• Optik disklar
  • Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin




    Download 3,15 Mb.
    bet10/62
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,15 Mb.
    #135281
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
    Bog'liq
    8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

    Egiluvchan magnit disklar – (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‗lib, himoya g‘ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli– 89 mm, 5,25 dyumli – 133 mm). Ularning sig‘imini uning g‗ilofida ko‗rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‗imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o‘qiladi. Himoya g‘ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo‘lsa undagi axborotni faqat o‘qish mumkin bo‘lib, u disketdagi axborotni o‘chirish va o‘zgartirishdan saqlaydi.
    Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy – egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo‘yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o‘zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta‘minlangan. Ularning biri himoya g‘ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o‘qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo‘nalishida harakatlantiradi.
    Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo‘lib, ularga axborot CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o‘qiladi. CD (ing. Compact – zich) kompakt disk, DVD (ing. Digital Versatile Disk) – raqamli universal disk deb o‘qiladi.
    Optik disklar spiralsimon bitta yo‘lga ega. Axborot alohida sektorlarga lazer nuri orqali disk yuzasini kuydirib baland-past iz hosil qilish orqali yoziladi. Axborotni o‘qish jarayonida balandliklar lazer nurini akslantirgani uchun ―1‖, pastliklar nurni yutgani uchun ―0‖ kabi qabul qilinadi. DVD-ROM qurilmasining lazer nuri to‘lqin uzunligi CD-ROM qurilmasiga nisbatan qisqaroq. Shu sababli DVD diskka zichroq, ya‘ni ko‘proq, axborot yoziladi.
    Optik disklar 120 mm yoki 80 mm diametrli o‘lchamda bo‘ladi. CD disklar axborot sig‘imi 1 Gbaytdan kichik (odatda, 680-720 Mbayt), DVD disklar axborot sig‘imi bir necha Gbayt (odatda, 4,7 Gbaytdan 17 Gbaytgacha) bo‘ladi. Agar optik disk yorlig‘ida ―R‖, ya‘ni Recordable yozuvi bo‘lsa – bir marta yozish va ko‘p marta o‘qish mumkin, ―RW‖, ya‘ni ReWritable yozuvi bo‘lsa – ko‘p marta yozish va ko‘p marta o‘qish mumkin.
    DVD lar bir yoki ikki ishchi tomonli bo‘lishi mumkin. Har bir tomonida esa yana bir yoki ikki ishchi qatlam bo‘lishi mumkin. Ikki ishchi qatlamli disklarda birinchi qatlam yarim shaffof bo‘ladi. Ikkinchi ishchi qatlamdagi ma‘lumotlar birinchi qatlamni ―ichidan o‘tib‖ o‘qiladi.
    Birinchi CD-ROM standarti 1984 yil Sony va Philips kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi CD-RW texnologiyasi esa 1996 yilda shu va boshqa bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu o‘rinda CD disklarning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq kompyuterlarning imkoniyati haqida aytmay iloji yo‘q.

    Download 3,15 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




    Download 3,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin

    Download 3,15 Mb.