha TOALni etkazish) hisoblanadi. FTTB konsepsiyasiga muvofiq, abonentlarga bino ichida signallarni taqsimlash vita mis juftliklar bo‘ylab asosan

Mazkur echimlar ularning narxi baland bo‘lmaganligi bois bugungi kunda ancha keng tarqalgan. FTTH, FTTV konfiguratsiyalarini optik kirish hududida LAN, MAN, WAN tarmoqlarini qurish uchun foydalaniladigan FastEthernet/GigabitEthernet (FE/GE) kommutatorlari ham ishga solinishi mumkin.



Bu shu bilan bog‘liqki GE texnologiyasi faol qurilmaga qurilgan taqsimlovchi tarmoqdan foydalanadi. PON esa qurilishi va xizmat ko‘rsatishi ancha arzonroqqa tushadigan passiv bir tolali taqsimlovchi tarmoqda amalga oshiriladi. Bundan tashqari GE texnologiyasi ma’lumotlar trafigini uzatish uchun transport darajasida foydalanish uchun ishlab chiqilgan, real vaqt trafigi esa GE tarmoqlarida maxsus mos algoritmlari bilan moslashadi. PON texnologiyasi aksincha avval boshdanoq multiservis trafikni uzatish sifatida mo‘ljallangan edi va kirish optik tarmoqlarini kengaytirish va abonentgacha optik tolani etkazishning nisbatan istiqbolli texnologiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.



PON-bu optik tola bo‘yicha ko‘plab keng polosali multiservis kirishning tez rivojlanuvchi ancha istiqbolliroq texnologiyalar oilasidur. Texnologiyaning passiv optik tarmoqlar texnologiyasining mohiyati nomidan ham kelib chiqib aytish mumkinki uning taqsimlovchi tarmog‘i hech qayday aktiv komponentlarsiz quriladi: optik signalning tarmoqlarga ajratilishi passiv optik quvvat bo‘luvchilari – splitterlar yordamida amalga oshiriladi. Kirish tizimi narxining tushishi, zaruriy tarmoq boshqaruvi hajmining pasayishi, uzatish uzoqliligining balandligi va taqsimlovchi tarmoqning keyingi modernizatsiyaga zaruriyat yo‘qligi mazkur ustuvorlik natijasi hisoblanadi.

Tarkibiy jihatdan har qanday passiv optik tarmoq 3 asosiy elementdan – optik stansion terminal OLT, passiv optik splitterlar va optik tarmoq abonent terminali / qurilmasi ONT-ONU dan tarkib topgan bo‘ladi.

OLT terminali PON tarmog‘ining tashqi tarmoqlar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, splitterlar PON trakti hududida optik signallar tarmoqlanishini amalga oshiradi, ONT va ONU esa abonent tomonidan ta’sir etishning zarur interfeyslariga ega. PON texnologiyasi PTTx konsepsiyasining turli variantlarini amalga oshirilishi uchun qo‘llanilishi mumkin (2.3- rasm).

imkoniyatlar; assimetrik yoki simmetrik ish rejimi.


Standart MSE G.983 standartlashtirilmagan G.984
APON — ATM bayonotini qo‘llashga asoslangan eng birinchi texnologiya varianti ATM ning APON texnologiyasidagi uzluksiz oqimning eng quyi tezligi 155 Mbit/s gacha etadi. ATM bayonoti ikkinchi darajadagi bayonot sifatida foydalaniladi. Keyinroq standart takomillashtirilgan; uzatish tezligi oshirilgan (622 Mbit/s), o‘tkazish polosasining resurslarni dinamik taqsimlashi amalga oshirilgan va boshqalar.

Standart nomi yangilangan texnologiya mohiyatini to‘laroq aks ettirishi uchun konsorsium yangi nom - Broadband PON (BPON) ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. BPON texnologiyasi, standartlashtirilgan MSE (Rek. G.983) an’anaviy TDM xizmatlaridan tashqari ko‘p sonli keng polosali xizmatlarni, shu jumladan, Ethernet ga ulanish hamda o‘xshash va raqamli video translyasiyasini amalga oshiradi.

