• TIZIMLI BLOK QISMLARI
  • MIKROPROTSESSORLAR
  • PROTSESSORNING ASOSIY PARAMETRLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT
  • RAZRYADLILIK
  • ISHCHI QUVVATI
  • Tizimli blok




    Download 45.88 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi45.88 Kb.
    #91356
    Bog'liq
    LABARATORIYA ISHI N2
    2 5325554559920113413, И́лон Рив Маск, ...., Nevdakh S.V. S. 372 376, Omon, 1-chorak nazorat ishi, tehnologiya-sozdaniya-korporativnyh-informatsionnyh-sistem-ucheta-trudov-nauchnyh-rabotnikov, Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy

    3-LABORATORIYA MASHG’ULOTI MAVZU: KOMPYUTER TIZIMLI BLOKINI QISMLARGA AJRATISH, TIZIMLI BLOKIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH

    Reja:

    1.Tizimli blok qismlari

    2.Protsessorning asosiy parametrlari

    3.Razryad haqida tushuncha

    TIZIMLI BLOK
    Personal kompyuterda bitta odam, biror bir mutahasis ko’magiga muhtoj bo’lmay ishlashi mumkin. Foydalanuvchi muloqotni ko’pgina vositalar orqali: alvafit-raqamli yoki grafik displey, klaviatura, sichqoncha va boshqalar bilan bajaradi. Pk konfiguratsiyasini keragicha o’zgartirish mumkin. Biroq tayanch konfiguratsiyasi tushunchasi bor, u ommabop (tipik) hisoblanadi: tizimli blok (prosessor); monitor; klaviatura; sichqoncha.

    TIZIMLI BLOK QISMLARI
    • Personal kompyuterning eng katta platasi tizimli platadir (mother board- ruscha materinskaya plata). Unda quyidagilar joylashgan bo’ladi:
    • protsessor – asosiy mikrosxema, matematik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi;
    • chipset (mikroprotsessorlar komplekti) - mikrosxemalar shodasi, ichki qurilmalar ishini boshqaradi va ona plataning asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;
    • shinalar – uzatuvchilar shodasi, kompyuterlar ichki qurilmalari o’rtasida xabar almashtirishga xizmat qiladi;
    • operativ xotira va uning turli qurilmalari;
    • doimiy xotira qurilmalari;
    • qo’shimcha qurilmalarni ulash razyomlari (slotlar)
    MIKROPROTSESSORLAR
    Kompyuterning bosh mikrosxemasi – mikroprotsessor bo’lib, uning «miyasi» hisoblanadi. U xotirada joylashgan programmali kodni bajarishga ruhsat beradi va kompyuterning barcha qurilmalri ishini boshqaradi. Uning tezligi kompyuter tezligini belgilaydi. Konstruktivlik boyicha, mikroprotsessor kichik o’lchamdagi kremniy kristalidir (bir necha santimetrni tashkil etadi). Mikroprotsessor turiga qarab bir sekunddan o’nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni bajaradi.

    PROTSESSORNING ASOSIY PARAMETRLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:
    • - takt chastotasi; - razryadlilik; - ishchi quvvati;
    • - takt chastotasini tubdan oshirish koeffitsenti; - kesh xotira hajmi.

    TAKT CHASTOTASI
    Birlik vaqt ichida protsessorning elementar operatsiyalar sonini takt chastotasi belgilaydi. Zamonaviy protsessorlarda takt chastotasi mglarda (1gts bir sekund davomida bir operatsiyani bajarishni bildiradi, 1mgts=106gts) o’lchanadi. Protsessorning takt chastotasi qancha ko’p bo’lsa, uning unumdorligi shuncha ko’p bo’ladi. Birinchi mikroprotsessorlar 4.77mgts chastotasida ishlagan bo’lsa, hozirgilarining ishchi chastotasi 2ggts dan (1ggts=103mgts) oshadi.
    RAZRYADLILIK
    Mikroprotsessorning razryadliligi, u bir takt davomida o’zining registrlarida nechta bit qabul qilishi va qayta ishlashi mumkinligini ko’rsatadi. Mikroprotsessor razryadliligi komandali shina razryadliligi bilan belgilanadi, ya’ni shinadagi uzatuvchilar soniga bog’liq, ulardan aslida komandalar uzatiladi. Zamonaviy intel oilasiga mansub protsessorlar 32-razryadlidir.
    ISHCHI QUVVATI
    Mikroprotsessor ishchi quvvatini tizimli (ona) plata ta’minlaydi. Shuning uchun turli markadagi protsessorlarga turli tizimli plata javob beradi. Protsessorlarning ishchi quvvati 3v dan oshmaydi.

    KESH-XOTIRA
    Protsessor ichida ma’lumot almashishi protsessor va operativ xotira orasidagi almashishdan ancha tez bajariladi. Shuning uchun operativ xotiraga murojaatlarning sonini kamaytirish maqsadida protsessor ichida o’rta operativ xotira yoki kesh-xotira yaratiladi. Protsessorga, agar ma’lumot kerak bo’lsa, u avval kesh-xotiraga murojaat qiladi, agar bu ma’lumot unda bo’lmasa, so’ngra operativ xotiraga murojaat qiladi. Yerda bo’lishi ehtimolligi, tabiiyki, shuncha katta bo’ladi. Kesh-xotira, ba’zi adabiyotlarda ichki xotira terminida berilgan. Intel-30386 dx yoki intel-80386sx lar uchun 64kbayt kesh-xotira qoniqarli, 128 kbayt esa juda ham etarlidir. Intel-80386dx, dx2,dx4 va pentium kompyuterlari 256 kbayt kesh-xotira bilan ta’minlangan bo’ladi, 32 mbayt operativ xotirali pentium kompyuterlari uchun esa 512 kbaytli kesh-xotiraga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir.
    SHINALAR
    Boshqa qurilmalar birinchi navbatda operativ xotira bilan protsessor provodniklarining (uzatgichlar) shodasi (boshqacha nomi shinalar) bilan bog’lanadi. Shinalar uch turga ajratiladi: adresli shina. Bu shinadan yuboriladigan ma’lumotlar operativ xotira yacheykalarining adresi deb tushuniladi. Xuddi shu shinadan protsessor bajariladigan komandalar adresini va shu komandalar ishlatadigan ma’lumotlarni o’qiydi. Zamonaviy protsessorlarda adresli shina 32- razryadli, ya’ni u 32 uzatgichdan iborat. Ma’lumotlar shinasi. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor registrlariga (va teskari) ma’lumotlar nushasi ko’chiriladi. Intel pentium protsessorlarida ma’lumotlar shinasi 64- razryadli va bir taktda 8-baytli ma’lumot qayta ishlashga tushadi. Komandali shina. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor bajarishi uchun komandalar kelib tushadi. Komandalar bayt ko’rinishida taqdim etiladi. Oddiy komandalar bir baytga kiritiladi, biroq ba’zi komandalar bajarilishi uchun 2, 3 va undan ortiq bayt kerak bo’ladi. Ona platadan shina faqat protsessor bilan bog’lanish uchungina emas, u ona platadagi ichki qurilmalar, hamda ona plataga ulanadigan boshqa qurilmalar bilan ham bog’lanishga xizmat qiladi.
    Download 45.88 Kb.




    Download 45.88 Kb.