• J.Genri
  • Govard Eyken
  • Elektron hisoblash mashinalari davri .
  • Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin




    Download 3,15 Mb.
    bet3/62
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,15 Mb.
    #135281
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

    Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‗l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 1831 yilda amerikalik J.Genri elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918 yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V.Ikklz va F.Jordan trigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi.
    1930-yilda Vannevar Bush elektromexanik releda yig‗ilgan hisoblash mashinasini yasadi. 1941 yilda nemis muhandisi Konrad Suze elektromexanik releda yig‘ilgan Z3 nomli hisoblash mashinasini yasadi. Uning mashinasi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turardi: dastur asosida boshqariladi, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan qo‘zg‘aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar bajaradi, mantiqiy sxemaga asoslangan. 1944 yilda Govard Eyken ―Mark-1‖ nomli elektromexanik releli, dastur asosida ishlaydigan mashina yasadi.
    Elektromexanik mashinalar elektromexanik rele asosida yasalgani uchun yetarlicha ishonchli emas edi. Ingliz olimi Jon Fleming 1904 yilda diodni (grek. di – ikki, hodos – yo‘l) ixtiro etdi. Amerikalik muhandis Li de Fores 1907 yilda triod – elektron vakuumli lampani kashf etdi. Hisoblash texnikasining keyingi rivojiga diod va triodning kashf etilishi katta ta‘sir ko‘rsatdi.
    Elektron hisoblash mashinalari davri. 1946 yilda birinchi bo‗lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‗irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. U sekundiga 300 ta ko‘paytirish va 5000 ta qo‘shish amalini bajara olardi. Uning tezligi elektromexanik releli mashinalarga nisbatan 1000 marta katta edi. Shu bilan ―ENIAC‖ elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.

      1. Download 3,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 3,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin

    Download 3,15 Mb.