PON tarmoqlarining bir tolasida pasayuvchi va ko‘tariluvchi oqimlar uchun turli uzunlikdagi to‘lqinlar harakatga keltiriladi (WDM metodi). Nazariy jixatdan bir uzunlikdagi to‘lqin ham foydalanishi mumkin edi biroq, birinchidan, ikkita chastota uzatgich va qabul qilgich o‘rtasida optik izolyasiyani yaxshiroq ta’minlaydi, ikkinchidan, ikki chastota harakatga kelganda butun tizim narxini ancha tushurishga imkon beruvchi uncha qimmat bo‘lmagan planar lazerlarni (PLC) qo‘llash mumkin.

PON texnologiyasi quyida sanab o‘tilgan rad qilib bo‘lmaydigan qator afzalliklarga ega.



  • Tarmoqni qurish narxining uncha baland emasligi. Texnologiya bitta opto tola orqali ko‘psonli abonent terminallarining ulanishiga imkoniyat paydo qiladi va bu tolalarning sezilarli darajada tejalishiga olib keladi.

  • Tarmoq ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatishga harajatlar pastligi. Afzallik taqsimlovchi tarmoqda passiv qurilmadan foydalanish bilan izohlanadi.

  • Tarmoqni tadrijiy kengaytirish mumkinligi. Yangi uzellarning kiritilishi amaldagi tarmoqqa ta’sir etmaydi.

  • Taqsimlovchi infrastrukturani yaratishning istiqbolliligi. Taqsimlovchi optik tarmoqlarni qurish kelgusi rivojlanish hamda kelajakda deyarli cheklanmagan o‘tkazish polosasiga istalgan multimedia xizmatlarini taqdim etish uchun yaxshi va uzoq vaqtga mo‘ljallangan asos yaratadi.

  • Mustahkamlik. Tarmoqda kam sonli aktiv elementlardan foydalanish uning mustahkamliligini ta’minlaydi, bundan tashqari, aralash aloqa liniyalari ta’siriga sezuvchanligini pasaytirishga shuningdek ularga ta’sir etishni kamaytirishga ko‘maklashadi.

  • Yuqori egiluvchanlik. Taqsimlovchi tarmoqni PON texnologiyasi bo‘yicha qurish faqat bitta optik tolani qo‘llanilishini talab etadi boshqa opto tolali texnologiyalardan foydalanish paytidagi kabi bir tutam tolani talab etmaydi. SHu bois, tarmoqni shina yoki yog‘ochsimon topologiyada qurish mumkin bo‘lib, bu iqtisodiy nuqtai nazardan ancha foydalidur. Texnologiyaning egiluvchanligi undan FTTx oilasidagi istalgan tarmoq konfiguratsiyalarida foydalanishga imkon beradi.

Tahlilchilarning umumiy fikriga ko‘ra, PON tizimlari bozori keyingi 3-4 yil mobaynida rivojlana boshlaydi so‘ng keskin burilish davri kelib, ularning turar joy sektoriga ommaviy joriy qilinishi boshlanadi.

2.4-rasm. “Daraxt” shaklidagi PON topologiyasi

Shuni ham unutmaslik lozimki, FTTH holatida mijozda o‘rnatilgan qurilma (ONT), shuningdek, ONT bilan splitterni birlashtirib turuvchi optik patchkort xona sharoitida tez-tez ishdan chiqib turishi mumkin va bu foydalanuvchilar arizasiga xizmat qilish, qurilmani almashtirish/shikastlarni tuzatish uchun chiqishga qo‘shimcha harajatlarga olib keladi. Telefoniya xizmatlari “an’anaviy” yo‘l bilan yohud VoIP yordamida tashkil etilishi mumkin. Birinchi holatda, odatda OLT ning markaziy tuguni V5.2 bayonnomasi bo‘yicha ishlayotgan tirkash sifatida namoyon bo‘ladi, ikkinchisida ONT ning abonent qurilmalari SIP yoki H.323 bayonnomalari bo‘yicha ishlovchi shlyuzlar sifatida namoyon bo‘ladi.

2.1-jadval

Ethernet FTTH (P2P) arxitekturasining passiv optik tarmoqdan afzalliklari


Ko‘rsatkichlar



Download 6.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.07 Mb.