|
razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar
|
bet | 6/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarrazryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya‗ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‗z tartib raqamiga, ya‗ni adresiga ega bo‗ladi. Uyachaning sig‗imi mashina so„zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so‗zining uzunligi baytlarda o‗lchanadi. Mashina so‗zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‗lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‗rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‗zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‗z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang‗ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‗yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗tish imkoniyati mavjud.
Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo‘lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko‘rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o‘z mikroprotsessoriga ega bo‘lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o‘zgartirish va chiqarishida diskret-analogli o‘zgartirishni ta‘minlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta‘minlab beruvchi plata. Bu plata o‘z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo‘ladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch o‗lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko‘p dasturlar va o‗yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig‘imli video-kartalar bilangina ishlaydi.
Tarmoq platasi – kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beradi. Tarmoqlarga oid ma‘lumotlarni 7-sinfda olgansiz.
|
| |