• Tashkiliy qism
  • Yangi mavzuni o`rganish
  • Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari Maqsad




    Download 3,15 Mb.
    bet8/62
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,15 Mb.
    #135281
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
    Bog'liq
    8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

    Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari Maqsad:


    1. ta‟limiy: O`quvchilarga kompyuter texnikasi vositalari –magnit va kompakt disklar, sichqoncha, printer va boshqlar haqida ma‘lumot berish;

    2. tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik va estetik tarbiya berish;

    3. rivojlantiruvchi: O`quvchilarning AKT dan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

    DTS: kompyuter texnikasi vositalarini va ularning vazifalarini bilish.
    1. Tashkiliy qism


      1. Salomlashish;

      2. Davomatni aniqlash;
    2. Takrorlash.


      1. Kompyuterning asosiy qurilmalari;

      2. Tezkor xotir va uning tarkibi;

      3. Videoxotira nima?

      4. Protsessornng vazifalari?

      5. Shina va uning turlari;

      6. Port nima uchum kerak?
    3. Yangi mavzuni o`rganish


    Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o‘rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog‘lab qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma‘lumotlari ham shu diskda saqlanadi.
    Qattiq disklarga axborotni yozish va o‘qish magnitlash asosida bo‘lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo‘lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko‘potar miltiq nomiga moslab ―vinchester‖ deb ham atashadi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973 yil IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
    Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‗z navbatida, alohida bit sifatida ko‗rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan – ―magnit ekvivalenti‖ deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‗lmaganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi nishonlash usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‗rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa disk formatlashni talab etadi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko‘rinishidagi yo‗llarga ajratiladi hamda yo‘llarni sektorlarga bo‘linadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi. Sektor va yo‗llar o‗z
    tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun adres maydoni deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma‘lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta‘sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarga nisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi. Hozirgi kunlarda qattiq disklarning gigabayt va terabayt o‘lchov birlikli sig‘imdagi turlari ishlab chiqarilmoqda.
    Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma‟lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi. Eng asosiy ma‘lumot- larni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura kiradi.
    Kompyuterga ma‘lumotlar va buyruqlarni kiritish usullaridan biri klaviaturada joylashgan klavishlardan foydalanishdir. Aniq bir klavishni yoki klavishlar birikmasini bosilishi aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi. Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan mikrosxema ma‘lum bir klavish bosilishida hosil bo‗ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.

    Download 3,15 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




    Download 3,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari Maqsad

    Download 3,15 Mb.