|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 11/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarMultimedia – matn, tovushli ma‘lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD–ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987-yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo‗lib o‗tdi va bu sana video va audioaxborotli to‗laqonli multimedia paydo bo‗lishining boshlanishi deb hisoblanadi.
Hozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri USB- yig‘uvchilar bo‘lib flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB-yig‘uvchilar – ko‘p marta yoziladigan yarim o‘tkazgichli xotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo‘lib, mexanik harakatlanuvchi qismlardan holidir. Flash-xotiraning axborot sig‘imi 16 Mbaytdan bir necha o‘n Gbaytgacha bo‘lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash disklarning kun sayin axborot sig‘imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.
Printer – ma‘lumotlarni qog‗ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‗yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.
Purkovchi printer qog‗ozga chiqariladigan ma‘lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‗li bilan hosil qiladi.
Lazer printeri ma‘lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta‘sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‗ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma‗lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‗rsatkichi o‗n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma‗lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.
Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog‗ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog‗ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300 300 sm o‗lchamgacha bo‗lgan katta qog‗ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
Skaner – fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‗l skanerlari keng tarqalgan.
Web-kamera eng zamonaviy vositalardan biri bo‘lib, ―ko‘zchasi‖ qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o‘tkazish mumkin.
Yurgichni boshqarish va qo‗shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: sichqoncha, trekbol, joystik. Sichqonchaning sharchali va optik turlari mavjud. Ular biror sirt bo‗ylab surib yurgizilganda sharcha harakatiga yoki qaytgan nurga mos signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda sichqoncha ko‘rsatkichining mos harakatlari yuzaga keladi. Sichqonchada o‗rnatilgan tugmalar ko‗magida boshqaruvchi buyruqlarni jo‗natish mumkin. Trekbol – ―sichqoncha‖ning to‗nkarib qo‗yilgan holatiga o‗xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko‗chma kompyuterlarda foydalaniladi. Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‗yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo‗llanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|