|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 4/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar Mustahkamlash.
Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?
Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.
Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?
Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?
Elektron hisoblash mashinalari davriga asos solgan dastlabki EHM nomi?
Uyga vazifa
mavzu. 1-5-savollar
“KO‟RIB CHIQDIM” O‟QUV ISHLAR BO‟YICHA
DIREKTOR ORINBASORI:
“ ” 201 YIL
Fan – Informatika
Sinf
|
8 «А»
|
8 «V»
|
8 «G»
|
8 «B»
|
Sana
|
|
|
|
|
Maqsad: O`quvchilarga Kompyuter avlodlari va tuzilishi haqida ma‘lumot berish
Talimiyligi: O’quvchilarni zamonaviy kompyuterlar bilan tanishtirish
Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni dars davomida qadriyatlar asosida tarbiyalab borish
DTS talabi: shahsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so`zi, protsessor, platalar, portlar haqida tushunchaga ega bo`lish.
Darsning jihozi: 8-sinf darsligi, kopmyuterlar unin qurilmalari, dars taqdimoti
Darsning borishi
Tashkiliy qism
Sinfni darsga tayyorlash;
Davomatni aniqlash;
Takrorlash.
Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?
Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.
Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?
Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?
Elektron hisoblash mashinalari davriga asos solgan dastlabki EHM nomi?
Yangi mavzuni organish.
Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo‘lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta‘minoti.
1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o‘lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o‘nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‗lishdi. 1957 yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi. Tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr ichida EHMlarning quyidagi jadvalda qiyoslamasi berilgan to‗rt avlodi ishlab chiqarilgan.
Avlodlar
|
Asosiy element
|
Amal bajarish tezligi
|
Kiritish- chiqarish
qurilmasi
|
Dasturiy ta‘minot
|
Shu avlod EHMiga misol
|
1-avlod 1946-1955
|
Elektron lampa
|
1 sekundda
10-20 ming
|
Boshqarish pulti, perfokarta
|
Mashina tili, dasturlash tili
|
ENIAC, MESM, MINSK-1,
URAL
|
2-avlod
1956-1965
|
Tranzisto
r
|
1 sekundda
100-500 ming
|
Perfokarta,
perfolenta,
|
Dispetcher va
paket
|
IBM 707,
BESM-6
|
|
|
|
magnitli
baraban
|
sistemasi,
|
MINSK-22
|
3-avlod 1966-1974
|
Integral sxema
|
1 sekundda
2 106 gacha
|
Videoterminal sistemasi
|
Operatsion sistemalar
|
IBM 360, EC-1030
|
4-avlod 1975 -…
|
Katta integral sxema
|
1 sekundda
108
va yuqori
|
Rangli grafik displey
|
Ma‘lumotlar ombori, ekspert
sistemasi
|
PRAVETS, IBM,
Pentium
|
Narxi qimmat hamda o‘lchami katta EHMlarga ko‘p sonli muhandislar va dasturchilar xizmat ko‘rsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun narxini arzonlashtirish, o‘lchamlarini kichiklashtirish, o‘rnatilgan dastur asosida dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo‘lgan holatga keltirish zarur bo‘ldi. Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bog‘langan.
Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta‟minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o‗yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko‗rinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya‘ni apparatli ta‘minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‗xshashlik borligini ko‗ramiz. Har qanday kompyuterning apparatli ta‘minoti asosiy va qo„shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta‘minlasa, qo‗shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlar beradi.
Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‗shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‗ladi.
Sistema bloki, asosan, g‘ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|