«himoyaga»




Download 6.07 Mb.
bet7/7
Sana22.07.2021
Hajmi6.07 Mb.
#15565
1   2   3   4   5   6   7
OBd min ≤ αd*Li+ILi+AL+WLi+RLi+CLi+SLi ≤ OBd max – Jarimad – Zahira , (4.3)

OBu min≤αu*Li+ILi+AL+ WLi+RLi+CLi+SLi ≤ OBu max– Jarimau – Zahira, (4.4)

bu yerda: Li – i – kanalning uzunligi, km;

αd va αu – optik toladagi to‘g‘ri va qarama – qarshi oqimlar optik tolaning bir kilometr uzunlikdagi so‘nishidir, dB;

ILi –i–kanaldagi hamma tarmoqlagichlar hisobiga hosil bo‘luvchi yo‘qotuv;

CLi–i–kanalda barcha ajralmaydigan payvandlab ulashdagi yo‘qotuvlar, dB;

AL –attenyuatordagi signalning so‘nishi, dB;

RLi – kanaldagi hamma konnektorlardagi yo‘qotuvlar, dB;

SLi– kanalda barcha ajralmaydigan mexanik ulashdagi yo‘qotuvlar, dB;

WL – WDM multipleksorida signalning so‘nishi, dB;

OV – uzatvchi va qabul qiluvchi tizimning optik byudjeti, dB;

Zaxira– i- kanaldagi zaxira quvvatining rivojlanishi, dB;

Jarima – optik tola tomonidan qabul qilinadigan signalning optik tola/komponent lar tomonida yomonlashuvi, tashqi ta’sir sharoitlari, xromatik va qutublangan moda dispersiyasi xisobiga signalning yomonlashuv holati va u odatda hamma yo‘qotuvlar yig‘indisi qiymati 1dB dan oshmasligi tavsiya etiladi.



3.6- rasm. PON tarmog‘ida signal quvvatining so‘nishi.

3.1 – jadval

Xarakteristika

Spesifikatsiya

OLT-ONT qurilmalari orasidagi optik tolaning maksimal masofasi; km

60

Tarmoqda signalning so‘nish diapazoni, dB

Sinf A: 5-20

Sinf V: 10-25

Sinf S: 15-30


Optik yo‘l bo‘yicha maksimal sochilish yo‘qotuvchanligi, dB

15

Maksimal jarima yo‘qotuvchanligi, dB

1

Abonent tugunlarining maksimal soni

32

Ikki tamonlama uzatish extimolligi

Ikki yoki bitta tola bo‘yicha WDM

Uzatish tezligi, Mbit/s

1555/622 ikki tomonlama yo‘nalishda

Optik komponentlarga talablar

G.671 tavsiyasiga muvofiq

Tolaning parametrlari va turlari

G.652 tavsiyasiga muvofiq

Optik kirish tarmog‘ini quvvat bo‘yicha ranjirovkalashning uchta turi mavjud: balanslanmagan, balanslangan va kvazibalanslangan. Tadqiqot qilinuvchi tarmoqni balanslanmagan deyishimiz mumkin, chunki tarmoqdagi yo‘qotuvchanlik o‘rnatilgan yo‘qotuvchanlik normasidan oshib ketadi. Yo‘qotuvlarning to‘liq ravishda yoyilib ketish holati optik tolali liniya yo‘llarining bir xil bo‘lmasligi bilan bog‘liqdir, chunki OLT-ONTj oraliqlari orasidagi yo‘qotuvchanlik bir xil emas.

Shuni hisobga olish kerakki, tizimning optik byudjeti chegaralanganligi sababli optik quvvatni taqsimlashda masshtabiylikni e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlarni e’tiborga olsak, u holda keltirilgan ma’lumotlar balanslanmagan qo‘rinishga ega bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin va u bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lganligi uchun kirish tarmog‘ini loyixalashtirishda qo‘llab bo‘lmaydi.

Ushbu holatda yechimni optimal bo‘lmaganligi, quvvat bo‘yicha katta zaxira yordamida kompensatsiyalash kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu yechim katta tarmoqlar uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Bu yechimni faqatgini bitta yo‘l bilan yechish mumkin bo‘lib, unda optik yo‘qotuvlarni ma’lum bir o‘rnatilgan tartibga abonentlarni joylashtirgandagina optik yo‘qotuvchanligi to‘g‘irlash usulida foydalanish kerak bo‘ladi. Bunday tanlov tarmoqlagichlarni taqsimlash koeffitsienti orqali erishiladi va u balanslangan tarmoqni loyixalashtirishda foydalaniladi.

3.5 Optik kabel va montaj uskunalarini tanlash
Loyihalashtirishda qo’llaniladigan optik kabelga qo’yilgan talablar:

Tarqatuvchi va abonent uchastkalaridagi havoda osilib turuvchi kabellar uchun optik tola (ITU-T) Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqi tavsiyasiga G652D seriyali tavsiyasiga mos kelishi lozim. Bunda «bir modali optik tolani va kabellarini xarakteristikalari» 1383 nm to’lqin uzunligida so’nish qoldig’ini ko’tarilishi bo’lmasligi lozim va ular 1310 – 1650 nm keng spektral diapozonlarda CWDM tizimlar bilan ishlatilishi mumkin bo’lsin.

Tolalar soni tarqatuvchi uchastka uchun 24-ta, abonent uchastkalarda esa 2-tolani tashkil qilishi lozim.

Kabelni konstruksiyasi birmodulli bo’lib, elektr kuchiga bardoshli bo’lib, elektr yoritkichlari stolbalarida tayanch usutunlarga (LEP 0,4 kV) osilishiga mo’ljallangandir. Tayanchlar orasidagi masofa 60 metrdan oshib ketmasligi lozim.

Bugungi kunda MDH davlatlarida OT kabellarni ishlab chiqarayotgan quyidagi kabel zavodlari mavjud: ZAO ”OKS 01”, OOO ”Saranskkabel-Optika”, ZAO ”Sevkabel-Optik”, Integra-Kabel, IOOO ”SOYuZ-KABEL”, ZAO ”TRANSVOK”, OOO ”Yevrokabel I”, ZAO ”MOSKABEL-FUDJIKURA”, OAO ”ODESKABEL”, OOO ”OPTEN”, ZAO ”OFS Svyazstroy-1 VOKK”, OOO ”Eliks-Kabel” va boshqalar.

Jadval № 1 Optik kabellarni bahosi




OKS-01 (Sankt-Peterburg)

Rublda

So’mda

OPK-02T02-7,5/0,3

23 960 rub/km

1 557 400 sum/km

OPK-24T04-7,5/0,3

38 350 rub/km

2 492 750 sum/km

Yevrokabel (Moskovskaya oblast)







OPS 6 kN -2 tolali

18300 rub/km

1 189 500 sum/km

OPS 6 kN -24 tolali

26000 rub/km

1 690 000 sum/km

Moskabel-Fudjikura (Moskva)







OKPS-10A-01-0,22-2-(6,0)

21 932 rub/km

1 425 580 sum/km

OKPS-10A-01-0,22-24-(6,0)

28 532 rub/km

1 854 580 sum/km

«Saranskkabel Optika»







OKTs-0,22-2P (7kN)

33800 rub/km

2 197 000 sum/km

OKTs-0,22-24P (7kN)

47000 rub/km

3 055 000 sum/km

Ushbu 1-jadvalda 2 va 24 tolali kabellarni ishlab chiquvchi zavodlar va kabellarni narxi keltirilgan.

ZAO «OKS 01» zavodi 2007 yildan boshlab - «Corning» firmasini SMF-28e+ markali kabelini ishlab chiqarmoqda.

OPK markali optik kabellar tayanch ustunlarida osiladigan, binolar va inshoatlar orasida, metropoliten va tonnellarda yotqizish uchun mo’ljallangan kabellarni ishlab chiqarmoqda.


3.6. Loyihani PON texnologiyasi orqali amalga oshirish uchun stansiyaviy uskunalarni tanlash.
Balanslangan PON tarmog‘i – butun optik yo‘l bo‘ylab yo‘qotuvlar bir xil bo‘lgan tarmoq: FL i = FL j barcha i va j abonent tugunlari uchun tushiniladi.

Bunday tarmoq uchta muxim xususiyatga ega bo‘ladi:



  • optik yo‘llar bo‘ylab yo‘qotishlar minimal va o‘zaro teng.



DL = FL max – FL min = 0 (4.3)

  • balanslangan tarmoq uchun tarmoqlagichning taqsimlanish koeffitsienti tarmoqning optik radiusining barcha xolatlarida minimallashtirilgan bo‘ladi rnet =maxi (FL).

  • keyinchalik kengayishlarni xisobga olgan holda maksimal o‘zgarishga ega bo‘lishi va u optimal bo‘lishi zarur.

PON tarmog‘ining daraxtsimon fragmenti 4.3 rasmda ko‘rsatilgan.

3.7 - rasm. PON tarmog‘ining “daraxtsimon” fragmenti

Bu yerda r va R quvvatni anglatadi va ifodaga mos ravishda dBm va mVt o‘lchov birliklarida o‘lchanadi. Bu bo‘limning xisob kitob ishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: tarmoqda barcha ONT qurilmalari bir xil chiqish quvvatiga ega va xisoblashlar (quyidan yuqoriga) ONT dan OLT ga qadamlab amalga oshiriladi va bunda uzoqdagi ONT qurilmasidan boshlanadi ( bu uzoqdagi so‘zi masofani anglatmaydi, balki OLT–ONT qurilmalari orasidagi tarmoqlagichlar sonini bildiradi).

Xar bir iteratsiyada ONT qurilma portining chiqishdagi quvvatiga mos ravishda tarmoqlagichning taqsimlash koeffitsienti aniqlanadi. Pog‘ona bo‘yicha barcha tarmoq elementlari aniqlanadi va optik uchastkalarning uzunligi beriladi. Bu algoritmning natijasi optik tarmoq radiusi va balanslangan tarmoqni ta’minlovchi tarmoqlagichning taqsimlash koeffitsientini topish hisoblanadi. Algoritm M maksimal pog‘ona elementlari bilan boshlanadi.





Download 6.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6.07 Mb.